Toldoshlar oilasi - Salicaceae
+ Mevasi yong‘oqcha, urug‘lari tuksiz..................................70
70. Gullari 1 jinsli. Changchili gullar zich kuchala to‘pgulda.
Urug‘chi gullarining tubida o‘rama yo‘q yoki 3 tadan tubi
qo‘shilgan o‘ramabarglari bor va ular mevadan uzunroq. Novdalar
osilib turadigan po‘stlog‘i oqish daraxtlar.
Qayindoshlar oilasi - Betulaceae
+ Gullari 2 jinsli. Ba’zan gullar boshoqsimon to‘pgulda, meva
pishish davrida gulqo‘rg‘on yumshoq va shirali bo‘ladi (tut).....71
71.Gulqo‘rg‘oni 4 a’zoli, ba’zan gulqo‘rg‘onsiz. Changchilari
4 ta. Urug‘chi gullarining gulqo‘rg‘oni gullab bo‘lgach, о‘sib
kattalashadi, shirali bo‘ladi. Bir nechta mevalar o‘zaro qo‘shilishib
o‘sadi va murakkab rezavor mevaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |