71
Affiksatsiya
usulidagi
yasamalar
Kompozitsiya usulidagi
yasamalar
82-mashq.
Gaplarni o‘qing, so‘zlardagi yasalish hodisalarini
aniqlab, ularni izohlang.
1. To‘riga quyma tilladan yasalgan o‘ymakor kursi o‘rnatilgan salomxona
nimqorong‘i edi. (O.Y.) 2. U, usta Hazratqul bilan xayrlashar ekan, qurilish
materiallari olish uchun yordam qilishga va’da berdi. So‘ngra, epchillik bilan
Boychivorga mindi-yu, Oltinsoyga qarab yo‘l oldi. (Sh.R.) 3. Lekin u otlanib,
uyiga qaytayotganda sal hovuridan tushdi-yu, Uzun Hasan aytgan so‘nggi
gaplarda ochchiq bir haqiqat borligini sezdi. (P.Q.) 4. Xobgohdan ikki xona
narida hashamatli tanobiy uyda allaqachon tuzib qo‘yilgan dasturxon Mirzoga
muntazir edi. (P.Q.) 5. Ko‘ksaroyning kungurador devorlari qorong‘ida cho‘ng
qoyaday haybatli tuyuladi. (O.Y.)
83-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: