Qiyosiy tahlilning emperik vazifasi
asosan amaliy va
zifalarni hal etishni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Bizning
qarshimizda har kuni amaliy masalalar silsilasi paydo bo‘la
di. Qiyosiy tahlil amaliyotga xizmat qilsa va inson hayotida
ahamiyatga ega bo‘lsagina, u chinakamiga natija beradi.
Qiyoslash jarayonidagi eng
muhim bosqichlar
Qiyosiy tahlil kutilgan natijani berishi uchun tadqiqotchi
nima qilishi, qanday bosqichlardan o‘tishi kerak?
Avvalo, tadqiqotchi qiyoslash obyektlarini to‘g‘ri tanlab
oli shi kerak. Chunki qiyoslash obyektlarining mavjudlik vazi
yati bu bosqichlarni yuzaga keltiradi.
Birinchidan
, hodisalarning ichki xususiyatini, ichki pa-
rametrlarini qiyoslamay turib, ularni qiyoslash, o‘xshashlik
va farqlarini aniqlashning iloji yo‘q. Ularning asosiylari – qi
yoslanadigan obyektlarning mazmun, mohiyat, sifatlaridir.
Shuning uchun, hodisalarning mazmun, mohiyat va sifatlari
orasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlash qiyoslash jara-
yonidagi birinchi bosqichdir.
Ikkinchidan
, bilamizki, hodisalarning ichki xususiyatlari,
ya’ni ularning mazmun, mohiyat va sifati muhitda o‘ziga xos
shaklda namoyon bo‘ladi. Demak, qiyoslash obyektlarining
ichki xususiyatlarini, muhitda namoyon bo‘lish darajasidagi
o‘xshashlik va tafovutlarni o‘rganish kerak. Bu qiyosiy tahlil-
ning keyingi bosqichidir.
Uchinchidan
, nafaqat qiyoslanadigan obyektlar muhitga
ta’sir ko‘rsatadi, balki muhit ham ularga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Bu tashqi sharoitlarning tahlil obyektlariga ta’sir etish xususi
yatlarini qiyoslashni ko‘zda tutadi. Shu tarzda, tabiiy ravishda
hodisalarni qiyoslash bosqichida uchinchi yo‘nalish belgila
nadi. Uning mohiyati – muhitning qiyosiy tahlil obyektlariga
ta’siridagi o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlashdan iborat.
To‘rtinchidan
, har qanday hodisaning, jumladan, adabiy
hodisaning paydo bo‘lish sababi, zaruriyati mavjud. Qiyos-
lash chog‘ida albatta, ularni ham e’tiborga olish zarur. Har
bir hodisaning vujudga kelishi, mavjudligi, rivojlanishi va
faoliyat ko‘rsatishida ko‘plab zaruriyatlar rol o‘ynaydi va ular
orasida ayrimlari ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi. Buni adabi
yotda ko‘pincha
motiv
deb ataymiz. Demak, bizga kerak nar
saning qiyosiy tahlilini amalga oshirishdan oldin, uni yuzaga
keltirgan ehtiyoj va zaruriyatlarni ham taqqoslash kerak. Bu
bizga qiyoslanayotgan obyektlarning mavjudligi sabablarida
o‘xshash va xos tomonlarni ochishga yordam beradi. Buning
uchun biz
Do'stlaringiz bilan baham: |