Mavzuning ilmiy yangiligi. Ko`pgina ilmiy ishlarda, maqolalarda 80-90 yillar o`zbek dramaturgiyasining harakatlantiruvchi ba`zi yozuvchilar ijodi yoki ijodidagi biror-bir jihat tahlil ob`ektiga aylanadi. Usmon Azim ijodi to`g`risida ham shunday fikrlar aytish mumkin. Biroq uning ijodi to`liq biror bir tadqiqot ob`ekti bo`lgan emas. Ayni paytda uning mustaqillik davridagi ijodiga dramatik asarlariga qo`l urilgani yo`q. Shu nuqtai nazardan mazkur malakaviy bitiruv ishimiz Usmon Azimning mustaqillik davrida yaratilgan dramatik asarlari bo`yicha adabiyotshunosligimizda yangilik bo`lishi mumkin. Qolaversa, adib dramaturgiyasida tarixiy shaxs talqini birinchi marta malakaviy bitiruv ishi aspektida o`rganilmoqda. Adib dramatik asarlaridagi g`oya, falsafiylik, shakl, mavzu, obraz, tarixiy shaxs obrazlari tadqiq etilgan emas. Bu esa malakaviy bitiruv ishining yangiligini ta`minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |