2. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining asosiy moliyaviy hisobotlari va buxgalteriya balansi
1996-yil 30-avgust bozor munosabatlariga moslangan «Buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-martda qabul qilingan qarori ga binoan korxonalar m oliyaviy-xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi tasdiqlandi va foydalanishga kiritildi. Yangi schyotlar rejasi buxgalteriya hisobining uslubi Respublika buxgalteriya hisobining rnilliy andozalariga asoslangan b o ‘lib, u buxgalteriya hisobi xalqaro andozalarining Ын tamoyillariga moslangan. Respublikada buxgalteriya hisobining rnilliy andozalari ishlab chiqildi va qabul qilindi. Bu andozalar tarkibidagi moliyaviy tahlilga bevosita taalluqli bo‘!gan andozalar quyidagilardir;
1. Hisob siyosati va moliyaviy hisobot.
2. Asosiy faoliyatdan daromadlar.
3. Moliyaviy yakunlar to ‘g ‘risida hisobot.
4. Birlashtirilgan moliyaviy hisobotlar va sho‘ba xo‘jalik jam iyatlarining investitsiyalari hisobi.
5. Pul oqimlari to ’grisida hisobot.
6. Davlat subsidiyalarrnmg hisobi va davlat yordammi yoritish.
7. Moliyaviy investitsiyalar hisobi.
8. Har bir aksiyaga to‘gri keluvchi foydaning hisob-kitobi.
9. Q o‘shma faoliyatdagi qatnashuv salm og‘ining moliyaviy hisobotda ifodalanishi.
10. Buxgalteriya balansi.
Buxgalteriya hisobini takomillashtirishga bag‘ishlangan bu tadbirlar moliyaviy tahlilning m a’lumotlar bazasini boyitadi, bu m a’lumotlardan foydalanishni, moliyaviy tahlil o'tkazishni vcngillashtiradi. Respublikada moliyaviy hisob va hisobot bo‘yicha bir qancha ishlar qilingan, lekin qilingan ishlar haii xalqaro andozalarga javob bermaydi. Boshqarrna hisobi va hisoboti b o byicha esa hali hech narsa qilingani yo‘q desak ham bo‘ladi. Qabul qilingan schyotlar rejasi, milliy schyotlar tizimiga moslangan emas.
Respublikada qabul qilingan balans-nettoga takomillashtirilgan, balans tuzilishiga o‘tishimizga qaramasdan, balansimizning aktiv tomonida ko ‘rsatiladigan m a’lumotlar korxona m ol-muiklarining haqiqiy holatini ifodalamaydi. Chunki balansda asosiy va aylanma m ablag‘lar sotib olingan narxlarda, ya’ni intlyatsiya natijalari e ’tiborga olinmasdan, ulam ing qiymati indcksatsiya qilmmasdan ko'rsatiladi.
Balans buxgalteriya hisobotining eng asosiy shakli bo'lib, qolgan buxgalteriya moliyaviy hisobotlar balans ko'rsatkichlarini boyitadi va moliyaviy holatning alohida yo‘nalishlarini ifodalaydi. Balans buxgalteriya m a’lumotlariga asoslanadi. Buxgalteriya m a’lumotlari debetlik, kreditlik aylanmalarda, aktiv va passiv schyotlarda o ‘z ifodasini topadi.
Debetlik aylanma - bu buxgalteriya schyotlarining debetida boshlang‘ich qoldiqsiz yozilgan ma’lumotlar.
Kreditlik aylanma - bu buxgalteriya schyotlarining kreditiga boshlang‘ich qoldiqsiz yozilgan ma’lumotlar.
Aktiv schyotlar - bu schyotlarda korxona xo'jalik moliyaviy faoliyatining har xil yo'nalishlari ko‘rsatiladi. Bu schyotlaming qoldig‘i faqat debetlik bo'lishi mumkin. Chunki korxona faqat m avjud m ablag‘lardan foydalanishi mumkin.
Passiv schyotlar - bu schyotlarda korxona m ablag‘larining kelib chiqish va qoplanish manbalari ko'rsatiladi. Bu schyotlaming qoldig‘i faqat kreditlik bo'lishi, ya’ni korxona faqat tegishli m anbalar bilan qoplangan m ablag‘iardan foydalanishi mumkin.
Buxgalteriya balansi - bu muayyan vaqt davrida korxonada mavjud bo‘lgan aktivlar, o 'z kapitali, majburiyatlami aks cttiradigan buxgalteriya moliyaviy hisobotidir. Buxgalteriya balansida aktivlar va majburiyatlar uzoq muddatli va joriy sifatida tasniflanadi. Balansni ko'rib chiqishda doimiy ravishda shuni e ’tiborda tutish kerakki, aktivlar doimo passivlarga (o'z kapitali va majburiyatlari summasi) teng bo'lishi zarur, balans (bilancium - muvozanat) atamasi ham shun dan kelib chiqqan. Bunday tcnglik dastlabki balansni tuzish vaqtida emas, doimo bo'lishi kerak.
AKTIVLAR firmа egalik qiladigan mulk, bino, jihozlar, transport, kassadagi naqd pul. bank hisob raqamidagi pullar, dcbitorlik (firmaga pul bcrishi lozim b o ‘Igan jism oniy va yuridik shaxslar), m ateriallar zaxiralari. yarim tayyor fabrikatlar, tayyor mahsulot, uskunalar va boshqalar kiradi.
PASSIVLAR - firmaning о 'z kapitali, qarzlari va majburiyatlari, firmaning xususiy kapitali, taqsimlanmagan yoki firma tasarrufida qolgan daromad, kreditorlar (bajarilgan operatsiyalar natijasida firma pul berishi lozim bo'lgan yuridik va jism oniy shaxslar), qarz m ablag'lari, kreditiardir.
Balansning chap tomonida barcha aktivlar yozib qo'yilgan bo'lib, ular ikkita bo'lim ga guruhlangan:
I. Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositaiar (binolar va inshootlar) kiradi, ulami odatda qayta sotish ko'zda tutilmaydi va ular uzoq xizmat qilish muddatiga egadirlar. Vaqt o'tishi bilan ular o 'z qiymatlarini to'liq chiqarilayotgan mahsulotga o'tkazadi. Buxgalteriya qoidalariga muvofiq asosiy vositaiar balansda ulam ing qoldiq qiymati bo'yicha hisobga olinadi. M a’lurnotnoma variantida esa ulam ing dastlabki qiymati va eskirishi ko'rsatiladi.
II. Joriy aktivlar yoki tezda pulga aylanishi mumkin bo'lgan aylanma m ablag'lar: ombordagi tayyor mahsulotlar. ishlab chiqarishdagi tovarlarning qoldiqlari, zahiradagi materiallar. Bu m ablag'lar likvid m ablag'lar deb ataladi. Joriy aktivlarga, shuningdek, korxona kassasidagi va bank hisob raqamlaridagi naqd pullar qo'shilgan holdagi pul m ablag'larini tashkil etadi. Aylanma m ablag'larm ng umumiy qiymati xo'jalik operatsiyalari oqibatida, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyati oqibatida doimiy ravishda o'zgarib turadi. Balansning o'ng tomonida o'z kapitali, firmaning boshqa firm alar, xususiy shaxslar va tashkilotlarga nisbatan uzoq muddatli va joriy majburiyatlari yozib qo'yilib, ular uchta bo'lim bo'yicha guruhlanadi: 216
I. O‘z mablag'lari mulk egasining kapitali, korxona fondlari va taqsimlanmagan daromadlami o ‘z ichiga oladi.
II. Uzoq muddatli majburiyatlar bank kreditlari va boshqa korxonalar dan bir yildan ortiq muddatga olingan qarzlar, kechiktirilgan soliqlami o‘z ichiga oladi. Buxgalteriya hisobi standartlariga ko‘ra, tushuntirish xatida kredit shartnomaiari va qarz berish shartlaridan kelib chiqadigan foiz stavkalari, kreditni qoplash muddatlari, to io v lar navbati va boshqa xususiyatlar ochib berilishi kerak.
III. Joriy majburiyatlar kreditom ing talabi bilan to ‘lanishi lozim b o ig an majburiyatlar, hisobot sanasidan so‘ng bir yil mobaynida to ian ish i lozim bo‘lgan uzoq muddati t majburiyatlarning qismini: qisqa muddatli kreditlar va overdraft, kreditorlik qarzlari (to‘lanishi lozim b o ig an hisoblar va veksellar, xaridorlar va buyurtmachilardan olingan b o ‘naklar, soliqlarga doir qarzlarjni o ‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |