QUYIDAGI KO`RINISHDA AMALIY ISH BAJARISH
18-MAVZU: ACCESS DASTURIDA HISOBOTLAR VA FORMA YARATISH
“TASDIQLAYMAN”
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari ______________ O`.Temirov
“_____” _________ 201___ yil
AMALIY DARS REJASI № 18
Mashg`ulot o`tkaziladigan joy: Kompyuter xonasi
Guruhlar
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
19
|
Dars o`tiladigan
sana
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1. O`quv fanining nomi: Informatika va axborot texnologiyalari
Mavzu nomi: Access dasturida hisobotlar va forma yaratish
Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy: O`quvchilarga Access dasturida hisobotlar va forma yaratishni o`rgatish
b) tarbiyaviy: O`quvchilar bilimini oshirish
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilar dunyoqarashini rivojlantirish
Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o`zlashtirgandan so`ng o`quvchilar quyidagi bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladilar:
Access dasturida hisobotlar yaratish
Forma yaratish
Ta’lim metodlari: “Klaster” vositasi
Baholash metodlari: Kompyuterda amaliy bajarish
Axborot manbalari va texnik vositalari: Kompyuter, proyektor, slaydlar
Dars turi: Amaliy
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 90 minut
Uyga vazifa: O`tilgan mavzuni o`qib kelish, kompyuterda amaliy bajarish
AMALIY DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
T/r
|
Mashg`ulot bosqichlari
|
Ajratilgan vaqt
|
Mashg`ulot mazmuni
|
Ta’lim metodlari
|
Ta’lim vositalari
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
10
|
Salomlashish, davomat
|
|
Jurnal
|
2.
|
Kirish qismi (Motivatsiya)
|
15
|
Uyga vazifani tekshirish
|
|
kitob, kompyuter
|
3.
|
Yangi mavzuning bayoni
|
20
|
Access dasturida hisobotlar yaratish
Forma yaratish
|
“Klaster” vositasi
|
Daftar, kitob, kompyuter, doska
|
4.
|
Mustahkamlash
(Qo`llash)
|
35
|
Kompyuterda bajarish
|
Kompyu-terda amaliy bajarish
|
Daftar, kitob, kompyuter, doska
|
5.
|
Yakuniy
qism
|
10
|
O`quvchilarni baholash,
O`tilgan mavzuni o`qib kelish
|
|
Jurnal, ruchka
|
O`qituvchi:_______________________________________________ _______________
(F.I.Sh.) (Imzo)
18-MAVZU: ACCESS DASTURIDA HISOBOTLAR VA FORMA YARATISH
Reja:
Access dasturida hisobotlar yaratish
Forma yaratish
Ma'lumotlarni kiritish uchun kerakli maydonga ega bo`lgan elektron blank forma deb ataladi. Forma tashkil qilish MO oynasida
Создание menyusida Формы bo`limidan bir qator usullardan biri tanlab olinadi.
Конструктор форм - mustaqil ravishda yangi forma tuzish.
Мастер форм - tanlangan maydonlar asosida avtomatik ravishda formalar tuzish.
Другие формы-maydonlarni avtomatik ravishda jadvallar ko`rinishida va turli hil ko`rinishda tuzish.
Va hakozo.
Formalarni tuzish uchun uni tashkil qiladigan usullardan biri tanlab olingach, muloqot oynasining pastki qismida forma tuziluvchi jadval yoki so`rov nomi ko`rsatiladi. Ma'lumki, forma asosan boshqarish elementlaridan iborat bo`lib, uning tashqi ko`rinishi shu boshqarish elementlarini rejali joylashtirishga bog`liq.Shuning uchun ham formani avtomatik ravishda tashkil qilish (avtoforma yordamida) maqsadga muvofiq. Avtoformat-MO oynasida «Создание menyusida Формы bo`limida Мастер форм tanlab olinadi.
Unda kerakli so`rov yoki jadvalni tanlab avtoforma turlaridan biri (lentali, jadvalli yoki ustunli) keraklisi olinadi.Master yordamida forma tashkil qilish esa 4 etapdan iborat:
a) formaga kiritish mumkin bo`lgan maydonlarni tanlash,
b) formaning tashqi ko`rinishini tanlash,
c) formaning fon tasvirini tanlash,
d) forma nomini berish.
Hisobot-bu natijalar aks etgan qog`ozli hujjat demakdir.
Отчёт tashkil qilish MO oynasida
Создание menyusida отчёт bo`limidan bir qator usullardan biri tanlab olinadi.
Отчёт – оddiy hisobot yaratish
Конструктор отчётов- mustaqil ravishda yangi hisobot tuzish.
Мастер отчётов- tanlangan maydonlar asosida avtomatik ravishda yangi hisobotlar tuzish.
Hisobotlarni tuzish uchun ham xuddi formalar tuzishdagi kabi hisobotlarni tuzish usullaridan biri tanlangach, muloqot oynasining pastki qismida hisobot tuziluvchi jadval yoki so`rov nomi ko`rsatiladi.
Xuddi forma kabi hisobot ham boshqarish elementlariga ega qismlardan tashkil topgan, ammo bunda qismlar ko`p-u, boshqarish elementlari formaniqidan kamroq. Hisobot tuzilmasi asosan 5 qismdan iborat bo`ladi:
· hisobot sarlavhasi,
· yuqori kolontitul,
· ma'lumotlar joylashgan joy,
· quyi kolontitul,
· hisobot eslatmasi.
Odatda, hisobot tuzilmasi bilan tanishish uchun avtomatik ravishda hisobot tashkil qilib uni «konstruktor» tartibida ochish qulay. Bunda hisobot sarlavhasi umumiy sarlavhani chop etishni ta'minlaydi, yuqori kolontitul qismlari esa sarlavhaga tegishli kichik-kichik sarlavhachalarni ifodalaydi. Ma'lumotlar maydonida esa boshqaruv elementlari joylashtirilib, ular asosan ma'lumotlar ombori maydonlari mazmunini bildiradi. Quyi kolontitul qismida huddi yuqori kolontitul kabi boshqarish elementlariga ega.
Jadval, so`rov, forma va hisobot-ma'lumotlar omborining asosiy ob'yektlari sanaladi. Ularni ma'lumotlar omborini tuzuvchi tashkil qiladi. Foydalanuvchi esa ushbu ob'yektlarni tuzilmasiga halal bermagan holda ish yuritishi lozim.
Nazorat savollari
Hisobotlar yaratish haqida gapiring
Access dasturida formalar qanday yaratiladi?
Adabiyotlar:
M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari.
A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari.
T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |