Amaliy geografiya



Download 1,67 Mb.
bet97/126
Sana31.05.2022
Hajmi1,67 Mb.
#622650
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126
Bog'liq
1712 AMALIY MAJMUA

Suv muammolari dasturi. O'rta Osiyoda suv resurslari taqchilligi va unga nisbatan talabning tobora ortib borayotganligi tufayli, shuningdek joylarda suvning sifati davlat andozalariga to'la javob ber-mayotganligini e'tiborga olib, mamlakatda suv muammolari dasturi qabul qilingan. Dasturning asosiy mazmuni suv resurslaridan oqilona va tejab foydalanish, korxonalarda suvdan aylanma (berk) tex-nologiyani joriy qilgan holda foydalanishni yo'lga qo'yish va boshqa jarayonlarga qaratilgan. Dasturni amalga oshirishda geografiyaning vazifasi avvalo suv resursning ma'lum sohalar bo'yicha taqsimlanishini hisob-kitob qilish, qor va yomg'irlardan vujudga keladigan suv oqimi, yer osti suvlari hisobiga yer usti suvlarining (va aksincha) to'yinishini asoslash, muzliklarning, ko'llar, suv omborlarining balansini hisoblab chiqish, suvning yerga singishi, bug'lanishi va boshqalarni o'rganishdan iborat. O’rta Osiyoda, shu jumladan, O'zbekistonda suvdan to'g'ri va ilmiy asosda foydalanishni yanada takomillashtirish, suvni iqtisod qilish ko'p hollarda sug'oriladigan dehqonchilikda uning oqilona ishlatilishiga bogliq. Shuning uchun sug'orishda eng zamonaviy usullarni qollash zarur. Hozirda qishloq xo'jaligida samarali hisoblangan yomg'irlatib, tuproq ostidan va tomchilatib sug'orish usullari tadbiq qilina boshlandi, lekin ular juda kichik maydonlarda amalga oshirilmoqda. Suv muammolari murakkab, ko'p qirrali va ko'p sohalidir. Ular uzoq muddatli mashaqqatli tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.
Sug'oriladigan yerlar dasturi. O'zlashtirilgan yerlar quruq iqlim sharoitida eng mahsuldor yer hisoblanadi. Bir yil mobaynida bunday yerlardan uch martagacha ekin ekib, hosil olisli mumkin. Lekin respublikada sug'oriladigan yerlardan oqilona foydalanilmoqda deb bo'lmaydi. Ularning katta qismi sho'rlangan, eroziya va shamol katta maydonlarga o'z ta'sirini ko'rsatib kelmoqda. Har yili jala yog'ishi va sel hodisalari nalijasida yerdan unumli foydalanish darajasi pasayib kctadi. Demak, sug'oriladigan yerlardan foydalanish ko'rsalkichlarini oshirish uchun ularning unumdorligini va meliorativ sharoitlarini yaxshilash zarur bo'ladi.
Geograflarning yerlar mahsuldorligini oshirishdagi asosiy vazifasi — mahalliy tabiiy sharoitni chuqur o'rgangan holda, ularning shamol va suv eroziyalariga berilishini iloji boricha kamaytirish yo'llarini aniqlash hamda meliorativ holati og'ir bo’lgan yerlarning aniq chegaralarini belgilab, ularning meliorativ sharoitlarini tubdan yaxshilashning litologik-geomorfologik va gidrogeologik asoslarini ishlab chiqishdan iboratdir.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish