140
RAVISHDOSH
131-mashq.
Matnni o‘qing. Ravishdoshlarni topib, gapdagi
vazifasini ayting. Sumalak taomining yuzaga kelish tarixi haqida yana
qanday rivoyatlarni bilasiz?
Sumalak – ko‘klam mo‘jizasi
Qadim zamonlarda bir kambag‘al ayol yashagan ekan. Uning Hasan-
Husan degan o‘g‘illari ham bo‘lib, ular hali juda ham yosh ekan. Ayolning
topgan-tutgani qishligiga zo‘rg‘a yetib, bir amallab ko‘klamga chiqib
olibdilar. Uylarida yegulik hech narsalari qolmabdi. Ikki norasidaning
qorni ochib, non so‘rab zor-zor yig‘lashlarini ko‘rib, onaizor chidab
turolmabdi. Ona
bechora nima qilarini bilmay, o‘choq boshiga boribdi-da:
– Bolalarim, birpasgina o‘ynab o‘tiringlar, men hozir sizlarga ovqat
pishirib beraman, – deb qozonga suv solib, tagiga o‘t qalabdi. So‘ngra
dalaga chiqib, o‘tgan yilgi bug‘doypoyadan bug‘doy tomirlarini, endigina
nish ura boshlagan har xil o‘t-o‘lanlardan terib kelib, yaxshilab yuvibdi-da,
qozonga solibdi. Suprasini qoqishtirgan ekan, bir-ikki kaft un-urvoq
chiqibdi, unni ham qozonga tashlab qaynataveribdi. Kovlayotganda ovozi
chiqib, bilinib tursin uchun besh-oltita toshchalarni yuvib qozonga solibdi-
da, cho‘mich bilan aylantiraveribdi. Har aylantirganda toshchalar sharaqlab
ovoz chiqarar, buni eshitgan Hasan bilan Husan "onamiz bizga ovqat
pishiryaptilar", – deb suyunishib, o‘ynay boshlashibdi. Tun yarmidan
oqqanda bolalar o‘ynay-o‘ynay charchab, oxiri uxlab qolibdilar. Ona
bo‘lsa, qozonni kovlashdan to‘xtamay, ko‘z yoshi shashqator bo‘lib,
tangriga iltijo qilibdi:
– "Ey xudo. Shu pishirayotgan ovqatimga nazar tashla. Ikki
norasidaning rizqini o‘zing etkaz, shirinligingni ato qilgin. Biz g‘ariblardan
marhamatingni darig‘ tutma".
Tongga yaqin ona ham kovlashdan charchab, qozonning qopqog‘ini
yaxshilab yopib, dimlabdi-da, bolalarining yoniga yonboshlab uyquga
ketibdi. Ertalab bolalarining shovqinidan uyg‘onib qolib qarasa, Hasan-
Husanlari qozonga qo‘lchalarini tiqib, nimanidir yalashayotganmish.
Mo‘jiza ro‘y berganidan ko‘zlariga ishonmagan onaizorning o‘zi ham
jimjilogi bilan qozondagi taomdan yalab ko‘rsa, shirin narsa ekan. Shunda
bolalari:
– Ona, bu ovqatingizning nomi nima? – deb so‘rashibdi. Ona qozon
to‘la qizg‘ish shirinlikni bolalari tez-tez yalayotganlariga qarab turib:
– Bolalarim, bu maloyikalarning karomati bilan pishdi. Uning oti
simalak, – debdi.
141
Bu so‘z keyinchalik "sumalak" bo‘lib o‘zgarib ketgan ekan. Hatto
hozir ham keksa onaxonlarimiz va piru badavlat otaxonlar sumalakni tatib
ko‘rishdan oldin "qani, Hasan-Husanlarning taomidan yalaylik", – deb
avval jimjiloqlari bilan yalashadi. Sumalak pishirish udumi ana shundan
kelib chiqqan ekan.
("Navro‘z" to‘plamidan)
Bilib oling!
Ravishdosh ish-harakat, holatning belgisini bildiradi.
Ravishdosh fe’lga bog‘lanib, gapda ko‘pincha kesim, ba’zan hol bo‘lib
keladi. (
Bilmayin bosdim tikanni
- hol.
Ishning boshi boshlanguncha
-
kesim.)
Ravishdoshlar bo‘lishli - bo‘lishsizlik, nisbatni bildira oladi: aytib -
bo‘lishli,
aniq nisbatda, yozdirmay - bo‘lishsiz, orttirma nisbatda.
Ravishdosh ma’noga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: