III. YAkunlash
1. Mashg‘ulotga yakun yasash
Savol – javob asosida o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Logoped: Bolajonlar biz qanday hayvonlar haqida gaplashdik?-...
SHimol hayvonlari qaerda yashaydi?-...
- Antarktidada qaysi hayvonlar yashaydi?-...
- Arktikada qaysi hayvonlar yashaydi?-...
Bolalarga o‘zlari rasmga olgan hayvonlar haqida gap tuzishni taklif etish.
2. Rag‘batlantirish
Mashg‘ulot davomida yaxshi ishtirok etgan bolalarga yulduzchalar berib boriladi. Yig‘ilgan yulduzchalarni sanab bolalar rag‘batlantiriladi
2.2 O’rta guruhda o’rmon hayvonlari bilan tanishtirish usullari
Ta’limiy maqsad: Bolalarni yovvoyi hayvonlar va ularning bolalari bilan tanishtirish. Hayvonlarni tana qismlari haqida tushuncha berish: oyog‘i, xartumi, bo‘yni, dumi, og‘zi, qulog‘i, ko‘zi, tumshug‘i, tishlari… Mavzu bo‘yicha bilimlarini aniqlash. So‘z lug‘atlarini kengaytirish va faollashtirish. Otlarni ko‘plikda qo‘llashni mustahkamlash. Bolalarni har xil gap turlaridan (sodda, qo‘shma) foydalanishga o‘rgatish. Otlarni kichraytirish – erkalatish shaklida aytishga o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |