224.(27) Turkum. Cousinia Cass. - Karrak
1.Ko‘p yillik o‘simlik, guli pushti.......................................... 2
+Bir yoki ikki yillik o‘simlik.................................................. 3
2.Guli pushti. Savatchalari shoxchalar ustida o‘zaksimon
to‘pgullarga yig‘ilgan, diametri 0,5-0,6 sm. Savatchadagi gullar
10-15 ta. Barglari tikansiz, usti yashil, orqasi oq momiq tukli.
Ildiz bo‘g‘zidagi barglar juda yirik, cho‘ziq, ovalsimon, asos
qismi yuraksimon. Poyadagi barglar yuqoriga qarab kichrayib
boradi, ovalsimon yoki tuxumsimon. 0 ‘rama barglarining
uchi qarmoqsimon. Bo‘yi 60-120 sm. Poyasi chuqur jo ‘yakli,
yaltiroq. Iyun - avgust oylarida gullab urug‘laydi. Adir va tog‘
zonasida o‘sadi (220-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |