Bozor iqtisodiyoti- jamiyat taraqqiyotini tezlashtiruvchi iqtisodiy aloqalar majmui. Bozor iqtisodiyotining mohiyati shuki, u barcha jamiyat a‘zolarini ishlab chiqarish va iste‘mol orqali doimiy hamda to‘xtovsiz musobaqaning ishtirokchilariga aylantiradi. SHu bois B.i. ishlab chiqarishning kun sayin takomillashuviga, mahsulot sifatining yaxshilanib borishiga, miqdorining esa ko‘payishiga sababchi bo‘ladi. B.i. xalqning, ommaning ijodiy va mehnat imkoniyatlarini yuzaga chiqarib, tadbirkorlik va ishbilarmonlikka yo‘l ochadi. O‘zbekiston iqtisodiyotining bozor shakliga bosqichma-bosqich, ijtimoiy sakrashlar va portlashlarsiz o‘tib, o‘z taraqqiyotida yangi sifat darajasiga ko‘tarilmoqda. Bu davrda davlatning vazifasi: aholini ijtimoiy muhofazalash; uning muhtoj qatlamlariga doimiy yordam ko‘rsatish; bozorni mafkura ta‘siridan ozod etish; xo‘jalik yuritish ishlariga faqat iqtisodiy usullar bilan ta‘sir ko‘rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |