Tayanch iboralar:
1. Morfologik rivojlanish.
2. Geteroxroniya.
3. Akseleratsiya.
4. embrion.
5. Pubertat.
6. Funktsional sistemalar.
Savollar:
1. O‘sish va rivojlanish deganda nimani tushunasiz?
2. Bolaning o‘sishi va rivojlanishi kaysi qonuniyatlar
asosida boradi?
3. YOshga oid davr deganda nima tushuniladi?
4. Akveleratsiya deganda nima tushuniladi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Q.S.Sodiqov, O‘quvchilar fiziologiyasi va gigienasi. O‘quv qo‘llanma. - Toshkeng: O‘qituvchi 1992 y.
2. L.S.Klemesheva, M.S.Ergashev. YOshga oid fiziologiya. Toshkent. O‘qituvchi, 1991 y.
3. I.G.Azimov. Jismoniy tarbiyaning yosh fiziologiyasi. O‘quv qo‘llanma. -Toshkent: 1994- y.
4. A.A.Markosyan. YOsh fiziologayasi masalalari. - Moskva-1974 y.
5. A.G.Xripkova, M.V. Antronova, D.A.Farber. Vozrastnaya fiziologiya i shkol’naya gigiena. - Moskva: Prosveshenie 1990 g.
6. YU.A.Ermolaev. Vozrastnaya fiziologiya. Moskva: Visshaya shkola. 1935.
7. A.A..Guminskiy, N.N. Vozrastnaya fiziologiya. - Moskva Visshaya shkola, 1985.
8. U.Z.Qodirov. Odam fiziologiyasi. Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi «tibbiyot» nashriyoti. 1996 y.
9. X.G.Almatov, L.SKlemesheva, A.T.Matchanov. Vozrastnaya fiziologiya. Toshkent: 2002 y.
3-Mavzu: HARAKAT APPARATI FUNKTSIYASINING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI VA GIGIENASI
REJA:
1. Tayanch va harakat apparatining ahamiyati va yoshga xos xususiyatlari.
2. Mushak ishining xar xil turlarida charchash va uning yosh xususiyatlari.
3. YOsh ortishi bilan harakat uyg‘unligining takomillanishi.
4. Maktab jihozlariga qo‘yiladigan gigienik talablar.
Tayanch va harakat apparatining ahamiyati va yoshga xos xususiyatlari
Tayanch va harakat apparatiga skelet va mushaklar kiradi. Skelet va mushaklar organizmni tayanch strukturasi hisoblanadi. Tayanch va harakat apparati yordamida organizmning asosiy funktsiyalaridan biri harakat yuzaga chiqadi. Harakat bolalar organizimning mo‘`tadil rivojlanishin eng asosiy omili hisoblanadi. Harakatni chegaralash jismoniy va akliy rivojlanishni susayishiga va turli xil kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi. Mashhur rus fiziologi I.A.Arshavskiyning ma`lumotlariga ko‘ra embrional davridagi harakat faolligi organizimning umumiy rivojlanish sur`atini belgilaydi. Bu esa postnatal davrda yanada kengroq ahamiyat kasb etadi. Harakat faolligi, ayniqsa, qo‘llarning harakati miyaning nutq funktsiyalarini hamda fikrlashning mo‘`tadil rivojlanishi uchun kerakli sharoit hisoblanadi. YOsh bola o‘zining 50% vaqtini harakatda o‘tkazadi. Uning harakat faolligini chegaralash bola rivojlanishini to‘xtatish demakdir. Mushaklarga beriladigan doimiy yuklamalar rivojlanishga ijobiy ta`sir etib, yurak-tomir, nafas olish tizimlari faolliyatini yaxshilaydi, bosh miya vazni oshadi va funktsional holati yaxshilanadi. YUqorida zikr etilganlardan ma`lum bo‘lishicha tayanch va harakat apparati bolalar, o‘smirlar va yoshlarning me`yoriy hayot faoliyati uchun katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |