Mustaqil ta‘limni tashkil etish
O‘zbekiston tarixidan mustaqil ishni mavzusini tanlash.
Mavzuni tanlash uchun talabaga quyidagi topshiriqlarni bajarish yordam beradi:
O‘zbekiston tarixi fanini o‘rganish jarayonida paydo bo‘ladigan muammoli savollarni aniqlash;
O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha maxsus kunlik yoki xaftalik jurnallar va chop etilgan maqola va analitik materiallar bilan tanishish.
Mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish usullari
-mavzu bo‘yicha ilmiy adabiyotlarni o‘rganish;
-tanlangan mavzuni yozma ravishda uzatish:
-tanlangan mavzuni og‘zaki ravishda uzatish;
-tahliliy ma‘lumotlarni ko‘rgazmali taqdim etish usullari va vositalari: -hamkorlikdagi o‘qishni tashkil etish usul va vositalari;
-muammoni jamoali tarzda hal etish, uni hal etish bo‘yicha ustuvor g‘oyalarni tanlash va baholash usullari va vositalari;
―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etishda yuqorida ko‘rsatilgan
―Axborotni yozma ravishda uzatish (referat)‖, ―Axborotni og‘zaki ravishda uzatish‖, ―Muammoni jamoali tarzda hal etish, hamda ―Tanlangan mavzu bo‘yicha taqdimot‖dan foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |