Annotatsiya o„quv qo„llanma «Yer tuzishda loyihalashning avtomatlashgan tizimlari»



Download 1,12 Mb.
bet32/58
Sana23.03.2022
Hajmi1,12 Mb.
#506701
TuriУчебное пособие
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58
Bog'liq
2 bob

Mavzuli xaritalash tizimi (YEM elementi) loyihaviy yechim variantlarini olishda shakllantiriladigan kartalarni, yer tuzish chizmalarini, grafiklarni olishda hamda bajarilgan hisoblashlarni interpretatsiyalash uchun zarur va loyihaviy yechimga ilova sifatida xizmat qiladigan grafikaviy tasvirlarni tashqi qurilmaga chiqarishni ta’minlashi kerak.

    1. So’rov-ma’lumot xizmati tizimi

Ushbu tizim (YEZ elementi) tanlangan MBBT imkoniyatlaridan hamda mos interfeys dasturlaridan foydalanib, ma’lumotlarni quyidagilar asosida olish imkoniyatini ta’minlashga qaratilgan:

  • maxsus ro’yxatlardan foydalanib, oldindan aniqlangan so’rovlar;

  • hisobotlar generatorlaridan (to’plovchilar) foydalanish (yangi hisobot jadvallarini shakllantirish uchun);

  • maxsus til vositalaridan (SQL so’rovlar) foydalanish.

Nostandartlash yer tuzish so’rovlarini avtomatlashtirish pastki tizimi maxsus yer fondlarini shakllantirish, korxonalarni qayta tashkil etish, yerlarni qayta taqsimlash bilan bog’liq turli xil yer tuzish ishlari hamda tabiatni muhofaza qilish choralarini amalga oshirish bo’yicha boshqarish qarorlarini qabul qilish, yer munosabatlarini tartibga solishning yangi huquqiy va iqtisodiy mexanizmini tadbiq etish bilan bog’liq masalalar majmuini o’z ichiga oladi. Ularga, xususan, yerning bahosini aniqlash bo’yicha, yer solig’i va ijara haqini toifalash, yerdan oqilona foydalanishni iqtisodiy rag’batlantirish va boshq. masalalar kiradi.

    1. Ijodiy vazifalarni modellashtirish

Ijodiy ishlarni (EE elementi) modellashtirish pastki tizimida topqirlik kontseptsiyasi to’la amalga oshiriladi. Ushbu element tizimning turli qanday elementi bilan ishlashda, qachonki izlanayotgan yechim berilgan masala uchun formallashtirilgan algoritmlardan tashqarida yotsagina foydalaniladi.
Ekspert tizimlari (ES) - bu nafaqat ma’lumotlarni, balki, bilimlarni ham qayta ishlashni ta’minlavchi dasturlardir. ES ning asosiy bloki - bilimlar bazasi, mantiqiy yechimlar mexanizmi, ma’lumotlar banki va «inson-EHM» interfeyslaridir. Bilimlar turli xil shakllarda, bilimlar bazasida yig’ilishi mumkin.
«Agar-unda» ko’rinishidagi munosabatlar eng ko’p tarqalgan qoida shakli hisoblanadi. Bilimlarni ko’rsatishning boshqa shakllari - semantik tarmoqlar, ro’yxatlar, predikatli mantiqlardir. Bilimlar bazasidagi xar bir yozuv o’zida ekspertlardan, darsliklardan, foydalanuvchilar uchun ko’rsatmalardan va boshqa manbalardan olingan xususiy ma’lumotlarni ifodalaydi.
Ma’lumotlar banki yechilayotgan muammoning hozirgi holati to’g’risidagi ma’lumotlarni saqlaydi. U o’z ichiga boshlang’ich va ishlab chiqarishdan yangidan olingan ma’lumotlarni, deduktiv zanjirlarni oladi.
Mantiqiy yechimlar mexanizmi o’zida qo’yilgan masalani yechish jarayo- nida ma’lumotlar bankini va bilimlar bazasini birlashtiruvchi zvenoni (bo’limni) ifodalaydi. U o’z ichiga qoidalar, nazorat strategiyalari, xarakat rejalarini inter- pretatsiyalash ishlarini oladi. Masalani yechish jarayonida bilimlar bazasidagi ma’lumotlar ma’lumotlar bankidagi mavjud ma’lumotlar bilan solishtiriladi, bunday solishtirish oraliq natijalardan foydalangan holda, ko’p martalab o’tkaziladi.
Ekspert tizimlarida ikkita tamoyilga katta e’tibor qaratiladi:

  • qarorni, agar uning bilimi va tajribasi dasturga kiritilgan imkoniyatlaridan katta bo’lsa odam qabul qiladi;

  • tizim va foydalanuvchi orasidagi muloqat shunday ko’rinishi kerakki, bunda foydalanuvchi nafaqat tizim savollariga javob berishi, balki o’zi unga «nima uchun?», «qanday qilib?», «nimaga yo’q?», «agar...» kabi savollarni berishi mumkin bo’lsin.

Ekspert tizimlarini loyihalashda uni barcha zarur qismlarini (mantiqiy chiqarish qurilmalari, bilimlar bazasi, bilimlarni olish, tushuntirish va muloqat qismlari) to’la mustaqil qilib ishlash zarurati yo’q.
«Bo’sh» ekspert tizimlari sifatida quyidagi bazaviy tizimlardan foydalanish mumkin: All-TX, Expert, Emycin, Exsys, Guru, Zoops, Mycin va boshq.
Yuqori malakali mutaxassislar faoliyatini takrorlovchi avtomatlashtirilgan interpretatsiya texnologiyasini ro’yobga chiqarish umumlashtirilgan hisob - logik yoki taqsimlangan sun’iy intellekt tizimlari shaklida amalga oshiriladi. Bunday tizimning dasturiy ta’minoti ikkita qismni o’z ichiga oladi:

  • avtomatlashtirilgan interpretatsiyalashning turli hil masalalarini yechish uchun mo’ljallangan ishlov beruvchi dasturlar intellektual majmualari to’plami;

  • ekspert tizimlari yig’indisi.

Intellektual majmualar funktsional dasturlash tamoyillarida yaratiladi. Ma’lumotlarga ishlov berish jarayonlari bilimlar bazasini yaratadi. Ular hisoblash jarayonini amalga oshirish vaqtida aniq ma’lumotlarga ishlov berishga qaratilgan, o’zida yo’naltirilmagan grafani ifodalovchi, funktsional semantik tarmoq shaklida amalga oshiriladi. Bu degani, aniq masalalarni yechishda ma’lumotlarga ishlov berish qattiq emas, balki, o’zi to’g’rilanadigan grafalar bo’yicha bajariladi. Ular avtomatik shakllantiriladi, o’ta murakkab vaziyatlarda esa mutaxassis qatnashuvida, qo’yilgan talablar, boshlang’ich ma’lumotlar tarkibi va qator tekshiriladigan sturlioitlar hamda cheklashlardan kelib chiqib shakllantiriladi.
Ekspert tizimlari mutaxassis - ekspertlarda mavjud taxlil qilish, umumlashtirish va xulosalarni shakllantirish bo’yicha shakllangan maxsus bilimlarni va nazariy asoslangan matematik jarayonlarni qo’llab, bilimlar bazasidan foydalanish asosida, ma’lumotlari chuqur avtomatlashtirilgan ishlov berish va qarorlarni shakllantirish tamoyillarini ro’yobga chiqaradi.
Yuqorida keltirilgan yondashuvlarga mos tarzda, YTLAT ishini barcha u bilan mantiqiy bog’langan funktsional tizimlar bilan integratsiyalash, uning ayrim elementlarini kontsetual va fizik loyihalashni amalga oshirish yer tuzishnining ayrim tashkil etuvchilarini avtomalashtirishning oqilona va unifikatsiyalangan modelini yaratish va shuning hisobiga malumotlar ortiqchaligini nafaqat ayrim pastki tizimlarda, balki, butun tizim ichida tugatishga erishish mumkin. Bu esa loyihachilar mehnati unumdorligini va ishlanayotgan loyihalar sifatini keskin oshirish imkonini beradi.
Shunday qilib, barcha turdagi yer tuzish ishlari uchun yagona ma’lumot kengligini yaratish bo’yicha aniq qadam va avtomatlashtirilgan yer tuzishni loyihalash, xaritalash va Davlat yer kadastrini yuritishni bosqichma - bosqich amalga oshirish uchun poydevor qo’yiladi.
Nazorat savollari va vazifalar

  1. Yer tuzishda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimining asosiy elementlarini sanab bering.

  2. YTLATning umumlashtirilgan blok - chizmasi qanday ko’rinishga ega bo’ladi?

  3. Muloqat tizimining asosiy maqsadi nima?

  4. Loyihachini uslubiy qo’llab - quvatlash tizimi nimalardan iborat?

  5. Uslubiy yordam deganda nima tushuniladi?

  6. Joyning raqamli modelini shakllantirishning qanday usullarini bilasiz?

  7. Joynig raqamli modelini skanerlash usulida shakllantirish ishlarining asosiy bosqichlarini sanab bering.

  8. Xususiy (atributiv) ma’lumotlami kiritish tizimi nimalardan iborat?

  9. Grafikaviy va xususiy (atributiv) ma’lumotlami konvertatsiyalash tizimi vazifalari nimalardan iborat?

  10. YTLAT ning bosh loyihalash pastki tizimlarini sanab bering.

  11. Axborot - me’yoriy ta’minot pastki tizimi qanday vazifalarni bajaradi?

  12. Ma’lumotlarga avtomatik ishlov berish va interpretatsiyalash tizimi nimalarni o’zida mujassamlaydi?

  13. Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banki o’zida nimalarni ifodalaydi?

  14. Ma’lumotlar bazasini shakllantirishda qanday tamoyillarga amal qilish kerak?

  15. Grafikaviy va u bilan bog’liq o’lchamli ma’lumotlarga analitik ishlov berish tizimining asosiy vazifalarini aniqlang.

  16. Integrallashtirilgan ma’lumotlarga ishlov berishga asoslangan, kenglik masalalariga misollar keltiring.

  17. So’rov-ma’lumot xizmati tizimining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish