133
20-rasm. Polotno to‘qishni qog‘ozda amaliy bajarish.
a
b
d
va moslamalar: rangli qog‘oz, qaychi,
yelim, cho‘tka, chizg‘ich, santimetr, albom,
ish qutichasi.
Ikki xil qog‘ozdan polotno to‘qishni
ko‘rsatish. Gazlama to‘qishda bo‘ylama
qog‘oz – tanda va ko‘ndalang qo-
g‘oz – arqoq hisoblanadi (19-rasm).
Polotnoni qog‘ozdan to‘qish, odatda,
quyidagi bosqichda amalga oshiriladi:
1. O‘lchamlari 105x150 mm li oq qog‘oz olib,
oralari uzu-
nasiga bir xil qilib chizg‘ichda chizib olinadi, so‘ngra to‘g‘ri
qilib kesib chiqiladi (kesiklar soni juft bo‘lsin). Shunda ular-
ning oralaridan to‘qib o‘tkaziladigan qog‘oz tasmalarning
ikkala uchini ham oq qog‘ozning
orqasiga keltirish mumkin
(20-rasm,
a).
2. Rangli qog‘ozdan tasmalar qirqiladi (20-rasm,
b). Tasma-
ning eni oq qog‘ozdagi ikki kesik o‘rtasidagi masofaga
teng bo‘ladi. Uzunligi esa oq qog‘ozning bo‘yi bilan baro-
bar bo‘lsin. Oq qog‘ozdagi kesiklar bo‘ylama (tanda),
rangli
qog‘ozli tasmalar esa ko‘ndalang (arqog‘i) bo‘ladi.
3. Rangli tasmalarni oq qog‘ozning orqa tomonidan
o‘tkaziladi. Ularni navbatma-navbat, goh tanda ostidan,
goh ustidan o‘tkazib to‘qiladi.
Har bir tasmaning uchi oq
19-rаsm. Pоlоtnо
to‘qilishi.
134
qog‘ozning orqa tomonidan kirib to‘qib borilib, oxirida yana
orqa tomoniga chiqib tugasin. Ularning har ikkala uchi oq
qog‘ozga yelimlab qo‘yiladi.
4. Tayyorlangan namuna albomga yopishtiriladi.
Polotno to‘qishni amalda karton va ipda
bajarish
quyida-
gichadir:
1. Ignaga ipni o‘tkazib ramkaga mahkamlanadi (21-rasm,
a).
2. Ipni ramkadan bo‘ylamasiga aylantirib tortiladi. Bu
bo‘ylama ip bo‘ladi (21-rasm,
b).
3. Boshqacha rangli ipni ikki qavat qilib mokiga o‘raladi
va bo‘ylama iplar orasidan (birining ustidan, ikkinchisining
ostidan) o‘tkaziladi. Bu ko‘ndalang iplar bo‘ladi (21-rasm,
d).
4. Ish so‘ngida ipni uzmay, oxirgi ipni aylantirib qaytarila-
di. Gazlamaning enida ikki tomonida milk hosil bo‘ladi (21-
rasm,
e).
5. Tayyorlangan namunani ramkasi
bilan albomga yopishti-
riladi (21-rasm,
f).
Sarja to‘qilishining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shun-
daki, to‘qilish moslamasi (rapporti)da eng kam ishtirok etadi-
gan iplar soni 3 ta bo‘ladi va har bir arqoq ipi tashlanganda,
to‘qilish naqshi bir ipga suriladi.
Sarja to‘qishni amalda bajarish quyidagicha (22-rasm)
.
b
21-rasm. Polotno to‘qishni amalda
karton va ipda bajarish
a
d
f
e
135
22-rasm. Sarja to‘qish va uni amalda bajarilishi.
1. Sarja to‘qishda ham xuddi polotno o‘rilishi kabi shu
o‘lchamdagi oq va rangli qog‘ozlar olinadi hamda o‘sha tar-
tibda kesib olinadi.
2. Rangli lentalarni oq qog‘ozning orqa tomonidan
o‘tkaziladi. Ularni birinchi qatorda navbatma-navbat, goh
2 ta tanda ostidan, goh 1 ta tanda ustidan o‘tkazib to‘qiladi.
3. Ikkinchi qatorda lentalarni birinchi 1 ta tanda ostidan,
goh 1 ta tanda ustidan va goh 2 ta tanda ostidan o‘tkazib
to‘qiladi va oxirida yana orqa tomoniga chiqib tugaydi.
4. Uchinchi qatorda lentalarni goh 1
ta tanda ustidan va
goh 2 ta tanda ostidan o‘tkazib to‘qiladi.
5. To‘rtinchi qator birinchi qatordagi kabi qaytadan boshlab
to‘qiladi. Hamma qatorda lentalarning har ikkala uchini oq
qog‘ozga yelimlab qo‘yiladi.
6. Tayyorlangan namuna albomga yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: