0 ‘simliklarni qumda quritish.
Bu usul bilan o‘simlikning
qismlari alohida quritiladi. Bu usulning o‘ziga xos tomoni shundan
iboratki, bunda o‘simlik o ‘z rangi va shaklini o‘zgartirmasdan juda
tez quriydi.
Buning uchun yetarli miqdorda daryo qumidan olib, yaxshi
tozalanib, yuviladi. So‘ngra quyoshda yupqa qilib yoyilib quritiladi.
Yangitdan yig‘ilgan gul, to‘pgul va mevalar qog‘oz ustiga
tekis qilib qo‘yiladi, so‘ngra ustiga qog‘oz qo‘yilib, ustidan qum
sepiladi. Kun botgach xonaga olib kiriladi.
Agar tezroq quritish lozim bo‘Isa, qumni 30-40°C gacha
qizdirish mumkin. Soxta akasiya, esparset, burchoq, shirach
o‘simliklarining to‘pgullarini va olma mevalarini shu usul bilan
quritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |