Amaliy mashg‘ulot №1 10 / 0,4 kv transformator podstansiyalari sonini va joylashishini tanlash



Download 0,74 Mb.
bet19/20
Sana26.02.2022
Hajmi0,74 Mb.
#472605
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot shahar -2 qism. 112243

MUSTAQIL ECHISH UCHUN MISOLLAR
1-misol. MaShinasozlik zavodi 10 kVli havo va kabel liniyalaridan taminlanadi. Liniyalarning iste’mol quvvati 1200 va 1500 kVA ga teng. AS-150 simdan tayyorlangan havo liniyasi 5 km uzunlikda va AAB (3x120) simdan tayyorlangan kabel liniyasi 2 km uzunlikda bo‘lsa, liniyalardagi quvvat isrofini aniqlang. Havo liniyasining faza simlari orasidagi o‘rtacha masofa 2 m ni taShkil etadi.
2-misol. Agar maksimal yuklama 2500 kVA, cosφ=0,95, maksimal yuklamada iShlaSh vaqti Tmax=5000 soat bo‘lsa, 60 km uzunlikdagi 110 kV kuchlaniShli AS-120 simdan tayyorlangan havo liniyasidagi quvvat va energiya isrofini aniqlang.
3-misol. cosφ=0,9 da maksimal 4500 kW quvvat qabul qiluvchi zavodni taminlovchi 35 kV kuchlaniShli 25 km uzunlikdagi AS-95 simdan tayyorlangan liniyadagi quvvat va energiya isrofini aniqlang. Yillik energiya iste’moli 26,4∙106 kW∙soat.
4-misol. Rayon podstansiyasidan 120 km uzunlikdagi zavodni taminlaydigan 220 kV li havo liniyasi ASO-300 simdan tayyorlangan. Zavod qabul qiladigan quvvat (55000+j25000) kVA. Agar liniyani AS-240 simdan tayyorlasak, quvvat isrofi liniyada qancha foizga oShadi.
5-misol. Agar transformatorning yuklamasi 55000 kVA va cosφ=0,91 bo‘lsa, TRDSN-63000/220 transformatoridagi va uni taminlovchi 220 kV 180 km uzunlikdagi AS-240 simdan tayyorlangan liniya quvvat isrofini aniqlang.
6-misol. 380/220 Vli taminlovchi va taqsimlovchi yorituvchi tarmoqdagi quvvat isrofini aniqlang. Taminlovchi tarmoq APRTO-25 o‘tkazgichdan tayyorlangan bo‘lib, 150 m uzunlikka ega. Taqsimlovchi tarmoq esa A-6 o‘tkazgichdan tayyorlangan, uzunligi esa 20 m. Sexni taqsimlovchi qurilmadan uchta uch fazali guruh taminlangan bo‘lib, har biriga 450 Wli 12 ta lampochka ulangan.


Amaliy mashg‘ulot № 5
Elektr apparatlarni tanlash.
Elektr apparatlarini tanlash kataloglar yordamida elektr qurilmaning normal rejimdagi ko‘rsatgichlari bo‘yicha bajariladi. Qabul qilingan apparatni ulanish nuqtasidagi maksimal qisqa tutashuv toki ta’siri bo‘yicha tekshirib ko‘rinishi zarur. Albatta, katalog bo‘yicha tanlangan apparatlarning parametrlari (nominal kuchlanishi va toki) elektr qurilmaning ekspluatatsiya sharoitidagi kuchlanish va tok miqdorlariga teng yoki katta bo‘lishi kerak.
Aniq apparatlarni ma’lum ish rejim sharoitlari uchun qabul qilinganda ko‘plab omillarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Biz bulardan faqat apparatlarni qisqa tutashuv toki ta’siriga chidamligiga e’tibor beramiz, ya’ni apparatlarning turg‘unligini hisobga olamiz.
YUqori kuchlanishli uzgichlarni tanlash. YUqori kuchlanishli elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonida elektr zanjirlarini ulash va uzishga to‘g‘ri keladi. Bu jarayonlar maxsus uzgichlar (viklyuchatel) yordamida bajariladi. Uzgichlar yordamida elektr toklarni faqat nomiial rejimlarda emas, balki har xil avariya va qisqa tutashuv holatlarda ham uzish yoki ulash jarayonlarini bajarish mumkin. Ma’lumki, qisqa tutashuv rejimidagi tokning miqdori juda katta bo‘ladi SHuning uchun uzgichlar taqsimlash qurilmalarining eng ma’sul elementlaridan biri hisoblanadi. YUqori kuchlanishli uzgichlarni nominal kuchlanishi va toki, o‘chiriluvchi tokning qiymati va quvvati bo‘yicha qabul qilinadi. Odatda, uzgichning katalogdagi ko‘rsatgichlari va hisobiy miqdorlar o‘zaro solishtiriladi.
Ayirgichlarni tanlash. Ayirgichlar (raz’ediniteli) kuchlanish ta’siridagi toksiz elektr zanjirlarini uzish yoki ulash uchun ishlatiladi. Ayirgichlar elektr zanjirlarida ko‘rinib turuvchi uzun oraliqni hosil qiladi. Ayirgichlarda elektr yoyni o‘chiradigan moslamalar bo‘lmaganligi uchun ular uzgichlardan keyin yoki oldin o‘rnatiladi. Ayirgichlar ta’mirlash ishlarida yoki uzuvchi apparatlarni teshirilayotganda xavfsizlikni ta’minlashda qo‘llaniladi.
Ayirgichlar yordamida transformatorlarning salt ish rejimidagi tokni; transformatorlarning neytral tokini, katta bo‘lmagan zaminlash toklarni, zaryad toklarini uzish mumkin. Ayirgichlar 6 kV va undan yuqori kuchlanishlarga mo‘ljallangan bo‘lib, nominal toklari 200A dan katta bo‘ladi.
Ayirgichlarni tanlash va tekshirish uzgichlar uchun ko‘rsatilgan tartibda bajarilib, uzish toki va quvvati bo‘yicha tekshirilmaydi.
YUqori kuchlanishli saqlagichlarni - nominal kuchlanish va tok orqali qabul qilinadi va maksimal uzuvchi tok va quvvat bo‘yicha tekshirib ko‘riladi.
Tok transformatorlarini tanlash. Tok transformatorlari nominal tok, nominal kuchlanish, ikkilamchi chulg‘amning yuklamasiga bog‘liq bo‘lgan aniqlik darajasiga qarab qabul qilinadi va elektrodinamik va termik turg‘unliklar ( va ) bo‘yicha tekshirilib ko‘riladi.
Kuchlanish transformatorini tanlash. Elektr o‘lchov asboblarini ulash uchun qo‘llaniladigan kuchlanish trasformatorlari nominal kuchlanish, yuklamaning miqdori asosida qabul qilinadi. Zaminlash toki kam bo‘lgan tarmoqlarda izolyasiya holatini nazorat qilib turish uchun besh sterjenli kuchlanish transformatori ishlatiladi. Kuchlanish trasformatorining quvvati chulg‘amlari parallel ulangan elektr asboblarning qabul qiladigan to‘la quvvatidan katta bo‘lishi kerak.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish