ANDA JONIM QOLDI MENING
(Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan kecha)
Dilnoza:
Ey do‘stlar, bugun men Andijonimni sog‘indim,
Andijonimni emas, tanda jonimni sog‘indim.
Dildora:
Ayriliqning azobi shuncha og‘ir bo‘lurmi?
O‘zga bog‘in kezdim, lek o‘z bo‘stonim sog‘indim.
Assalomu alaykum, maktabimizning ilm kitobini varaqlayotgan, kalblariga,
yuraklari to‘riga ziyo nurlarini jo qilib, bilim bulog‘idan qonmoq maqsadida shu
yerga yig‘ilgan o‘quvchilari – yu, ma’rifat ummoni tubidan tafakkur gavharini
olib, beminnat ulashayotgan mehridaryo ustozlar!
Dilnoza: Assalomu alaykum, bugungi «Bobur va uning avlodlari»ga
bag‘ishlangan bilimdonlar, bellashuvning aziz qatnashuvchilari va mehmonlar!
Shou kechamizga xush kelibsizlar!
Dildora: Dunyodagi eng ulug‘ baxt o‘z vataningda istiqomat qilmoqlik, uning
mehri tafti ila ulg‘aymoqlikdir. Eng og‘ir kulfat eca ona yurtingdan judo
bo‘lmoqlik, hijron azobida yonmoqlikdir.
Dilnoza: Toleiga shunday g‘ussalar bitilgan Bobur. Nechun uni taqdir bir bor
bo‘lsa ham siylamadi, azoblarga mubtalo etdi. Balki bu taqdiri azalning shohu
gado oldida barobar ekanligidan bir nishonadir.
Armoni bor, bu yurakning armoni bor,
Sahrolarda kezib yurgan sarsoni bor.
Faqatgina Andijonda darmoni bor,
Hindistona qolib ketdi hokim mening.
Dildora:
Qobullarda qolib ketdi mushfiq onam,
Ayting do‘stlar kim tinglagay ohu – nolam.
69
Yuragimni bir iztirob tirnar bu dam,
Hindistonda qolib ketdi hokim mening.
Dilnoza:
Bog‘i shamol bo‘ylarida kezib yurdim,
Bobolarim pok ruhinini sezib yurdim.
Tuprog‘ini kaftga olib ko‘zga surdim,
SHoh, pahlavon Bobur yurti, Andijonim.
Dildora:
Bunda yashar o‘z ahdiga vafodorlar,
Ko‘zni olar lo‘ppi – lo‘ppi paxtazorlar.
Gul undirgan dalasidan ketmay qolar.
Aziz bobodehqon yurti, Andijonim.
Dilnoza: Keling Dildoraxon, she’rxonlikni biroz to‘xtatib turaylik – da, guruhlarga
shartlarimizni birma – bir tushuntirib o‘taylik.
Dildora: Demak, birinchi qism «Debocha» qismi bo‘lib, bunda har bir guruh
a’zolari o‘zlarini tanishtirish kerak bo‘ladi. Har bir guruhga 3 daqiqadan vaqt
beriladi. Bu shartimiz baholanmaydi.
Dilnoza: 1 – shart sahnaviy topishmoq deb nomlanadi. Bu shartda har bir guruhga
Zahiriddin Muhammad Bobur va uning hayotiga oid sahnalar ko‘rsatiladi.
Guruhlar bu sahna kimning qaysi asaridan olinganligini va suhbat davomida
ishtirok etayotgan ismlarni to‘liq va aniq aytib berishlari kerak bo‘ladi.
To‘liq bo‘lgan javob – 5 ball, chala javob – 2,5 ball, noto‘g‘ri javob 0 ball bilan
baholanadi. Vaqt – 4 daqiqa.
Dildora: 2 – shartimiz «Bahru bayt» bo‘lib shartda har bir guruhdan bittadan
ishtirokchi qatnashadi. Ular Bobur \azallarining matlalari va ruboiylaridan aytib,
she’rxonlik qiladilar. Belgilangan vaqt – 6 daqiqa. Oxirigacha aytsa 5 ball, to‘xtab
qolsa – 2,5 ball.
Dilnoza: 3 – shart savol – javob sharti bo‘lib, bu shartda guruhlarning zukkoligi
sinab ko‘riladi. guruhlarning har biriga 10 tadan savol beriladi, vaqt 10 daqiqa.
To‘g‘ri javobga 2 ball, chala javobga 1 ball va noto‘\ri javobga esa 0 ball.
Maxsus tayinlangan hisobchilar ballarni hisoblab borishadi.
70
Dildora: 4 – shartimiz «Uyga vazifa» bo‘lib, unda har bir guruh o‘quvchilariga
internet orqali Bobur hayoti va ijodining dunyo miqyosida o‘rganilishi haqida
ma’lumot to‘plab kelish topshiriladi.
I - guruh.
Do'stlaringiz bilan baham: |