sal, biroz, andak, och, nim kabi so‘zlar
yordamida: andak kichik, biroz yengil, sal baland…
Olma daraxti shaftoli daraxtidan balandroq.
Orttirma darajadagi sifatlarda bir narsa-buyumdagi belgining
boshqa predmetdagi belgidan eng ko‘p ekanligi ifodalanadi.
Quyidagicha hosil qilinadi:
1.
Fonetik vosita : a) sifatning boshlang‘ich tovushlarini olib, ularga
p, m, s tovushlarini qo‘shish va sifatning o‘zini keltirish orqali (ko‘m-ko‘k,
sap-sariq, bus-butun); b) sifatning dastlabki tovushlari bilan o‘zini
juftlashtirish orqali (pak-pakana, dum-dumaloq).
106
2.
Leksik vosita . Bu sifatdan oldin to‘q, tim, jiqqa, juda, biram kabi
so‘zlarni keltirish orqali (tim qora, jiqqa ho‘l, juda baland). Uning ko‘zlari
tim qora.