Organizmlarning xilma-xilligi. Hayotning hujayrasiz shakllari.
1.Hayotning hujayraviy shakllari nechta va qanday guruhlarga bo’linadi
A)2ga: prokariot va eukariot.
B)3ga: prokariot, eukariot, viruslar
C)2ga: bakteriyalar va eukariotlar.
D)3ga: bakteriya, prokariot, eukariot,
2. Prokariotlar haqiqiy-yadroga ega bo’lmasdan irsiy belgilar ………. da joylashgan?
A)plastidada B)nukleotid
C)nukleozidlar D)sitoplazmada
3. Prokariotlarni DNKsi qanday shaklda?
A)tayoqsimon B)xalqasimon
C)sharsimon D)spiral
4.Prokariotlarni hujayra qobig’i qaysi moddalardan iborat?
A)pektin B)seluloza
C)murein D)xitin
5.Prokariotlarga qaysilar kiradi?
A)zamburug’lar va bakteriyalar
B)suvo’tlar va mikroblar
C)bakteriyalar va ko’k-yashil suvo’tlar
D)ko’k-yashil suvo’tlar zamburug’lar
6.Ko’payishning qaysi turi prokariotlarda uchramaydi?
A)jinsiy B)jinssiz
C)kurtaklanish D)vegetative
7.Prokariotlarni hujayrasi qanday usulda bo’linadi?
A)meyoz B)mitoz
C)amitoz D)mitoz va amitoz
8.Prokariotlarni ko’pcxiligi erkin … ni o’zlashtirish xususiyatiga ega?
A)natriy B)azot
C)kislorod D)vodorod
9.Prokariotlarda hazm vakuolalari bo’lmaydi, ba’zan … uchraydi?
A)gazli vakuolalar B)shirali vakuolalar
C)bexli vakuolalar D)xivchinli vakuolalar
10.Qaysi organoidlar prokariotlarda uchramaydi?
A)plastida va mitoxondriya
B)hujayra markazi va mitatik ip
C)yadro, hazm vakuoli
D)barcha javob to’g’ri
11.Bakteriyalar hujayra shakliga ko’ra necha guruhga bo’linadi?
A)2 B)3 C)4 D)5
12.Bakteriyalar qanday usulda oziqlanadi?
A)geterotrof
B)avtotrof
C)fototrof
D)bazilari avtotrof, ko’pchiligi geterotrof
13.Bakteriyalar uchun harakterli belgilarni ko’rsating?
A)yadro rosmana shakillanmaganligi
B)oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payishi
C)jinsiy ko’payshni uchramasligi
D)A, B va C
14.Bakteriyalarni geterotrof oziqlanishiga asosiy sabab nimada?
A)quyosh nurini yetishmasligi
B)plastdalarni bo’lmasligi
C)mitoxondriyaning bo’lmasligi
D)kislorodsiz muhitda yashaganligi uchun
15.Sharsimon bakteriyalar qanday ataladi?
A)basillalar B)vibrionlar
C)spirillalar D)kokklar
16.Bakteriyalar suv va oziq moddalar yetishmaganda, noqulay sharoitda nima hosil qiladi?
A)sista B)spora
C)xivchin D)t. j. y
17.Tayoqchasimon bakteriyalar qanday ataladi?
A)basillalar B)vibrionlar
C)spirillalar D)kokklar
18.Aerob bakteriyalar qanday bakteriyalar?
A)kasallk qo’zg’atuvchi
B)kislorodli muhitda yashovchi
C)kislorodsiz muhitda yashovchi
D)parazit
19.Buralgan bakteriyalar qanday ataladi?
A)kokklar B)vibrion
C)spirilla D)B va C
20.O’pka sili kasalligini qo’zg’atuvchi bakteriya shakli jihatdan qanday guruhga kiradi?
A)basillalar B)vibrionlar
C)spirillalar D)kokklar
21.Bakteriyalar orqali yuqadigan kasalliklarga … kiradi?
A)vabo, o’lat, kuydirgi
B)gommoz, qorakuya, gripp
C)vabo, o’lat, girpes
D)gommoz, kuydirgi, o’lat
22. … kasalligini keltirib chiqaradigan bakteriyalar burgalar orqali tarqaladi?
A)vabo B)o’lat
C)kuydirgi D)gerpess
23.Tugunak bakteriyalar yiliga 1 gektar maydonda qancha azot to’playdi?
A)100 B)200
C)300 D)350
24.Bakteriyalar faoliyati tufayli tabiatda qaysi moddaning aylanishi amalga oshadi?
A)natriy B)vodorod
C)kislorod D)azot
25.Emlash orqali oldi olingan kasalliklar?
A)ichburug’, ko’kyo’tal, qoqshol
B)sil, vabo, o’lat
C)ichburug’, qoqshol, o’lat
D)sil, ko’kyo’tal, gripp
26.Kislorodsiz muhitda yashaydigan bakteriyalar qanday ataladi?
A)aerob B)anaerob
C)parazit D)t. j. y
27. … sekin rivojlanadigan kasallik hisoblanadi?
A)sil B)o’lat
C)vabo D)gripp
28.Quyidagilardan qaysi birida achish jarayonidan foydalaniladi?
A)sut mahsulotlari tayyorlashda
B)bodring, karamlarni konservalashda
C)yem-hashak o’simlilaridan silos bostirishda
D)A, B va C
29.Spirt va sirkalar olishda, tolalarni ajratishda qays bakteriyalardan foydalaniladi?
A)parazit B)achituvchi
C)chirituvchi D)kasallik chiqaruvchi
30.Avtotrof bakteriyalar organik moddalar to’plash xususiyatga ega bo’lib, buning uchun … dan foydalaniladi?
A)quyosh energiyasi B)kimyoviy energiya
C)oraliq energiya D)A va B
31.Bakteriyalarni foydali tomonlari berilgan qatorni aniqlang?
A)kasallik keltirib chiqaradi
B)kasalliklarni tarqatishga yordam beradi
C)ozuqa mahsulotlarini tez buzilishiga sababchi bo’ladi
D)organik moddalarning parchalanishi, chirishi, achishini amalga oshiradi
32.Qaysi oila vakillarini ildizida tugunak bakteriyalar hayot kechiradi?
A)karamdoshlar B)sho’radoshlar
C)dukkakdoshlar D)ranodoshlar
33.Odam, hayvon, o’simliklarda turli havfli kasalliklarni keltirib chiqaradigan va uni tarqatadigan bakteriyalar qanday ataladi?
A)parazit B)saprofit
C)tugunak D)avtotrof
34.Ozuqa moddalarni tez buzilishiga sababchi bo’ladigan bakteriyalar qanday ataladi?
A)parazit B)saprofit
C)tugunak D)avtotrof
35.Kasallik qo’zg’atuvchi bakteriyalarga qarshi kurash chora tadbirlaridan biri … hisoblanadi?
A)kimyoviy dorilash B)emlash C)ko’payishini to’xtatib qo’yish D)t. j. y
36.Bakteriyalarni a-foydali, b-zararli tomonlarini ajrating?
1)ozuqa moddalarni tez buzilishi
2)organik moddalarni parchalanishi
3)kasallik keltirib chiqaradi
4)organik moddalarni chirishi
5)kasalliklarni tarqatadi
6)azotni aylanishini amalgam oshiradi
7)sut mahsulotlari olish
8) bodring, karamlarni konservalash
9)silos bostirish
10)spirt, sirkalar olish
11)tolalarni ajratish
A)a-2, 3, 6, 9, 11; b-1, 3, 4, 10
B)a-1, 3, 4, 7; b-2, 5, 8, 9, 10
C)a-2, 4, 6, 7, 8, 9, 10, 11; b-1, 2, 3, 5
D)a-2, 4, 6, 7, 8, 9, 10, 11; b-1, 3, 5
38.Ko’k-yashil suvo’tlarda qaysi pigmentlar ko’proq uchraydi?
A)ksantofill va xlorofill
B)fikotsion va xlrofill
C)ksantofil va fikotsion
D)fikotsion, xlorofill va ksantofill
39.Ko’k-yashil suvo’tlarni hujayra po’sti nimadan iborat?
A)pektin B)murein
C)xitin D)seluloza
40.Suvo’tlar ichida eng qadimgisini aniqlang?
A)qizil suvo’tlar B)qo’ng’ir suvo’tlar
C)ko’k-yashil suvo’tlar D)diatom suvo’tlar
41. Ko’k-yashil suvo’tlar boshqa suvo’tlardan nimasi bilan farq qiladi?
A)ko’payishi bilan
B)murakkab tuzilganligi bilan
C)oziqlamishi bilan
D)juda sodda tuzilgani bilan
42. Ko’k-yashil suvo’tlarini ko’payish xususiyatlari berilgan qatorni aniqlang?
A)2ga bo’linish
B)gormogoniylar
C)kurtaklanib
D)2ga bo’linish, gormogoniylar orqali
43. Ko’k-yashil suvo’tlarida fotosintez maxsuli sifatida hujayrad qanday moddalar to’planadi?
A)uglevod B)lipid
C)oqsil donachalari D)aleyron donachalari
44.Bir hujayrali ko’k- yashil suvotni aniqlang.
A)osilatoriya B)elodeya
C)nostok D)xrokokk
45.Kaloniya holda yashovchi suvo’t?
A)osilatoriya B)elodeya
C)nostok D)xrokokk
46.Gormogoniylar orqali ko’payish odatda qanday vakillarida uchraydi?
A)ipsimon B)kaloniya
C)bir hujayrali D)ko’p hujayrali
47.Fikasian bu … pigment?
A)ko’k B)sariq
C)yashil D)qizil
48.Ko’ yashil suvo’tlarni bakteriyalarga o’xshash belgisi?
A)hujayra po’stini pektindan tuzilganligi
B)ko’payish usuli va oziqlanishi
C)pigmentlarini bo’lishi
D)yadro va boshqa organoidlarini yo’qligi yani rivojlanmaganligi
49.Nima uchun ko’k yashil suvo’tlar chuchuk va sho’r suvlarda, tuproq va uning yuzasida, qoya, hatto qaynar buloqlarda ham uchraydi?
A)tashqi muhit sharoitlariga ancha moslanuvchan bo’lganligi tufayli
B)turli yo’llar bilan oziqlanishi tufayli
C)bunday muhitda tayyor ozuqa moddalar bo’lganligi tufayli
D)t. j. y
50.Gormogoniylar orqali ko’payuvchi suvo’t?
A)osilatoriya B)elodeya
C)nostok D)xrokokk
51.Yaponiya vaXitoyda ko’k yashil suvo’tning bazi turlari ozuqa sifatida ishlatiladi?
A)osilatoriya B)ulva
C)nostok D)xrokokk
52.Shilimshiq pardasi bo’lgan va bo’lmagan ko’k yashil suvo’tlar?
A)xrokokk va osillatoriya
B)osillatoriya va xrokokk
C)nostok va osillatoriya
D)nostok va xrokokk
53.Osillatoriyani sitoplazmasi qanday qismlarga ajraladi?
A)2ga: rangli-sentroplazma, rangsiz-xromoplazma
B)2ga: rangli-xromoplazma, rangsiz- sentroplazma
C)3ga: rangli-xromotoplazma, rangsiz-sentroplazma, o’rta- mezoplazma
D)2ga: rangsiz- sentroplazma, rangli-xromotoplazma
54.Qaysi ko’k yashil suvo’ti tabiatda sholipoyalar, ko’lmak suvlar, hovuz va ko’llarda uchraydi?
A)osilatoriya B)elodeya
C)nostok D)xrokokk
Do'stlaringiz bilan baham: |