Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti sh. A. Aminjonov, E. N. Nuritdinnov


-Mavzu: OVKAT HAZM QILISH FIZIOLOGIYASI



Download 288,5 Kb.
bet39/50
Sana20.04.2022
Hajmi288,5 Kb.
#565311
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
Bog'liq
Yosh fiziol va gigien (Aminjonov Sh, Nuritdinnov E.N) Usl qul

10 -Mavzu: OVKAT HAZM QILISH FIZIOLOGIYASI


REJA:
1. Og‘iz bo‘shlig‘ida, oshkozonda va ichakda ovkatniig hazm bo‘lishi.
2. Ovkat hazm kilish organlarining yoshga xos xususiyatlari.


Og‘iz bo‘shlig‘ida, oshqozonda va ichakda ovqatning hazm bo‘lishi

Og‘iz bo‘shligi og‘iz dahlizi va haqiqiy og‘iz bo‘shlig‘idan iborat bo‘lib, bu erda ovqat tishlar yordamida mexanik ravishda maydalanadi, so‘lak bezlaridan ishlab chiqarilgan so‘lak yordamida qisman parchalanadi, ovqat to‘qimasi so‘lak bilan aralashadi.


Ovqat og‘iz bo‘shlig‘ida chaynalib tishlar yordamida maydalanadi. Og‘iz bo‘shligi atrofidagi yirik va mayda so‘lak bezlaridan so‘lak ishlanib chiqib, og‘iz bo‘shlig‘iga qo‘yiladi. So‘lak bezlari til asosida, yumshoq va qattiq tanglay hamda halqumda joylashgan. Bu bezlar tarkibida ko‘p mikdorda mutsin bo‘lgan so‘lak ishtab chiqariladi.
So‘lak shartli va shartsiz reflekslar asosida ajraladi. So‘lak ajratishning nerv markazi uzunchoq miya va bosh miya yarim sharlarida joylashgan.
YUtish murakkab fiziologik jarayon bo‘lib, uning nerv markazi uzunchoq miyada joylashgan. YUtish jarayoni nafas olish bilan bog‘liq. Ovqat luqmasi chaynalib, so‘lak bilan aralashgandan so‘ng silliqlanib til yordamida yutqinga o‘tkaziladi va yutiladi. Lukma yutilgandan so‘ng qizilo‘ngachdan me`daga o‘tali.
Me`da ovqat hazm qilish kanalining kengaygan kismi bo‘lib, katta odamda noksimon shaklda bo‘ladi. Me`daning kirish va chiqish joyi, tubi va katta, kichik aylanasi farq qilinadi. Katta odamda bir sutkada 1,5-2 dm3 me`da shirasi ishlab chikariladi. Me`da shirasining 99-99,5% suv, 0.3-0,4% organik moddalar va tuzlardan iborat. Me`da shirasi kislotalilik xususiyatiga ega bo‘lib, tarkibida 0,3-0,4% xlorid kislota bor. Pepsin, lipaza oshqozon shirasining asosiy fermentlaridan hisoblanadi, pepsin oqsillarni al’bumin, peptonlarga parchalayda, amilaza esa emul’siyalangan yog‘larni parchalaydi.
Turli ovqat moddalariga turli mikdorda me`da shirasi ajraladi. Me`da shirasining ajralishi nerv-gumoral yo‘l bilan boshqariladi. Nerv yo‘li bilan boshqarilish shartsiz va shartli reflekslar asosida amalga oshadi. Ovqat og‘izga tushtanidan so‘ng, og‘izdagi retseptorlar ta`sirlanib, ta`sir markazga intiluvchi nervlar orqali uzunchoq miyaga boradi, u erdan me`da bezlariga borib, me`dadan shartsiz refleks asosida shira ajrala boshlaydi.
Ingichka ichakning uzunligi katta odamda 6-7 m, diametri 2,5 sm. Ingichka ichak o‘nikki barmoq ichak, och ichak цуу yonbosh ichaklarga bo‘linadi. Ingichki ichakning shilliq qavatida juda ko‘p mikdorda vorsinkalar joylashgan, ana shu vorsinkalar hisobiga ingichka ichakning yuzasi 8 marta ortib, 40 m2 ga etadi. O‘n ikki barmoq ichakda ovqat o‘t suyuqligi va me`da osti bezi shirasi hamda o‘n ikki barmoq ichak devorlarida ishlanib chiqqan ichak shirasi ta`sirida ximiyaviy parchalanadi. Ichak shirasining 99-99,5% suv, qolgan qismi organik moddalar, turli xil fermentlar va tuztardan iborat. Ichak shirasi tarkibida fermentlardan eripsin, enteriokinaza, lipaza va amilaza fermentlari va turli tuzlar bo‘ladi.
Ovqat hazm qilish kanalida ovqat moddalar mexanik, ximiyaviy ravishda parchalanib, suvda erigan holga keltirilgandan so‘ng ichaklar devori orqali qonga va limfga so‘rila boshlaydi. Ovqat moddalarning oxirgi mahsulotlari asosan och va yonbosh ichaklarda so‘riladi.



Download 288,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish