Amallar va sodda ifodalarni hisoblash. Katakka murojaat: nisbiy, absolyut va aralash murojaat



Download 7,17 Mb.
bet22/78
Sana30.01.2022
Hajmi7,17 Mb.
#419308
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78
Bog'liq
Informatika-to plam-1 1

(2.8-ilova)


Guruhlarga topshiriq:
Topshiriq:B/BX/B usulidan foydalanib mavzuni yoriting.

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim




(Izoh: O’quvchilar berilgan topshriqlarni doskaga chiqib tushuntirib va taqdimot qilib berishadi. )

  1. 9-ilova) Baholash mezoni

Guruhda ishlashni baholash jadvali

Guruh

Javobning aniqligi va toliqligi (2-5 ball)

Taqdim etilgan axborot yaqqolligi (2-5 ball)

Guruhning
har bir a’zosi faolligi (2-5 ball)

Umumiy ball miqdori (2+3+4)

Baho
(5/4)

1

2

3

4

5

6

1






2






Har bir guruh mezonlar bo’yicha ballarni jamlab, boshqa guruhlar chiqishini baholaydi. Guruh olgan baho guruhning har bir a’zosi bahosini belgilab beradi: 5 ball - «a’lo»; 4– «yaxshi»; 3 – «qoniqarli»; 2 ball – «qoniqarsiz».
Dars yakuni O’qituvchi o’tgan yangi mavzu bo’yicha tushunmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi.

  1. 1-ilova )

Darsga faol ishtirok etgan o’quvchilarni o’qituvchi baholaydi

O`quvchilar faoliyatini baholash mezonlari

86-100 % 5 baho “a`lo”

71 - 85% 4 baho “yaxshi”

55 – 70% 3 baho «qoniqarli»

(3.2-ilova)
Uyga vazifa:

  1. Quyidagi 10,20, 40, 80, 160 sonlarining ko‘paytmasidan 56 sonini ayiring.

  2. A, B, C ustunlarga ixtiyoriy 20 ta son kiriting. A va C ustundagi sonlarning ko‘paytmasidan B, C ustundagi sonlarning ayirmasini D ustunda hosil qiling.

  3. 3-ilova)

T/r

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

N. Tayloqov. “Informatika va axborot texnologiyalari”. O’rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari uchun darslik, T.:, “EXTREMUM-PRESS”,2017.


8-Mavzu

Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha. . Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari

a. O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli

Mashg’ulot vaqti-2 soat

Talabalar soni: 26 –30 gacha

Mashg’ulot shakli va turi

Nazariy-yangi bilimlarni egallash bo’yicha o’quv mashg’uloti




O’quv mashg’ulot rejasi


  1. Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha. .

  2. Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari

O’quv mashg’ulotining maqsadi: O‘quvchilarga yangi mavzu bo’yicha nazariy tushunchalar berish, mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarini shakllantirish

Pedagogik vazifalar:

  • Yangi mavzu bilan tanishtiradi; - Yangi mavzu bo’yicha rejalarni

tasniflaydi;

  • Reja asosida bo’limlarni tushuntiradi;

  • Reja bo’yicha yangi bilimlarni yoritib beradi.

O’quv faoliyati natijalari:

  • Tinglaydilar va zarur bo’lsa yozib

boradilar;

  • Dars bo’yicha olgan bilimlarini

tasniflaydilar;

  • O’rganganlarini aytib beradilar;

  • Tartibli ravishda aytib beradilar.

O’qitish metodlari

Axborotli kichik ma’ruza, tushuntirish, namoyish etish, aqliy hujum

O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari

Ommaviy, jamoaviy

O’qitish vositalari

O’quv qo’llanma, proektor, slayd kompyuter

O’qitish sharoiti

Maxsus jixozlangan o’quv xona

Qaytar aloqaning yo’l va vositalarining yo’l va vositalari

Og’zaki nazorat: savol-javob

O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqich lari va vaqti

Faoliyat mazmuni

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

1-bosqich.
Mavzuga kirish
(5 daq.)

Tashkiliy qism
1. O’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligi va davomati tekshiriladi

Mashg’ulotga tayyorlanadilar

2-bosqich.
Asosiy
(65 daq.)

Tayanch bilimlarini faollashtirish

  1. Uyga berilgan vazifalar nazorat qilinadi hamda o’tilgan dars bo’yicha o’quvchilarga savollar berilib baxolanadi. Maqsad va vazifani belgilanishi:

  2. Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalar bilan tushuntiriladi.

  3. Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi,

  4. O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baxolash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi. Ta’lim oluvchining bilimini faollashtirish

  5. Tezkor savol-javob, aqliy hujum Yangi o’quv material bayoni

  6. Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzulishiga muofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha xarakatlar tartibini bayon etadi, Asosiy holatlarni yozdiradi.

  7. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Yangi o’quv materiallarini mustahkamlash

  8. Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi.

  9. Kichik guruhlarga bo’ladi, kichik guruhlarda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi, har bir guruhga topshiriq beradi va baholash mezoni bilan tanishtiradi. Ishni bajarish yo’riqnomasini beradi.

  10. Guruhlarda ishlashni boshlashga ruxsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o’tkazadi.

  11. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil qiladi,

Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan birga o’zaro bir-birlarini baholashlarini eslatadi. Javoblarni to’ldiradi va qisqacha hulosa beradi.

  1. Guruhlar ishini o’zaro baxolashni o’tkazadi, mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlardagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi.

Uy vazifalarini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar. Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar
Savollarga javob beradilar
Topshiriqni bajaradilar
Kichik guruhlarga
bo’linadilar
Kichik guruhlarda ishlash qoidasi bilan tanishadilar Xar bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha
faoliyatini boshlaydi Har bir guruh sardorlari chiqib o’z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo’shimcha
savollarga javob beradilar, Guruh ish natijalarini o’zaro baxolaydilar, Ma’lumotni daftarga qayd etadilar.

3-bosqich.
Yakuniy bosqich
(10 daq.)

Mashg‘ulot yakuni

  1. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag‘batlantiradi

Uyga vazifa berilishi:

  1. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi

Baholari bilan tanishadilar
Topshiriqni yozib oladilar


Tashkiliy qism (1.1-ilova)



Assalomu alaykum








Meni ismi sharifim Mamatqulov Nodirbek
Informatika va axborot texnologiyalari fani
o’qituvchisiman .
Sizlarga Informatika va axborot texnologiyalari fanini olib boraman .






O’quv xonasini darsga tayyorligi to’g’risida o’zini fikrini bildiradi.






Davomatni aniqlab oladi.






Kurs bo’yicha dastlabki tasavvurni beradi.



Tayanch bilimlarini faollashtirish:
O`tilgan mavzuni takrorlash uchun aqliy xujum savollari
(2.1-ilova)

Аqliy hujum qoidasi:
Hech qanday birga baholash va tanqidga yo’l qo’yilmaydi!
Таklif etilayotgan g’oyani baholashga shoshma, аgarda u hattoki ajoyib va g’aroyib bo’lsa ham hamma narsa mumkin. Таnqid qilma, hamma aytilgan g’oyalar qimmatli teng kuchlidir.
O’rtaga chiquvchini bo’lma!
Тurtki berishdan o’zingni ushla!
Маqsad miqdor hisoblanadi!
Qancha ko’p g’oyalar aytilsa, undan ham yaxshi: yangi va qimmatli g’oyalarning paydo bo’lishi uchun ko’p imkoniyatdir.
Agarda g`oyalar qaytarilsa,xafa bo`lma va xijolat chekma. Tassavurni “Jo`sh urishiga” ruzsat ber!

O’quvchilarning o’tgan dars yuzasidan olgan bilimlarini aniqlash maqsadida Aqliy hujum usulidan foydalanaman.
Aqliy hujum” savollari:


Maqsad va vazifaning belgilanishi:
(2.2-ilova)
Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.

O’quvchilar faoliyatini faollashtirish:
(2.3-ilova) Tezkor so’rov usuli orqali bilimlarni faollashtiradi.

Tezkor so’rov uchun savollar

  1. Kvadrat funksiyaning grafigini hosil qiling.

  2. A2:E10 diapozondagi sonlar ko‘paytmasini hioblang.

  3. Quyidagi ifodani hisoblang: 3

  4. y=x -1 finksiyaning grafigini hosil qiling.

Ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya asosida yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalardan hisoblanadi. Ma’lumot resurslarini shunday tashkil etish lozimki, undan foydalanish maksimal qulaylik va foyda keltirsin. Masala yechishga harakat qilish, ma’lumotlarni ishlash jarayonidagi yangicha yondashish, yangi texnologiyani keltirib chiqardi. Mazkur texnologiyaning asosini ma’lumotlar ombori va banklari tashkil etadi.
Ma’lumotlar ombori (MO) – kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasidir.
Ma’lumotlar modeli – bu ma’lumotlarning o‘zaro bog‘langan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir. Ma’lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish uchun ma’lumotlarni turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash MO yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, u ko‘plab omillarga bog‘liq. MO tuzishning asosiy usullari quyidagilardan iborat:

  • Ierarxiv (shajara) model– bu modelda ma’lumotlar daraxtsimon ko‘rinishda saqlanadi. Ishlash birligi yozuvdir;

  • Tarmoq model – bu modelda daraxtsimon bog‘lanish bo‘lsada, tugunlardagi tarmoqlanishlarga cheklanish yo‘q;

  • Realyatsion (o‘zaro bog‘langan) model – bu modelda ma’lumotlar jadval ko‘rinishda saqlanadi.

Ma’lumotlarni ikki xil usuldan foydalanib olish mumkin. Bular tuzilmalashtirilmagan va tuzilmalashtirilgan.
Tuzilmalashtirilmagan – bu ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tuzilmalashtirilmagan deyiladi.
Tuzilmalashtirilgan – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuv bo‘lsa, u holda ular tuzilmalashtirilgan deyiladi.
Ma’lumotlarni tuzilmalashtirilmaganiga quyidagicha misol keltirish mumkin:
o‘quvchi (Familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, telefon raqami) haqidagi axborotdan iborat ma’lumotlarga quyidagicha yozilgan axborotni ko‘rsatish mumkin: Familiyasi – Nazarov, Ismi – Nodir, Otasining ismi – Axmedovich, Yashash manzili – Navoiy shahar, Telefonraqami +998947777777.
Ushbu ma’lumotlarni jadval ko‘rinishga keltirsak tuzilmalashtirilgan ma’lumotga aylanadi:

MOni tashkil qilish, ularga qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish va ma’lumotlardan foydalanish uchun maxsus MOlar bilan ishlaydigan dasturiy ta’minotlar yaratilishi zarur bo‘ladi. Bunday dasturlar majmuasi ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari deb yuritiladi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) –foydalanuvchilar tomonidan MOni yaratish, to‘ldirish va birgalikda qo‘llash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar tizimidir. MOBTlariga MS Access, OpenOffice.org Base, Cache, IMS, Firebird, MySQL kabi dasturiy vositalar misol bo‘ladi.
MOBTning asosiy xususiyatlari – bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MOBT ostida boshqariladigan fayl oldin ma’lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar ombori” deb yuritila boshlanadi.
MO yaratishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:

  • ma’lumotlar turi, ko‘rinishi ularni qo‘llaydigan dasturlarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim;

  • ma’lumotlar ombordagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dasturni tuzishga hojat qolmasligi lozim.

Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda deyarli barcha MOBT asosan relyatsion modellar asosida tashkil qilinmoqda. Shu sababli, Microsoft Office korporatsiyasi ham eng ommalashgan dasturiy vositalarini yaratmoqda. Bu dasturiy vositalar ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional hujjatlar tayyorlash imkonini beradi.
Shulardan biri MOlar bilan ishlashga mo‘ljallangan Microsoft Access dasturidir.
(2.5-ilova) Yangi o’quv materialining slaydli taqdimoti (alohida ilova qilinadi).
Yangi o’quv materialini mustahkamlash
(2.6-ilova) Mustahkamlash uchun savollar

  1. Ma’lumotlar ombori deganda nimani tushunasiz?

  2. MOning modeli haqida ma’lumot bering?

  3. Tuzilmalashtirilgan ma’lumot deganda nimani tushunasiz?

  4. Sinfingizdagi o‘quvchilarning familiyasi, ismi, tug‘ilgan yili, telefon raqami, fanlardan olgan baholari bo‘yicha tuzilmalashtirilmagan ma’lumotlarni shakllantiring.

(2.7-ilova) Kichik guruhda ishlash qoidasi:
Guruhlarda ishlash qoidasi
 Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik
bilan yondashing.
Agar yordam kerak bo’lsa, albatta murojaat qiling.
Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering.
Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.
Quyidagilarni aniq tushunishimiz lozim:

    • Boshqalarga o’rgatish orқali o’zimiz o’rganamiz!

    • B iz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho’kib ketamiz.

Download 7,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish