Mavzuni o‘zlashtirish uchun mustaqil topshiriq
1. Berilgan gaplardagi sifat darajalarini aniqlab, namunada
ko‘rsatilganidek yozing.
Namuna:
Uning yonoqlari uzunchoqroq edi. (uzunchoqroq - qiyosiy
daraja)
1. Oppoq nur yuqoridan poyandoz singari tushib oyoqlar ostida
to‘xtadi (T.M.). 2. Ulardan chiqayotgan qora tutunlar butxona ustini xuddi
kufr va isyon zulmati kabi qoplab yotardi (A.N.). 3. Menimcha, adolat
bilan adolatsizlik o‘rtasida katta maydon emas, kichkinagina ariqcha
bor.(T.M.) 4. U yo‘g‘on, chorpaxil gavdali, yakkam-dukkam qizg‘ish
mo‘ylabli, keng, qoramtir yuzining yonoqlari bo‘rtgan (O.).
109
Do'stlaringiz bilan baham: |