(Izoh: O’quvchilar berilgan topshriqlarni doskaga chiqib tushuntirib va taqdimot qilibberishadi. ) 9-ilova) Baholash mezoni
Guruhda ishlashni baholash jadvali
Guruh
Javobning aniqligi va toliqligi (2-5 ball)
Taqdim etilgan axborot yaqqolligi (2-5 ball)
Guruhning
har bir a’zosi faolligi (2-5 ball)
Umumiy ball miqdori (2+3+4)
Baho
(5/4)
1
2
3
4
5
6
1
2
Har bir guruh mezonlar bo’yicha ballarni jamlab, boshqa guruhlar chiqishini baholaydi. Guruh olgan baho guruhning har bir a’zosi bahosini belgilab beradi: 5 ball - «a’lo»; 4– «yaxshi»; 3 – «qoniqarli»; 2 ball – «qoniqarsiz».
Dars yakuni O’qituvchi o’tgan yangi mavzu bo’yicha tushunmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi. (3.1-ilova ) Darsga faol ishtirok etgan o’quvchilarni o’qituvchi baholaydi
O`quvchilar faoliyatini baholash mezonlari
86-100 % 5 baho “a`lo”
71 - 85% 4 baho “yaxshi”
55 – 70% 3 baho «qoniqarli»
(3.2-ilova)
Uyga vazifa: 1. Ilova oynasining asosiy xossalarini esga oling va daftaringizga ko‘chirib oling. 3.3-ilova)
T/r
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
N. Tayloqov. “Informatika va axborot texnologiyalari”. O’rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari uchun darslik, T.:, “EXTREMUM-PRESS”,2017.
18-Mavzu
“SHaklni quvish” loyixasi: Shape komponenti
O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli
Mashg’ulot vaqti-2 soat
Talabalar soni: 26 –30 gacha
Mashg’ulot shakli va turi
Nazariy-yangi bilimlarni egallash bo’yicha o’quv mashg’uloti
O’quv mashg’ulot rejasi
Ilova oynasiga ma’lumot joylash
“SHaklni quvish” loyixasi:
Shape komponenti
O’quv mashg’ulotining maqsadi: O‘quvchilarga yangi mavzu bo’yicha nazariy tushunchalar berish, mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarini shakllantirish
Tashkiliy qism
1. O’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligi va davomati tekshiriladi
Mashg’ulotga tayyorlanadilar
2-bosqich. Asosiy (65 daq.)
Tayanch bilimlarini faollashtirish 1. Uyga berilgan vazifalar nazorat qilinadi hamda o’tilgan dars bo’yicha o’quvchilarga savollar berilib baxolanadi. Maqsad va vazifani belgilanishi:
Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalar bilan tushuntiriladi.
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi,
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baxolash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi. Ta’lim oluvchining bilimini faollashtirish
Tezkor savol-javob, aqliy hujum Yangi o’quv material bayoni
Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzulishiga muofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha xarakatlar tartibini bayon etadi, Asosiy holatlarni yozdiradi.
Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Yangi o’quv materiallarini mustahkamlash
Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi.
Kichik guruhlarga bo’ladi, kichik guruhlarda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi, har bir guruhga topshiriq beradi va baholash mezoni bilan tanishtiradi. Ishni bajarish yo’riqnomasini beradi.
Guruhlarda ishlashni boshlashga ruxsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o’tkazadi.
Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil qiladi,
Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan birga o’zaro bir-birlarini baholashlarini eslatadi. Javoblarni to’ldiradi va qisqacha hulosa beradi.
Guruhlar ishini o’zaro baxolashni o’tkazadi, mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlardagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi.
Uy vazifalarini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar. Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar
Savollarga javob beradilar
Topshiriqni bajaradilar
Kichik guruhlarga
bo’linadilar
Kichik guruhlarda ishlash qoidasi bilan tanishadilar
Xar bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha
faoliyatini boshlaydi Har bir guruh sardorlari chiqib o’z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo’shimcha
savollarga javob beradilar, Guruh ish natijalarini o’zaro baxolaydilar, Ma’lumotni daftarga qayd etadilar.
Mashg‘ulot yakuni Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag‘batlantiradi
Uyga vazifa berilishi: Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi
Baholari bilan tanishadilar Topshiriqni yozib oladilar
Tashkiliy qism (1.1-ilova)
Assalomu alaykum
Meni ismi sharifim Mamatqulov Nodirbek
Informatika va axborot texnologiyalari fani
o’qituvchisiman .
Sizlarga Informatika va axborot texnologiyalari fanini olib boraman .
O’quv xonasini darsga tayyorligi to’g’risida o’zini fikrini bildiradi.
Davomatni aniqlab oladi.
Kurs bo’yicha dastlabki tasavvurni beradi.
Tayanch bilimlarini faollashtirish: O`tilgan mavzuni takrorlash uchun aqliy xujum savollari (2.1-ilova)
Аqliy hujum qoidasi: Hech qanday birga baholash va tanqidga yo’l qo’yilmaydi!
Таklif etilayotgan g’oyani baholashga shoshma, аgarda u hattoki ajoyib va g’aroyib bo’lsa ham hamma narsa mumkin.
Таnqid qilma, hamma aytilgan g’oyalar qimmatli teng kuchlidir.
O’rtaga chiquvchini bo’lma!
Тurtki berishdan o’zingni ushla!
Маqsad miqdor hisoblanadi!
Qancha ko’p g’oyalar aytilsa, undan ham yaxshi: yangi va qimmatli g’oyalarning paydo bo’lishi uchun ko’p imkoniyatdir.
Agarda g`oyalar qaytarilsa,xafa bo`lma va xijolat chekma. Tassavurni “Jo`sh urishiga” ruzsat ber!
O’quvchilarning o’tgan dars yuzasidan olgan bilimlarini aniqlash maqsadida Aqliy hujum usulidan foydalanaman.
“Aqliy hujum” savollari: Ikkinchi ilovaning kamchiligi nimada?
ShowMessage ning vazifasi nimada?
IntToStr funksiyasi nima vazifani bajaradi?
Uchinchi ilovani shunday o‘zgartiring-ki, u a) ilova oynasining eni 800 dan, b) ilova oynasi bo‘yi 450 dan oshsa ekranga ogohlantiruvchi yozuvni chiqarsin.
Maqsad va vazifaning belgilanishi: (2.2-ilova) Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.
O’quvchilar faoliyatini faollashtirish: (2.3-ilova) Tezkor so’rov usuli orqali bilimlarni faollashtiradi.
Tezkor so’rov uchun savollar 1. Ikkinchi ilovaning kamchiligi nimada? 2. ShowMessage ning vazifasi nimada?
IntToStr funksiyasi nima vazifani bajaradi?
Uchinchi ilovani shunday o‘zgartiring-ki, u a) ilova oynasining eni 800 dan, b) ilova oynasi bo‘yi 450 dan oshsa ekranga ogohlantiruvchi yozuvni chiqarsin.
Label boshqarish obyekti va uning xossalari. Har qanday ilova qandaydir ma’lumotlarni foydalanuvchi uchun ilova oynasiga yoki boshqa usulda chiqarib berishi kerak. Buning uchun bir qator boshqarish obyektlari yaratilgan bo‘lib, ulardan eng soddasi Label (nishon, belgi, yozuv) obyektidir. Bu obyekt obyektlar panelining standart bo‘limida beshinchi bo‘lib joylashgan.
Bu obyekt ilova oynasi obyekti Formning ajdodi bo‘lgani uchun uning ko‘plab xossalarini meros qilib olgan. Masalan, Label obyektining Width (kenglik), Height (balandlik), Left (chap), Top (yuqori)lar mos ravishda obyekt egallagan joyning kengligi, balandligi, undan oynaning chap va yuqori chegarasigacha bo‘lgan masofalarni aniqlaydi. Label ning asosiy xossasi Caption (Sarlavha) dir. U bu obyekt ekranga qanday matn satrini chiqarishini aniqlaydi.
Label boshqarish obyekti xossalarini dasturda o‘zgartirish. Label obyektining ham boshqa obyektlar kabi o‘z nomi bo‘lib, u Name nomli xossasida saqlanadi. Bu xossadan obyektga va uning xossalariga murojaat qilganda foydalaniladi. Shu sababli, uni ilova ishlayotganida o‘zgartirish muammolar paydo qilishi mumkin.
Obyektlarning Name xossasi faqat bu obyektlar ilova oynasiga qo‘yilayotgan paytda o‘zgartiriladi.
Oyna o‘lchamlari ilovasi. Oldingi mashg‘ulotdagi ilovani qaytadan yaratamiz. Ilova oynasi o‘lchamlarini kattalashtirish va kichiklashtirish uchun ikkita tugmadan, oyna o‘lchamlarini ko‘rsatish ikkita Label dan foydalanamiz.
Dastlab ilova oynasining xossalarini o‘rnatamiz (39-dars):
Form1.Caption:=’To‘’rtinchi ilova; Form1.Height:=225; Form1.Width:=400; Form1.Left:=200; Form1.Top:=100; Yuqoridagi to‘rtta obyektni ilova oynasiga joylaymiz va ularning xossalarini o‘rnatamiz:
Button1.Caption:=’++’; Button2.Caption:=’--’; Label1.Caption:=’Oynaning bo‘’yi: ’; Label2.Caption:=’Oynaning eni: ’; Ilova oynasida Button1ni ikki marta bosib, ekranda paydo bo‘lgan dastur kodi oynasining kursor turgan joyiga quyidagi operatorlarni kiritamiz:
Form1.Width:=Form1.Width+16; Form1.Height:=Form1.Height+9; Label1.Caption:=’Oynaning_bo‘’yi:’+IntToStr(Form1.Height); Label2.Caption:=’Oynaning_eni:’+IntToStr(Form1.Width); Ilova oynasida Button1 ni ikki marta bosib, ekranda paydo bo‘lgan dastur kodi oynasining kursor turgan joyiga quyidagi operatorlarni kiritamiz:
Form1.Width:=Form1.Width+16; Form1.Height:=Form1.Height+9; Label1.Caption:=’Oynaning_bo‘’yi:’+inttostr(Form1.Height); Label2.Caption:=’Oynaning_eni:’+inttostr(Form1.Width); Ilovani ishga tushiramiz va uning ishlashini kuzatamiz:
(2.5-ilova)Yangi o’quv materialining slaydli taqdimoti (alohida ilova qilinadi). Yangi o’quv materialini mustahkamlash (2.6-ilova) Mustahkamlash uchun savollar Visible xossa qanday vazifa bajaradi?
Enabled xossasi qaysi obyektlarda uchraydi?
Beshinchi ilovani shunday o‘zgartiring-ki, uning oynasi bo‘yi va eni mos ravishda 5 va 8 qadam bilan o‘zgarsin.
Beshinchi ilovani shunday o‘zgartiring-ki, uning oynasi enining qiymati 500 dan 800 gacha bo‘lsin.
Beshinchi ilova tugmalardagi yozuvlarni a–>A va A–>a ga o‘zgartiring
(2.7-ilova) Kichik guruhda ishlash qoidasi:
Guruhlarda ishlash qoidasi Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik
bilan yondashing.
Agar yordam kerak bo’lsa, albatta murojaat qiling.
Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering.
Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.
Quyidagilarni aniq tushunishimiz lozim:
Boshqalarga o’rgatish orқali o’zimiz o’rganamiz!
B iz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho’kib ketamiz.