19. Sevinch so‘zi ma’noli qismlarga to‘g‘ri ajratilgan javobni toping..
A) sev-inch B) se-vinch C) sev-in-ch D) sevin-ch
20. Qo‘shimcha so‘zining o‘zi o‘zak va qo‘shimchalarga ajratiladimi?
A) yo‘q, uning o‘zi o‘zak bo‘lgan B) qo‘sh – o‘zak, -im, -cha – ot yasovchi qo‘shimchalar C) qo‘sh – o‘zak, -im – ot yasovchi, -cha – kichraytirish erkalash qo‘shimchasi D) hozir u ajralmas holga kelgan
21. So‘z yasovchilarni aniqlang.
A) –gay, -gina, -li, -man, -siz B) –tir, -gach, -lar, -ib, -zor C) –la, -li, -lan, -dan, -paz D) –dor, be-, -zor, -cha, -xo‘r
22. Shakl yasovchilarni toping.
A) –k, -kor, -chi, -ib B) –siz, -ing, -sa, -guncha
C) –cha, -roq, -ib, -niki D) –dan,-ning, -a
23. Berilgan so‘z ma’noli qismlarga to‘g‘ri ajratilgan qatorni aniqlang.
A) muvo-fiq-lashtirilgan. B) muvofiq-lashtir-il-gan.
C) mu-vo-fiq-lash-tir-il-gan. D) muvofiq-la-sh-tir-il-gan.
Do'stlaringiz bilan baham: |