Andijon variant
1.1. modul
1. Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida ... dan ortiq qonunlar hamda ... dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
*a) 30 dan ortiq qonunlar va 900 dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
2. 2017 yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda alohida e’tibor fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta’minlash qaysi tamoyil ostida amalga oshirildi?
*b) “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun” tamoyili asosida.
3. SHavkat Mirziyoev “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, nomli asarida O‘zbekiston Prezidenti sifatida qaysi yangi va g‘oyat mas’uliyatli vazifalar haqida to‘xtalib o‘tgan?
a) Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov boshlab bergan keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yo‘lini xech og‘ishmasdan, qat’iy va izchil davom ettirish. Mamlakatimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolar totuvligi, o‘zaro hurmat va mehr oqibat muhitini asrash.
b) Adolatparvarlikni ustun qo‘yish bu borada Amir Temurning “Adolat har bir ishda hamrohimiz va dasturimiz bo‘lsin” degan purma’noli so‘zlari har birimiz uchun hayotiy etiqodga aylantirish, iqtisodiyotimizni barqaror sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlash.
c) Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‘zgarishlarning samarasiga erishishda avvalo aholining moddiy ahvoli va hayot darajasi va sifatini oshirishga e’tibor qaratish, aholi bilan doimiy ravishda muloqot o‘rnatish, qonuniy talablari, so‘rov va takliflarini amalga oshirish uchun aniq chora tadbirlar ko‘rish.
*d) A)V)S)
4. 2017 yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda SHaharlar va qishloqlarda umumiy turar joy maydoni ... million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan namunaviy va ko‘p qavatli uylar qurildi. Turar joy qurilishi hajmlari 2010 yilga nisbatan ... baravarga oshdi.
*d) 3,5 – 3,5
5. 2017 yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda Millatlararo tinchlik va totuvlikni, puxta o‘ylangan va o‘zaro manfaatli tashqi siyosat amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda qanday ijobiy ishlar amalga oshirildi?
a) 21 ta oliy darajadagi tashrif amalga oshirildi, 60 ta davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi,
b) 400 dan ortiq kelishuvlarga erishildi, 60 milliard AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi bitimlar imzolandi.
c) Markaziy Osiyo hududida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratildi
*d) A) V) S)
6. 2018 yil 1 apreldan boshlab Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi davlat soliq xizmati organlarining bo‘shayotgan nechta shtat birliklarini prokuratura organlariga o‘tkazgan holda tugatiladi?
*a) 228 ta.
7. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ko‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida kimlar 2023 yil 1 yanvarga qadar muddatga yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari, barcha turdagi soliq va majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod qilinishi belgilandi?
a) yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlar;
b) venchur fondlardan birgalikda moliyalashtiriladigan yuqori texnologiyali loyihalar-startaplar; ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovatsion markazlar, loyiha-konstruktorlik byurolari o‘zlarining yangi texnologiyalarini tadbirkorlarga sotishdan (foydalanishga berishdan) olingan daromadlar bo‘yicha;
c) yangi texnologiyalarni mahalliy tadbirkorlikka transfer qiluvchi tashkilotlar bu faoliyatdan olingan daromadlari bo‘yicha;
*d) A)V)S)
Do'stlaringiz bilan baham: |