Ikki to‘g‘ri chiziqning o‘zaro holatlari
Agarda ikki to‘g‘ri chiziq fazoda parallel bo‘lsa, u holda ularning bir nomli proyeksiyalari ham o’zaro parallel bo‘ladi (2.19-chizma).
2.19-chizma. 2.20-chizma. 2.21-chizma.
32
Agar ikki to‘g‘ri chiziq fazoda kesishsa, u holda kompleks chizmada ularning bir nomli proyeksiyalari ham kesishadi. Ularning kesishuv K(k,k') nuqtasining bir nomli proyeksiyalari OХ proyeksiya o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan bitta bog‘lovchi chiziqda yotadi (2.20-chizma).
Agar ikki to‘g‘ri chiziq fazoda parallel bo‘lmasa va kesishmasa, ularga uchrashmas (ayqash) to‘g‘ri chiziqlar deyiladi. Kompleks chizmalarda ularning bitta bir nomli proyeksiyalari parallel yoki kesishgan bo‘lishi mumkin. Kesishgan hollarda esa, kesishuv nuqtasining bir nomli proyeksiyalari bitta Ox o‘qiga perpendikular bo‘lgan bog‘lovchi chiziqda yotmaydi (2.21-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |