Jahon bozori tovar, mehnat, kapital va valyuta bozorlari majmuidan tashkil topadi. Jahon bozorida barcha mamlakatlar tashqi savdosining majmuini ifoda etadigan xalqaro savdo amalga oshiriladi. Bu tarkiban jahon miqyosidagi eksport va importdan iborat, ularning qiymat bo’yicha nisbati savdo balansi deb yuritiladi.
Xalqaro savdoning tovar tarkibi
Xomashyo tovarlari – qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, baliqchilik va ov mahsulotlari, qayta ishlash uchun katta sarf xarajat talab etmaydigan qazilma boyliklar;
Yarimtayyor mahsulot – yakunlovchi qayta ishlashni talab etadigan mahsulotlar;
Tayyor mahsulotlar – oxirigacha tayyor mahsulotlar;
Qisqa muddatda foydalanuvchi tayyor sanoat mahsulotlari – 1 yil va undan qisqa davrda ishlatiladigan tovarlar;
Uzoq muddatda ishlatiladigan tovarlar – 1 yildan uzoq ishlatiladigan tovarlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |