Grimmlar tomonidan yaratilgan ertaklarning 1-jildi qachon va qaysi nom bilan nashr etilgan?
1812 yilda, “Bolalar va oilaviy ertaklar”;
1815 yilda, “Tilla g‘oz”
1822 yilda, “Uch aka-uka”;
1850, “Quyon bilan tipratikan”.
“Men odam qadam bosmagan, huvillagan bir orolda sargardon bo‘lib qoldim, qutulish uchun hech umidim yo‘q”. Bu parcha qaysi asar qahramoni kundaligidan olingan?
“Gulliverning sayohati”, Gulliver;
“Robinzon Kruzo”, Robinzon Kruzo;
d) “Pinokkioning boshidan kechirganlari”, Pinokkio;
d) “Harri Poter”, Harri Poter.
Tulki o‘tloqda yurgan g‘ozlarni yemoqchi bo‘ladi. Ular o‘limlari oldidan bitta qo‘shiq aytib, so‘ngra tulkiga yem bo‘lishlarini so‘raydi.Ammo uzundan-uzoq “g‘ag‘a” lari tulkini zeriktiradi… Bu ertak nomi va muallifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
“Tilla g‘oz”, aka-uka Grimmlar;
X.K.Andersen, “Yangi ertaklar”
“Tulki va g‘ozlar”, aka-uka Grimmlar,
“Tilla g‘oz”, Sharl Perro.
“Kitoblar jangi” nomli mashhur hajviy pamfletn kimning qalamiga mansub?
Jonatan Svivt;
Daniel Defo;
K.Chukovskiy
Sharl Perro
Golbasto Momaren Evlem Gerdaylo Shefin Molli Oliy Gu Oliy hazratlari… Bu qaysi mamlakat imperatori?
Liliputiyaning qudratli imperatori;
Angliya hukumati rahbarlari;
Laputu mamalakatining rahbari;
Nilotlar o‘lkasi rahbari.
“Gulliverning sayohatlari”da asar qahramoni qaysi o‘lkalarga sayohat qiladi?
Liliputiyaga, Laputiga, darozlar olkasiga;
“Lo‘ttibozlar akademiyasi”ga, Angliyaga
Oyga, Amerikaga, dkimsasiz orolga.
“Qizil shapkacha”, “Jimjimaloq bola”, “Zolushka”, “Etikli Mushukcha”, “Uyqudagi malika”, "Ko‘k Soqol" kabi ertaklar muallifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
Sharl Perro;
X.Andersen;
Grimmlar;
J.Rodari
U Ukrainada, janubda, Nijegorod shahridagi Boldinoda, Janubiy Ural vaOrenburg tomonlarda bo‘lib ertaklar, maqollar, matallar, qo‘shiqlar eshitgan va yozib olgan. Bu fikr kimga nisbatan aytilgan?
Marshakka;
Pushkinga;
L.Tolstoyga;
A.Tolstoyga.
U …. dostonini yozishni o‘n yetti yoshida boshlab, yigirma yoshida tugatadi. Tushirib qoldirilgan asar nomi va uning muallifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
“Shoh Saltan va knyaz Gvidon”, Pushkin;
“Ruslan va Lyudmila”, Pushkin;
“Baliqchi va uning xotini”, Grimmlar;
“Oygul bilan Baxtiyor”, H.Olimjon.
“2 yoshdan 5 yoshgacha” bo‘lgan bolalar psixologiyasining tadqiqotchisi qaysi javobda to‘g‘ri?
a)L.Tolstoy; b)A.S.Pushkin;
K.Chukovskiy;
S.Marshak.
“Men bolalarni o‘rganishga ahd qildim… Bir vaqtlar xalqqa qaytganlaridek men ham “bolalikka qaytishga” qaror qilib, kattalar jamiyati bilan munosabatimni deyarli uzdim va uch yoshli bolalar bilangina muloqotga kirishdim”,- deb yozgan edi ….o‘zining kundaliklarida. Tushirib qoldirilgan muallif nomini aniqlang.
a) L.Tolstoy; b)A.S.Pushkin;
K.Chukovskiy;
S.Marshak.
K.Chukovskiy asarlari qaysi javobda to‘gri ko‘rsatilgan?
“Shoh Saltan va knyaz Gvidon”
“Ruslan va Lyudmila”
“Baliqchi va uning xotini”
“Moydodir”, “Pashsha-xarxasha”, “Doktor Voyjonim”
“Ahmoq sichqoncha haqida ertak” qaysi ijodkor qalamiga mansub?
L.Tolstoy
A.S.Pushkin
K.Chukovskiy
S.Marshak
Tavsiya etilgan adabiyotlar: 1.АрзамасцеваИ.Н., НиколаеваС.A. Детскаялитература. M.:Aкaдeмия, 2000. 2.AfzalovM. O‘zbekxalqertaklarihaqida. T.:Fan, 1964.
3.БудурН.В., ИвановаЭ.И.,НиколаеваС.A., ЧесноковаТ.А. Зарубежная детская литература. –Moсквa, “Aкaдeмия”, 1998.
БелинскийВ.Г., ЧернишевскийН.Г.,ДобролюбовН.А. О детской литературе.
–M.,Дeт.лит. 1983
Janni Rodari. Rim ertaklari. –T.:Raduga, 1989.
ЧуковскийК.От двух до пяти. T.1,2. M.: Правда, 1990
Барищня – герцогиня. Сказки зарубежных писателей. –T.:Yosh gvardiya, 1988. 7.Svift J. Gulliverning sayohatlari. T., :Sharq, 2006.
Зарубежная литературе для детей и юношества. –M., 1989.
.БрандисЕ.От Эзопа до Джанни Родари. – M.,1980
Детская литературе Австрии, Германии, Щвецарии. Учебная хрестоматия. – M.,1997
Glossariy
Avtobiografik asar– (yun. Autos-o‘zim, bios–hayot, grafo–yozaman)– muallifning o‘z hayoti haqida izchil hikoya qilishiga asoslangan adabiy janr. Avtobiografik asar muallifi o‘z hayotini qaytadan yashab ko‘radi, uni bir butun sifatida idrok etishga intiladi. A.a.aksar hollarda mualliflarning ijodiiy yetuklik pallalarida, umrlari nihoyasida yoziladi. (mas. Oybekning “Bolalik” qissasi.) U memuar, kundalik va sayohatnomalarga o‘xshab ketsa-da, ulardan tubdan farq qiladi. Shuningdek, A. a. avtobiografik xarakterdagi asarlar hamda turli munosabatlar bilan yoziladigan tarjimayi hollardan tafovutlanadi.
Adabiyot – (ar. adab–go‘zal xulq) – keng ma’noda, inson tafakkurining mahsuli o‘laroq dunyoga kelgan, o‘qish uchun mo‘ljallab yozilgan asarlar jami. Tor ma’noda – so‘z san’ati, badiiy adabiyot.
Adabiyotshunoslik–(ar. –adab, fors. tanish, o‘rganish)– badiiy adabiyotning kelib chiqishi, mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy aloqalarni o‘rganuvchi fan. A.ning obyekti bo‘lmish badiiy adabiyotga taalluqli ilmiy muammolar ko‘lami- predmeti juda keng. Zamonaviy A. fani uchta asosiy sohadan tashkil topadi: adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid. Uning matnshunoslik, manbashunoslik, bibliografiya singari yordamchi sohalari ham mavjud.
Allegoriya–(yun. allos-o‘zgacha, agoreuo-gapiraman)– 1) mavhum tushuncha yoki hodisani konkret narsa orqali ifodalashga asoslangan ko‘chim turi. Mas. tulki– ayyorlikni ifodalaydi.
Alliteratsiya– (lot.al- yonida, litera–harf) – she’riy nutqda (nasrda nisbatan kam) bir xil undosh tovushlarning takrorlanishiga asoslangan ifodaviylikni kuchaytiruvchi vosita, takrorning fonetik sathdagi xususiy ko‘rinishi. Mas. sochilgan sochingdek sochilsa siring (Cho‘lpon).
Annotatsiya– (lot. annotatio- izoh, sharh) – asar mazmunining qisqacha bayoni. Noshirlik amaliyotida kitoblarning ichki muqovasida, ilmiy maqolalarning sarlavhasidan keyin beriladi. A. asarning o‘ziga xos pasporti bo‘lib, u bilan umumiy tarzda tarzda tanishtiradi.
Antologiya– (yun. guldasta)– biror milliy adabiyot, davr, adabiy yo‘nalishga mansubligi jihatidan tanlangan ijodkorlar asarlaridan namunalarni jamlovchi to‘plam.
Do'stlaringiz bilan baham: |