Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet11/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Kushon davri madaniyati. Kushon davri Markaziy Osiyo halqlarining moddiy va ma‘naviy madaniyatida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lganligi bilan izohlanadi. Buyuk Kushonlar saltanatining taqdiri, ma‘naviyati nuqtai nazaridan ayanchli tugadi, ya‘ni o‘z davrida uning tarixi va madaniyati deyarli yozilmagan. U haqda qadimgi ma‘lumotlar juda kam, yozuv (epigrafik) yodgorliklar ham unchalik ko‘p emas.

Ma‘lumki Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi IV-II asrlarda oromiy yozuv asosida Xorazm, Parfiya va so‘g‘d yozuvlari paydo bo‘ladi. Kushon davriga kelib ular safiga yana bir yozuv-Kushon (Baqtriya) yozuvi paydo bo‘ladi. 22 harfdan iborat va ko‘pgina tangalarda uchraydigan bu yozuv, olimlar fikricha, Kanishka davrida paydo bo‘ladi. Tangalarda zarb qilingan miniatyura tasvirlarda badjahl va sersoqol podsholar siymolarini, yunon, hind, fors, Markaziy Osiyoning turli xudolari va ular ismlari, pordsholarning nomlari va unvonlari yunon va hind alifbosida, mahalliy tilda bitilganini ko‘rishimiz mumkin. Kushon tangalari madaniyatning o‘ziga xos tomonari yozuv, til, diniy qarashlar haqida ma‘lum xulosalar chiqarish imkoniyatini yaratadi. Ammo, tangalar Kushon madaniyati qay darajada bo‘lganligi haqida to‘la ma‘lumot berolmaydi. Buning uchun san‘at yodgorliklariga murojat etamiz: san‘at yodgorliklari dastlab Hindistonning shimoli-g‘arbida ko‘plab ochildi va bu turkum san‘at yodgorliklari ―Qandahor haykalchilik maktabi‖ deb nomlandi. Bu hududdan juda ko‘plab san‘at asarlari topilgan bo‘lib, bu asarlarda buddiylik xudolari, monarxlar tasvirlangan. Undan so‘ng kushon davriga oid buddiylik manzilgohlari Xodda va Shotaraka (Afg‘oniston), Butqara (Pokiston)dan yuzlab haykallar topilib, kushon madaniyati haqidagi tasavvurlar birmuncha kengaydi. Ammo, Markaziy Osiyo Kushon davri madaniyati qay darajada bo‘lgan edi?

Markaziy Osiyoning janubi va Shimoliy Afg‘onistondagi arxeologik tadqiqotlar Yunon-Baqtriya va Kushon-Baqtriya madaniyati gullab yashnaganidan dalolat beradi. Dastlabki yodgorliklar Ayritom va Ko‘hna Termizda 30-yillarda ochilib, 60-yillarda davom ettirildi. Keyinchalik ko‘hna Termiz yaqinidagi Qoratepa buddiylik ibodatxonasi, Fayoztepa, Holchayon va Dalvarzin ko‘hna o‘aharlari ochilib nihoyat darajada yuksak bo‘lgan kushon madaniyati butun dunyoga mashhur bo‘ldi.

Ayritom ko‘hna shahridan topilgan uylarning peshtog‘ig‘a ishlangan tosh tasvirlar (sharafa) asrimizning 30-40 yillaridayoq ma‘lum edi. Bu peshtoqlarda gullarga burkangan, musiqaasboblari chalib turgan qizlar va do‘mbira chalib turgan bolalarning tasviri tushirilgan. Qazishmalar natijasida ibodatxona va inshootlarning me‘moriy jihatdan nihoyatda mohirlik bilan barpo etilganini ko‘ramiz. Surxandaryo viloyatining Devon nohiyasi paxta dalalarining birida qachonlardir yirik shahar bo‘lgan Holchayon yodgorligining qoldiqlarini saqlanib qolgan. Shaharning paydo bo‘lishi mil. av. I ming yillikning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Rivojlanish jarayoni Kushon davriga to‘g‘ri kelib, bu davlat inqirozga yuz tutish bilan shahar ham yemirila boshlaydi. Qazib olinga bino ichida I asrda qurilgan, unchalik katta bo‘lmagan saroy alohida qiziqish uyg‘otadi. Saroyda devoriy rasmlar yaxshi saqlanib qolmagan. Insonning yuzi va yomon saqlangan qomati, gullar tasviri bor holos.



Lekin saroydagi badiiy madaniyat namunalari ko‘plab topilgan. Haykalllar loydan ishlanib ustki qismi bo‘yalgan. Haykallardan eng kattasi 2 metrga yaqin bo‘lib, kichik haykallardan o‘nlab topilgan. Bu san‘at asarlarida podsho geray avlodlari tasvirlangan (haykallar tangalardagi tasvirlar bilan solishtirilgan). Markazda taxtlarda o‘tirgan podsho va uning xotini, ularning o‘ng va chap tomonlarida podsho oilasi a‘zalari, xotinlar va erkaklar, shuningdek mahalliy zodagorlar va Gerakl hamdaAfisha haykallari joylashgan.

Termiz-Dushanba katta yo‘lining o‘ng tomonidan katta maydon bo‘lib u yerga tabiat va vaqt ta‘sirida yemirilib ttepalikkaaylangan qo‘rg‘on bor. SHaharning mustahkam devorlar, hokim saroyining xarobalari, imoratlar qoldiqlari-bular yirik Kushon shahri qoldiqlaridir. Bu Dalvarzin ko‘hna shahari bo‘lib, u Kushon davlatining dastlabki poytaxti bo‘lgan degan fikrlar ham mavjud.

1972 yilgi qazishmalar paytida bu yerdan umumiy og‘irligi 30 kg. dan ortiq tilla buyumlar xazinasi topilgan. Bu xazinada hammasi bo‘lib 115 ta bilakuzuk, xalqalar, to‘g‘alar, bo‘yin taqinchoqlari, oltin qo‘ymalan bor edi.

Dalvarzin ko‘hna shahidan uncha uzoq bo‘lmagan joydan juda qiziq va o‘ziga xos qabr topildi. Bu qabrdagi ko‘mish an‘analari buddiylardan farq qilgan holda, ba‘zi hollarda Markaziy Osiyo an‘analariga ham o‘xshamaydi. Sag‘analarda uch xildagi dafn mavjud bo‘lib, ulardan ohirgisi mil. av. I-III asrlardagi zardushtiylarning dafn an‘analariga to‘g‘ri keladi. Dalvarzin sag‘anasi qabrlari o‘ziga xos go‘zalligi bilan, dafn marosimi inshootining barcha me‘morlik o‘xshashliklari bilan zardushtiylik dafn marosimlariga mo‘ljallangan bo‘lib, ―zardushtiylik dunyosi‖ maydonidagi eng qadimgi dafn etish joyidir. To‘g‘ri, Xorazmda ham bu davrga oid ehtimol bu davrdan ham ilgarirooq davrlarga oid qabrlar topilgan, lekin ular dahmalar emas, ularda inson suyaklari sopol astodonlarda ko‘milgan. Milodning I asrlariga oid astodon qo‘yilgan sag‘analar Mavr va Marg‘iyonadan topilgan, Xuddi shu tarzdagi qabrlar Eron arxeologlari topilmalarida ham uchrab, ular ham mil. av I asrlarga oiddir. Dalvarzin dahmasi noyob me‘morlik inshooti, o‘ziga xos bo‘lib, gumbaz shaklidagi hujra, nafis terilgan peshtoqli kirish joyi bilan kushon davri Shimoliy Baqtriya me‘morlik san‘atini aks ettiruvchi inshoatdir.

    1. O‘zbek xalqining etnogenezi. ―O‘zbek‖ atamasi.

O‘zbekistonda davlat mustaqilligi qayta tiklangach halqimizning o‘z kelib chiqishi va umuman etnik tarixiga bo‘lgan qiziqishi yanada ortdi. Bu tabiiy hol. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov takidlaganidek «Biz o‘zimizni millat deb bilar ekanmiz o‘zbekchiligimiz haqida aniq tushunchaga ega bo‘lishimiz kerak». Bugungi ma‘ruza o‘zbek halqining etnik shakllanishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ushbu jarayon bosqichma-bosqich ko‘rib chiqiladi.

Hozir jahonda soni jihatidan katta-kichik, turli tillarda so‘zlashuvchi, turli dinga e‘tiqod qiluvchi va har xil xo‘jalik yurituvchi ikki mingdan ziyodroq nomlar bilan ataluvchi halqlar yashaydi. Ularning halq sifatida shakllanishi ham tarixning turli davrlariga to‘g‘ri keladi. Shyuni alohida ta‘kidlash kerakki, dunyoda hech bir halq o‘zini sof (toza), aralashmagan deb davo qila olmaydi. Chunki, har bir halq uzoq tarixiy davr davomida turli elatlar bilan aloqada bo‘lib aralashib, qorishib borgan. Har bir xalq o‘zining etnik tarixi, etgenezi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishga intiladi. Har bir halq dastavval urug‘ jamoasiga birlashganlar. So‘ngra urug‘lar birlashib qabilani, qabilalar birlashib esa elatni tashkil qilganlar. Etnogenez (etnos yunon tilida xalq, genezis- kelib chiqish) deb ilgari mavjud bo‘lgan bir necha etnik komponentlar asosida yangi etnosning vujudga kelishigaaytiladi. O‘zbek xalqi ildiz olgan, uning ilk tarixiy ajdodlari saklar,



massagetlar, toxarlar, baxtarlar, xioniylar, usunlar qang‘arlar, so‘g‘diylar xorazmiylar haqida ko‘plab ma‘lumotlar B.A.Ahmedov, M.Ermatov, M.G.Vahobov, A.A.Asqarov, G‘.Abdurahmonov kabi tarixchi olimlar asarlarida o‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi haqida masalalar turlicha o‘rganiladi.Masalan, B.Ahmedovning bir qator ilmiy asarlarida o‘zbek ajdodlari qadim zamonlardan O‘zbekiston hududlarida yashaganliklarini, XV1 asrning boshlarida bu hududga kelib hukmronligini o‘rnatgan ko‘chmanchi o‘zbeklar o‘zbek halqining tarikibiy qismidan biri bo‘lganligini ta‘kidlaydi. Sharqshunos olim o‘zbek xalqining to‘la shakllangan vaqtini ―Qoraxoniylar davrida (10 -

11) asrlar o‘zbek xalqi to‘la shakllanib, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanadi‖ deb ta‘kidlaydi. Akademik A.Asqarov bu masala bo‘yicha manbalarga asoslangan holda o‘zbek xalqi etnogenezining birinchi bosqichi eramiz boshlarida boshlangan. Milodiy 6 asrning ikkinchi yarmidan o‘zbek etnogenezining ikkinchi davri boshlangan, XIV-XV asrlarda esa bu jarayonnning yangi taraqqiy etgan davri deb ta‘kidlaydi.

G‘.Abdurahmonov, SH.Shukurovlarning birgalikda chop etilgan ―O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi‖ asarlarida o‘zbek xalqining shakllanish davri 11 -15 asrlar deyilgan bo‘lsa G‘.Abdurahmonovning keyingi ishlarida o‘zbek xalqining shakllanish nihoyasi 11- 12 asrlarga to‘g‘ri keladi deb turlicha fikr-mulohazalarni beradi.

So‘zsiz, xalqning chiqib kelish ildizi juda uzoq va etnogenezini katta tarixiy davr ajratib turadi. Bu davr ichida ma‘lum hududda bir emas bir necha etnoslar tashkil topgan. Ilk elatlar doimiy emas, ular yemirilib, o‘rnida boshqa elatlar vujudga keladi. Markaziy Osiyoda birin ketin- tashkil topgan elatlar ham oz bo‘lmagan. O‘zbek elati ham shu hududda shakllanadi. Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalardan ko‘rinadiki, o‘zbek xalqining etnogenezi masalalari bo‘yicha olimlar o‘rtasida turli fikrlar mavjud.

Avvalo shuni ta‘kidlash o‘rinliki, o‘zbeklar O‘rta Osiyoning qadimgi halqlaridan biri bo‘lib, ko‘hna va boy tarixga, yuksak madaniyatga ega halq hisoblanadi. Demakki, o‘zbek halqi millat maqomini olgunga qadar uzoq etnik jarayonlarni bosib o‘tgan. Bu halq ajdodlari urug‘, qabila, elat sifatida tarkib topib, so‘ngra millat darajasiga ko‘tarilgan. Har bir halq dastavval urug‘ jamoasiga birlashganlar. So‘ngra urug‘lar birlashib qabilani, qabilalar birlashib esa elatni tashkil qilganlar. Ko‘plab halqlar tarixning turli bosqichlarida qabila yoki elat darajasiga ko‘tarilgach tarqalib ketganlar. Bir qator halqlar esa asta-sekin millat darajasiga rivojlanib chiqqan.

Urug‘, qabila, elat va millat etnosning (halqning) tarixan tarkib topgan etnik birliklaridir. Shu yerda yuqoridagi har bir etnik birlik tushunchasiga ba‘tafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Urug‘-kishilarning eng qadimgi etnik birligidir. U qarindoshchilik asosida tashkil topadi. Bir necha ota-onadan tarqalgan avlodlar o‘zaro urug‘lar hisoblanadi. Kishilik jamiyatining ibtidoiy gala davridan keyingi bosqichi ya‘ni quyi poleolitdan yuqori poleolitga o‘tish davrida urug‘ jamoalari shakllangan. Urug‘chilik qon-qarindoshchilikka asoslangan bo‘lib, har bir urug‘ odamlari bir-birlari bilan xo‘jalik va ijtimoiy jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.

Qabila ham ibtidoiy bosqichga xos etnik birlikdir. Qabila urug‘ga nisbatan yirik bo‘lib, u bir necha urug‘larning o‘zaro birlashuvidan xosil bo‘ladi. Qabila a‘zolari o‘rtasidan qon-qarindoshlik aloqalarining mavjudligi, urug‘ va bo‘g‘inlarga birikishi, muayyan xududga egalik qilishi, qabiladoshlar orasidagi iqtisodiy birlik yagona qabilaviy tili va nomining mavjudligi qabilaning asosiy belgilaridir. Qabila qabila kengashi tomonidan boshqarilgan. Odatda qabila kengashi urug‘ oqsoqollaridan tashkil topgan va qabila boshlig‘i tomonidan boshqarilgan. Kishilik jamiyatining tobora taraqqiy etib

borishi va sinfiy jamiyatining paydo bo‘lishi bilan ibtidoiy bosqichga xos etnik birlik- qabila tuzumi o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Ammo qabila atamasi va o‘nga ta‘luqli bo‘lgan ba‘zi xususiyatlar qoldiq sifatida tarixning keyingi davrlarida ham saqlanib qolgan edi. Masalan, XIX asr-XX asr boshlarida o‘zbek halqning tarkibida qabilalar mavjud bo‘lib, ular urug‘larga bo‘linish tartibini va urug‘-qabila nomlarini (etnonimlarini) saqlab qolganlar. So‘zsiz, ular ibtidoiy bosqich qoldiqlari xisoblanadi.



Elat. Ibtidoiy bosqichning ohirlarida sinfiy jamiyatga o‘tish arafasida, qabilalar orasidagi etnik, xo‘jalik-madaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida bir qancha qabilalar birlashadilar. Qabilalarning birlashish jarayonida etnik birlikning yangi turi vujudga keladi. Bu etnik birlik ma‘lum tarixiy sharoitida xududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik asosida shakllandi. Fanda ushbu etnik birlikka nisbatan «elat» atamasi qo‘llaniladi.

Xullas, elat, qabila bilan millat orasidagi etnik birlik bo‘lib, sinfiy jamiyatga hos etnik uyushmadir.



Millat–etnik birlikning elatdan keyingi shakli bo‘lib, uning shakllanishi elatning shakllanish jarayoni kabi uzoq davom etadigan ijtimoiy voqelikdir. Millat etnik tarixning, elatning eng yuqori cho‘qqisi, kamolot bosqichi. Bu bosqichga ko‘tarilgan xalqning tarixan tarkib topgan davlati birinchidan millat nomi bilan yuritiladi; ikkinchidan uning aniq xududiy chegarasida muomalada bo‘lgan umummillat tili davlat tili maqomi darajasiga ko‘tarilgan; uchinchidan davlat hududining butunligi va chegarasining dahlsizligi tan olinadi; to‘rtinchidan millat va o‘nga xos mentalitet shakllangan bo‘lib, fuqorolarning o‘zligini anglash darajasi ularning hayot mazmuniga kundalik turmush tarziga aylanadi va nihoyat beshinchidan, davlat jamiyat tomonidan boshqariladi. Millatni til, hudud va etnomadaniy jihatdan birlashtiruvchi omillardan biri iqtisodiy negizdir. Bir so‘z bilan aytganda, millat, shakllanayotgan xalqning kamolot bosqichidir.

O‘zbek halqining eng qadimgi ajdodlari O‘rta Osiyo hududida qadimdan istiqomat qilgan halqlardir. Tarixiy manbalarda O‘rta Osiyoning eng qadimgi halqlari haqida bir qancha ma‘lumotlar saqlanib qolgan. Bunga ko‘ra O‘rta Osiyoning qadimgi aholisi sug‘diylar, xorazmiylar, baktriyaliklar, parkanlar, chochliklar nomi bilan yuritilgan. O‘rta Osiyoning bepayon cho‘llarida hamda tog‘li rayonlarida esa bu davrlarda shak, massaget, toxar va boshqa etnik nomlar bilan ataluvchi ko‘chmanchi chorvador halqlar yashaganlar. Yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan halqlarning bir qismi ya‘ni so‘g‘diylar, xorazmiylar, baktriyaliklar, parkanlar, chochliklar asosan o‘troq holda yashab dehqonchilik va xunarmandchilik bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Ular qishloq va shaharlar barpo etganlar.

Boshqa bir qismi esa ya‘ni shaklar, massagetlar, toxarlar va shu kabi cho‘l aholisining asosiy xo‘jaligi chorvachilik bo‘lgan.



Voxalarni o‘rab olgan cho‘l zonalarida istiqomat qilgan ushbu chorvador Aholi Axmoniy bitiklarida shaklar deb atalgan. Yunon manbalarida esa ular skiflar deb yuritiladi. Asosiy xo‘jaligi chorvachilik bo‘lgan bu aholi «Avesto»da turlar deb atalib, ularning yurti Turon deb yuritilgan.

O‘rta Osiyoning qadimgi aholisining bir qismi eroniy, yana bir qismi esa turkiy tilda so‘zlashganlar.



Yuqorida nomlari ko‘rsatib o‘tilgan sug‘diylar, xorazmiylar, baktriyaliklar, parkanlar, chochliklar, shaklar, massagetlar, toxar va boshqalar o‘zbek xalqining etnik asosini tashkil qiladilar. Hozirgi tojiklar ham o‘zlarining etnogenezining boshlanishi aynan shu xalqlardan oladilar.

Yuqoridagi xalqlarning ma‘lum qismi turkman, qoraqalpoq, qozoq va boshqa xalqlarning ham ilk ajdodlari hisoblanadi. Uzoq tarixiy davr mobaynida yuqorida nomlari sanab o‘tilgan halqlar o‘zaro aloqada bo‘lib kelganlar.

Ikki tilda so‘zlashuvchi qabila va elatlar o‘rtasidagi bunday aralashish va qorishuv natijasida miloddan oldingi II-I-milodiy I-II asrlar davomida Sirdaryoning o‘rta oqimida yangi elat-qang‘ar xalqi vujudga keladi. Qang‘arlar O‘rta Osiyoda tashkil topgan eng qadimgi tub yerli turkiy qatlamni tashkil qilganlar.

Keyingi asrlarda (milodiy II-IV asrlarda) ham O‘rta Osiyoning markaziy viloyatlariga Janubiy Sibirdan, Jung‘oriyadan, Sharqiy Turkistondan ayrim qabilalar kelib joylashganlar. Xionlar (Xioniylar), Kidariylar va Eftaliylar (abdallar) shular jumlasidandir. Milodiy V asrning birinchi yarmida Movarounnahrning siyosiy boshqaruvi Eftaliylar qo‘liga o‘tadi.

Ma‘lumki, VI asrning o‘rtalarida Oltoyda, Janubiy Sibirda, Yettisuvda, Sharqiy Turkistonda joylashgan bir necha qabilalar birlashish natijasida Turk xoqonligi tashkil topadi va qisqa vaqt ichida Turk xoqonligi ko‘chayib Markaziy Osiyoning katta qismini, jumladan Movaraunnahrni egallaydi. Turk xoqonliklari davrida vatanimiz hududiga turkiy qabilalar ko‘plab kelishgan. Bu holat aholini turkiylashishini yanada ko‘chaytirdi. Turk xoqonligining hukmronligi O‘rta Osiyoda deyarli yuz yil davom etdi. Bu davrda O‘rta Osiyoning biror joyi qolmadiki, turkiy qabilalar kirib bormagan bo‘lsa. Turkiylashish jarayoni keyingi davrlarda ham davom etdi.

IX-XII asrlar o‘zbek xalqining etnik shakllanishidagi ikkinchi bosqich deb qaraladi. Xo‘sh, bu davr nimasi bilan xarakterlanadi? Ma‘lumki, IX asr boshlarida Markaziy Osiyoda yana bir davlat- Qarluqlar davlati barpo etildi. Qarluqlardan chiqqan Qoraxoniylar (ulug‘xonlar) bu davlatni qariyb to‘rt asr uzliksiz boshqarib keldilar. Qarluq davlati va Qarluqlar bo‘yicha maxsus tadqiqot muallifi K.SHoniyozov o‘zbek ajdodlarini alohida etnik jamoa (elat) bo‘lib shakllanishi aynan shu davlat xududida IX-X asrlarda sodir bo‘lganligini aniqladi. Uning fikricha bu xududda o‘zbek halqining xududiy, iqtisodiy, madaniy va etnik belgilarida umumiylik hosil bo‘lib o‘zbek halqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan.

Bu davrda O‘rta Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda hozirgi o‘zbeklarga xos qiyofa, mahalliy aholining asosiy qismini tashkil etadi. Antropolog T.Xo‘jayov tadqiqotlariga qaraganda IX asrga kelib aholining antropologik qiyofasida keskin o‘zgarishlar yuz berganligi kuzatildi. Bu o‘zgarishlarni arxeologik tadqiqotlar natijalari ham tasdiqlaydi.

Fanda mo‘g‘ul istilosi O‘rta Osiyo aholisini keskin mo‘g‘ullashtirib, o‘zgartirib yubordi degan fikr keng tarqalgan. Lekin tadqiqotchilarimiz bu masalaga ham oydinlik kiritdilar. Mo‘g‘ul istilosi O‘zbekiston aholisining tashqi qiyofasiga sezilarli izlarni qoldirmaganligini ta‘kidlab o‘tish joizdir. Sababi, Chingizxon XIII asr boshida tashkil etgan yirik mo‘g‘ul davlatida mo‘g‘ullar soni taxminan 0,7 million kishidan iborat bo‘lgan. Agar har 6 kishidan bittasi askarlikka olingan bo‘lsa, unda uning qo‘shinlari soni 100-110 ming kishidan iborat bo‘lgan. Lekin, o‘sha davrda mo‘g‘ullar qo‘shinlarining ko‘p qismini yo‘qotganlar. Ular O‘rta Osiyoga bostirib kelganida qo‘shinlarning ko‘pchiligi turkiy halqlardan tashkil topganligi ma‘lum. Bu davrda Muhammad Xorazmshoh davlatida 20 million aholi yashagan. Mo‘g‘ul qo‘shinlari ko‘p sonli mahalliy aholi tarkibiga o‘z asoratini o‘tkaza olmagan. Shuning uchun ham mahalliy aholida mo‘g‘ul irqi alomatlari deyarli namoyon bo‘lmaganligini ko‘rish mumkin.

Shuni ham aytib o‘tish o‘rinliki, IX-X asrlarda qarluqlar egallab turgan xududlarda

20 dan ortiq shahar, ko‘plab qishloqlar bo‘lgan. Qarluqlar ko‘p sonli, nufuzli «halq» bo‘lib, bir qismi chorvachilik bilan shug‘ullangan. Qarluqlar yashagan xududlardaboshqa

turkiy tilli etnoslar (masalan chig‘illar, yag‘molar, xalachlar) ham yashaganlar. Ular turkiy tilda so‘zlashganlar.

Qoraxoniylar davlatida qarluq-chig‘il turkiy til lahjasi keng tarqaldi. Keyinchalik

shu til asosida adabiy turkiy til yuzaga kelib, uni Maxmud Qoshg‘ariy «eng ochiq va ravon til» deb atagan. Turkiy tilda IX-XII asrlar mobaynida bir qator asarlar yozilgan bo‘lib, Ahmad Yugnakiyning (775-869) «Xibatul haqoyiq» (Haqiqatlar tuhfasi) dostoni, Yusuf Xos Hojibning (XI asr), «Qutadg‘u bilik» (Saodatga yo‘lovchi bilim) asari, Ahmad Yassaviyning (1041-1167) «Hikmatlar»i hamda «O‘g‘iznoma», «Alpomish»,



«Go‘ro‘g‘li» kabi dostonlar shular jumlasidandir.

Xalqimizining ikkinchi qatlami Turon mamlakatining nisbatan shimoliy g‘arbiy hududlarida vujudga kelgan va shakllana borishi XU asrning oxirlarida poyoniga yetgan. O‘zbek xalqining shakllanishida qatnashgan qabilalar soni turli manbalarda turlicha ko‘rsatiladi. Shoir turdi bu borada 92 raqamini keltiradi.

O‘zbek halqining shakllanishida uchinchi muhim davr XV asr ohiri va XVI hisoblanadi. Bu davrda Dashti-Qipchoq o‘zbeklari O‘rta Osiyoga kirib keladi va ular mahalliy aholiga o‘z nomini beradi. Dashti-Qipchoq o‘zbeklari kim? Qadimdan Dashti- Qipchoqning sharqiy qismida, hozirgi Qozog‘iston, Tobolьsk, Turaatroflarida kechib yurgan turk-mo‘g‘ul qabilalari XIII asrning ohiri-XIV asrda yashab o‘tgan sharq tarixchilari tomonidan umumiy bir nom bilan, ya‘ni «Dashti Qipchoq o‘zbeklari» deb atalgan.

Shu joyda «o‘zbek» atamasi kelib chiqishi haqida to‘xtalib o‘tish kerak bo‘ladi. Ushbu etnonimni ya‘ni «o‘zbek» etnonimini kelib chiqishi haqida yagona bir fikr mavjud emas. Bir gurux olimlar «o‘zbek» degan nomni 1312-1342 yillarda Oltin O‘rdada xonlik qilgan O‘zbekxonning (asl ismi Sulton Muhammad) nomi bilan bog‘laydilar. Mirzo Ulug‘bek ―To‘rt ulus tarixi‖da O‘zbekxonnning xokimiyat tepasiga kelishini ―O‘zbek ulusi‖ unga berildi. deb yozadi. Uning fikricha, Oltin O‘rda davlati sulton Muhammad – O‘zbekxongacha ham ―o‘zbek ulusi‖deb atalgan. O‘zbek atamasi Oltin o‘rda davlatida yashagan, islom dinini qabul qilgan Orlot, Bahrin, Do‘rmon, Qorluq, Qipchoq, Qo‘ng‘irot, Mang‘it, Nayman, Ming kabi turkiy qabilalar uyushmasini, ya‘ni o‘zbek xalqi ma‘nosini va xalqga tegishli mamlakatni bildirgan. X111 asrning ikkinchi yarmi, X1Vasrda yashagan sharq tarixchilari tomonidan bu xalq umumiy nom bilan o‘zbek deb atalgan. Ayrim tadqiqotchilar esa «o‘zbek» atamasini «o‘zbek», «erkin», «mustaqil» so‘zidan kelib chiqqanligini ta‘kidlaydilar. Xullas, Dashti Qipchoq xududlarida yashagan turkiy aholi Movarounnahr (Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi) yerlarga kelib, bu yerda yashayotgan o‘troq aholi bilan uyg‘unlashib ketgan vaaholining nomi o‘zbek deb atalgan.

Dashti Qipchoq o‘zbeklarini Movarounnahr yerlariga ommaviy ko‘chib kelishi XV asr ohiri- XVI asr boshlarida ko‘chaydi. Bu davrda o‘zbek halqining etnik tarkibi Dashti Qipchoqdan ko‘chib kelgan turkiy qabilalar hisobiga yanada boyidi. Aniqroq ta‘kidlaganda XV asrning oxiri XV1 asrning boshlarida xalqimizning birinchi qatlamiga va ikkinchi qatlamlarning muayyan qismi qo‘shiladi. Buyuk Turonning Movarounnnahr va Xuroson o‘lkalaridaazaldan yashab kelayotgan yaxlit etning qatlami bir bo‘lak bo‘lib qo‘shildi va uni to‘ldirdi, nufusini oshirdi.

    1. O‘zbekistonning milliy mustaqillik davridagi etnik holati va bu sohadagi


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish