119-mashq
. O‘timli va o‘timsiz fe’llarni topib, ma’nosidagi farqni
izohlang.
1. Mehmonxona yonidagi yer osti yo‘lidan o‘tib, gulzor maydonga
chiqishdi. 2. Muqaddam uning sidqidildan gapirayotganini payqadi. 3. U
xuddi oyga o‘xshardi. 4. Alimardon o‘zining nima uchun bunchalik tez
tanilib ketganligini biladi. 5. U odamlarning yuragini qitiqlash sirlarni
o‘rganib oldi. 6. Qo‘shiqdagi har bir yangi ohang, tomoshabinning zavqini
toshirib yuboruvchi har bir harakat olam-olam olqish hadya etishi
aniqligini tushunib qoldi. (O‘.H.). 8. Bashirjon ustma-ust jiringlayotgan
trubkani olib: "Alyo", deganda Vafo attor qabulxonaga chiqib ulgurgan edi
(N.A.). 9. Nurmat tog‘a shiyponda mudrab o‘tirardi.(S.A.). 10. Mirvali
qoshlarini chimirdi. (S.A.).
Do'stlaringiz bilan baham: |