Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet17/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Samoniylar davrida ijtimoiy iqtisodiy tuzum. Somoniy xukmdoridan Ismoil Samoniy Movaraunnahr va Xurosanni birlashtirishga va yangi markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo‘lgan. Islohotlar o‘tkazgan 10 ta devon tashkil qilgan. Davlat amir unvoni bilan idora qilingan. Davlat majmuini mustahkamlashda, Nasr II Somoniyning ma‘rifatli vazirlari Abdullo Muhammad Jayxoniy va Abulfazl Muhammad Balamiylarning xizmatlari katta bo‘lgan. Umuman, Somoniylar hukmdorligi davrida vazirlik mansabiga asosan shu ikki sulola vakillari tayinlanganlar.

Devonlar orasida vazir yoki ―xo‘ja buzurg‖ devoni alohida o‘rin tutgan. Bu devonga boshqa hamma devonlar bo‘yso‘ngan. U hamma – ma‘muriy, siyosiy va xo‘jalik mahkamalarini nazorat qilgan.

Davlatni idora etishda ―mustaufi devon‖ ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu devon davlatning butun moliya ishlarini boshqargan va nazorat qilgan. Devon xazinador tomonidan boshqarilgan.

―Devon amir-al-mulk‖ yoki ―al-rasail‖ davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan rasmiy hujjatlarni tuzish bilan shug‘ullangan. Bundan tashqari bu devon chet davlatlar bilan bo‘ladigan munosabatlarni ham boshqargan.

―Muxtasiba‖ devoni bozorlarni, sotuvchilarni, qadoqboshlarning og‘irligini, bozordagi mollarning narxini, sifatini nazorat qilgan.

Davlat xazinasining daromadlarini va xarajatlarini ―mushrif‖ devoni nazorat qilgan. Bundan tashqari ―qozi azziya‖ va ―vaqf‖ devonlari bo‘lgan. ―Qozi azziya‖ devoni davlat yerlarini, ―vaqf‖ devoni hadya etilgan yerlarni va musulmon ruhoniylarining boshqa mol- mulklarini nazorat qilishgan.

Devoniylarning aytarli hammasini viloyatlarda boshqarmalari bo‘lgan. Somoniylar davlatida musulmon ruhoniylarning ta‘siri nihoyatda kuchli bo‘lgan. Ular markaziy hokimiyat ishlarida ham faol ishtirok etganlar. Davlat amaldorlari asosiy boy dehqon va ruhoniylardan tanlangan. Bunda yuqori tabaqaga mansub bo‘lishdan tashqari, ma‘lum bilimlarga ega bo‘lish talab etilgan. Amaldorlar arab va fors tillarini, qur‘on va shariatni yaxshi bilishi va turli fanlar to‘g‘risida ma‘lum darajada tasavvurga ega bo‘lgan.

Har bir o‘lkalar va viloyatlar hokimi ko‘ngillilardan iborat qo‘shin saqlagan. Somoniylar davrida qudratli markazlashgan davlatning vujudga kelishi natijasida

Movarounnahr va Xurosonda ma‘lum barqarorlik qaror topdi. Bu holat mamlakat iqtisodiy hayotiga katta ta‘sir ko‘rsatdi. Dehqonchilik, xunarmadchilik va savdo tez sur‘atlar bilan rivojlana boshladi. Movarounnahr va Xuroson bu vaqtda Sharqning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan o‘lkalaridan hisoblangan.

Xuroson, ayniqsa, Movarounnahr dehqonchilik o‘lkalari qatoriga kirgan. Bu yerlarda dehqonchilik asosan sun‘iy sug‘orishga asoslangan. Ko‘plab soy va daryolardan chiqarilgan katta-kichik kanallar mavjud bo‘lgan.



Sun‘iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikdan tashqari lalmikor dehqonchilik ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Kanal qurilishi uchun xalifa davlat xazinasidan 20 million dirham ajratgan.

Somoniylar davrida dehqonchilik bilan bir qatorda hunarmandchilik ham keng sur‘atlar bilan taraqqiy qildi, ayniqsa, to‘qimachilik yaxshi taraqqiy qildi. Bu yerda ipak va jundan tayyorlangan turli-tuman gazlamalar o‘zining sifatliligi, bejirim va nafis naqshlari bilan ajralib turgan. Buxoroning Zandana, Samarqanddagi Vedar va Surxondaryodagi Darzang to‘qimachilarining mahsulotlari faqatginaMovarounnahr va Xurosondagina emas, balki Iroq, Eron va Hindistonlarda ham ma‘lum bo‘lgan.

Kulolchilik ham somoniylar davrida o‘z taraqqiyotining eng yuqori bosqichlariga ko‘tarilgan. Manbalarda qayd qilinishicha ayniqsa, Samarqand, Binkent va Marv

kulollari tayyorlagan idishlar o‘zining bejirim shakli, yuqori sifati, ajoyib va nafis naqshlari bilan ajralib turgan.

Bu davrda shishasozlik ham keng rivojlangan. Shishasozlarning ustaxonalari Niso,

Marvda, Termizda, Poykand kabi shaharlarda ochib o‘rganilgan. Markaziy Osiyo shishasozlarning mahsulotiga boshqa o‘lkalardan ehtiyoj katta bo‘lgan.

Somoniylar davrida metallurgiya sohasida ham katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Bu davrda Badaxshonda kumush, oltin, billur, lojuvard kabi qimmatbaho metall va toshlar qazib olish davom etgan.

Markaziy Osiyoda somoniylar davrida qog‘oz ishlab chiqarish ham yaxshi rivojlangan. Qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik markaz Samarqand bo‘lib unda qog‘ozlarning mahsuloti faqat Markaziy Osiyo yoki Sharqda emas, balki Yevropada ham mashhur bo‘lgan.

Yozma manbalarda qayd qilinishicha, bozorlar katta-kichik shaharlarda va hatto qishloqlarda bo‘lgan. Ayniqsa karvon yo‘llari bo‘yicha joylashgan shaharlarda bir nechtadan bozorlar bo‘lgan. Buxoro, Xo‘jand, Kesh, Termiz, Xirot, Marv, Nishopr shaharlaridagi bozorlar katta va juda gavjum bo‘lgan. Savdo rastalari karvonsaroyning o‘zida ham bo‘lgan. Karvonsaroylar yo‘llarda ham qurilgan.

Bozorlarda sotiladigan mollar avvalo mahalliy aholining ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Hunarmandlar o‘z mollarini sotib oziq-ovqat mollarini xarid qilishgan, o‘z navbatida dehqonlar hunarmandchilik mollarini xarid qilishgan. IX-X asrlarda Markaziy Osiyoning iqtisodiy hayotida savdo-sotiq kattaahamiyatga ega edi. bu borada ko‘chmachilar bilan chegaradosh bo‘lgan shaharlarning ahamiyati katta bo‘lgan. Ko‘chmachilar shaharlarga kelib dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlarini xarid qilganlar, teri sotganlar.



Markaziy Osiyolik savdogarlar o‘z mollarini arab xalifaligi tarkibiga kirgan davlatlarga, Kavkazga, Xazar va Bulg‘oriyaga, Xitoy va Hindistonga olib borib sotganlar. Markaziy osiyodan Xitoy bilan O‘rta Yer dengizini birlashtiruvchi va Janubi- SHarqiy Yevropaga olib boruvchi karvon yo‘llari o‘tgan. Xazar, Bulg‘or va Rus yerlariga markaziy Osiyodan quruq mevalar turli-tuman gazlamalar, guruch va kumush chiqarilgan. O‘z navbatida Janubiy-Sharqiy Yevropadan Markaziy Osiyoga mo‘yna, mis, teri, qoramol, qullar keltirilgan.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish