Ekspertiza deb, yirik muhandislik inshootlarini qurish loyihalarining mutaxassislar ko'rigidan o'tkazilishiga aytiladi."Ekspert" so'zi lotin tilida "tajribali" degan ma"noni bildiradi. Ekspert - biror sohada ekspertiza o’tkazuvchi mutaxassisdir. Masalan, qurilish, geologiya, qishloq xo'jaligi, suv xo'jaligi, atom energetikasi, mashinasozlik va h.k. sohalar bo'yicha eksperliza asosan loyihalanayotgan muhandislik inshootining atrof-muhitga ta'sirini baholash yuzasidan o'tkaziladi. Eksperlizalar geografik va ekologik ekspertizaga bo’linadi.
Geografik ekspertiza deb, loyihalanayotgan muhandislik inshootining atrof-muhit talablariga mos kelish-kelmasligini aniqlashga aytiladi.Ekologik ekspertiza deb, inson faoliyatining geografk muhit biologik (o'simlik, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar) qismiga ta'sirini baholashga aytiladi.Geografik va ekologik ekspertiza bir-biriga barcha jihatdan yaqin va bir-birini taqozo qilishini e'tiborga olib, geografik-ekologik ekspertiza deb ataladi.
Ekspertiza - ilmiy tekshirish, loyihalash boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar va ishlanmalarni o'rganish hamda ularni amalga oshirish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlab, chuqur asoslangan xulosa berishdan iboratdir. Ekspertiza jarayonida muhandislik inshootining atrof-muhitga, aholi salomatligjga qanday ta'sir qilishi e'tiborga olinadi.Ekspertiza turli darajalarda amalga oshiriladi: Davlat ekspertizasi, vazirlik eksperlizasi. Davlat fan va texnika qo'mitasi ekspertizasi, ilmiy va jamoatchilik eksperlizasi va boshqalar. Atrof-muhit bo'yicha ekspertiza O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi tomonidan belgilanadi. Ushbu tashkilotda ekologik-geografik ekspertiza boshqarmasi mavjud.
Loyihalarning mazmuniga binoan mazkur yo'nalish bo'yicha yetakchi mutaxassislar u bilan tanishib chiqib, o'z mulohazalarini bildiradilar. Masalan, ma'lum bir foydali qazilma konini ishga tushirish loyihasi ekspertizasini geologlar, tog'-kon sanoati mutaxassislari, iqtisodchilar. ekologlar va boshqa mutaxassislar o'tkazishadi.
Ekspertiza bir necha usulda amalga oshiriladi: shaxsiy ekspertiza usuli, jamoa ekspertizasi usuli, ekspertlar komissiyasi usuli.Bitta ekspert xulosasiga asoslangan malumotlar asosiy manba sifatida qabul qilinadigan ekspertiza - shaxsiy ekspertiza usuli deb ataladi.Jamoa ekspertiza usuli jamoaga kiradigan ekspertlaming mustaqil xulosalari tahlili asosida umumlashgan ekspertiza xulosaiarini ishlab chiqishga asoslangan. Ekspertlar komissiyasi usuli tegishli ekspertiza guruhlari tomonidan ma’lum bir hudud yoki obyektning alohida jihatlari (qismlari) bo'yicha ishlab chiqilgan ekspertiza xulosalarining yagona ekspertiza xulosasiga birlashtirilishiga asoslanadi.Ekspertiza ma'lum bir ma'lumotlar jamlangan loyihalarning tahlili natijasida amalga oshiriladi.Ma'lum bir obyekt yoki muhandislik inshootining loyihasini o'tkazish uchun ekspertga yoki ekspertlar guruhiga quyidagi ma'lumotlar taqdim etilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |