Adabiyotlararo aloqalar
har bir millatning ma’naviy-
madaniy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiy
aloqalarning
qiyosiy adabiyotshunoslik obyekti sifatidagi
o‘rni,
uning mohiyati haqida juda ko‘p ilmiy asar bitilgan.
A.Dima, I.Neupokoyeva, N.Konrad, M.Jirmunskiy, B.Nazarov,
N.Karimov, B.Karimov va boshqa olimlarning tadqiqotlarida
adabiy aloqalar va ularning adabiyotshunoslikdagi ahamiyati
borasida muhim ilmiy-nazariy xulosalar bayon qilingan.
T.T.Xamidova, M.Ye. Rasuli , S.Matkarimova, T.Sultanov
va boshqa olimlarning ilmiy izlanishlari bevosita adabiy alo
qalarga bag‘ishlangan
1
. I.G.Neupokoyeva xalqlararo adabiy
aloqalarni tipologik va genetik turlarga bo‘lib o‘rganishni,
bunda ijtimoiy omillarni hisobga olish zarurligini qayd eta
di. Shuningdek, olima adabiy aloqalar tarixiy ehtiyoj, tajriba
almashish maydoni ekanini alohida ta’kidlaydi (
«...готовых
творческих решений ни одна из литератур другой дат не
может, но и ни одна литература не может пройти мимо
того инонационалного, художественного опыта, который
ей исторически нужен»)
2
.
1
Хамидова Т. Русско-узбекские литературные связи в годы Великой отечественной
войны. – Ташкент, 1973; Расули М.Е. К проблеме взаимовлияния и взаимообогащения
русской и узбекской литератур. – Ташкент: Фан, 1978; Маткаримова С. Анъана, янгилик ва
бадиий маҳорат (Хоразм шоирлари ижодида Навоий анъаналари мисолида). – Тошкент,
2019; Султанов Т. Алишер Навоий ва Озарбайжон адабиёти: тарихий илдизлар, анъаналар,
ворисийлик (Кишварий ва Содиқий асарлари мисолида). – Тошкент, 2019.
2
Неупокоева И.Г. История всемирной литературы. Проблемы системного и срав ни-
тельного анализа. – М.: Наука, 1976. – С.85.
N.I.Konrad adabiy aloqalarni bir xalq adabiyotining bosh
qa bir xalq adabiyoti olamiga kirib borishi deb ta’riflaydi va
adabiyotlararo aloqalarning 5 ta asosiy turini ajratib ko‘rsa
tadi:
1. Badiiy asarlar bilan originalda tanishish, o‘rganish va
o‘z xalqi orasida ommalashtirish. Masalan, Yevropa yoki rus
sharq shunoslari Alisher Navoiy asarlarini tarjimada emas,
originalda o‘qiy olishgan.
2. Tarjimalar bir xalq adabiyotining boshqa bir xalq adabi
yoti olamiga kirib borishidagi yana bir adabiy aloqa shaklidir.
Bunda tarjimon adabiy vositachi (литературный посредник)
vazifasini bajaradi;
3. Aynan bir xil mavzuning turli xalqlar adabiyotida yori
tilishi ham adabiyotlararo aloqaning bir shakli. Masalan, Ni
zomiy, Dehlaviy, Navoiyning «Xamsa» asari aynan adabiy alo
qalarning samarali natijasidir.
4. Jahon adabiy aloqalari tarixi bir xalq adabiyotining bosh
qa bir xalq adabiyoti olamiga kirib borishidagi yana bir shakl.
Adabiy aloqalarning bu turini N.I.Konrad «milliy adaptatsiya»
deb izohlaydi. Masalan, «Otogi boko» (1666) g‘aroyib voqealar
haqidagi hikoyalar to‘plami. Asardagi voqelar ko‘p jihatdan
«Szyanden sinxua» nomli xitoy hikoyalariga mushtarak. Le
kin xitoy hikoyalaridan ta’sirlanib yozilgan yapon hikoyalari,
yapon odamiga mo‘ljallanib, ularning tafakkur tarziga mos
ravishda bitilgan.
5. Hamma xalqlarda mavjud manoqib qissalar (повесть
житие) va ularning o‘zaro adabiy aloqasi. Masalan, hotamtoy
likda tengsiz Budda, chiroy timsoli Yusuf, Aleksandr Nevskiy
haqidagi hikoyatlar
1
. Bu kabi hikoyalar bugun narrativ proza
1
Batafsil qarang: Конрад Н.И. К вопросу о литературных связях // Литература и театр.
– М.: Наука, 1978. –Б.49 – 59.
46
47
deb ataladi. Shuningdek, badiiy asar yozishda narrativ usuldan
(qiziqarli hikoya qilish san’ati) ham unumli foydalanilmoqda
1
.
M.Jirmunskiyning fikricha, adabiy aloqalar va adabiy ta’sir
masalasi tarixiy kategoriya bo‘lib, konkret tarixiy sharoitlarda
turli xil intensivlik darajasida va har xil shaklda namoyon bo‘la
di (
Литературные связи и взаимодействия представляют
категорию историческую и в различных конкретных исто-
рических условиях имеют разную степен интенсивности и
принимают разные формы)
2
.
Adabiyotshunos K.Quramboyev ta’kidlaganidek, adabiy
aloqalar va ta’sirlar masalasi milliy adabiyotlar taraqqiyoti
ni kafolatlaydigan omillardan biri ekani isbot talab qilmay
digan haqiqatga aylangan. Jahonda biror adabiyot yo‘qki,
faqat o‘z qobig‘ida, o‘z adabiyoti an’analari doirasida boshqa
milliy adabiyotlarning ilg‘or tajribalariga tayanmagan holda
rivojlanib, o‘z taraqqiyotining yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgan
bo‘lsin
3
. So‘nggi yillarda milliy adabiyotimizni rivojlantirish,
o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda
targ‘ib qilish, bu jarayonda dunyo xalqlarining, jumladan, qar
dosh ellarning adabiyoti bilan yaqindan tanishish, ularning
eng sara adabiy asarlarini asliyatidan o‘zbek tiliga tarjima qi-
lish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Sh.Rizayev adabiy aloqa har qanday adabiyotning rivoji
uchun nihoyatda zarur omillardan biri ekanini ta’kidlarkan,
Do'stlaringiz bilan baham: |