Qisqacha xulosalar
Agrosanoat majmuasining muhim bir sohasi ishlab chiqarish infratuzilmasi bo`lib, u ishlab chiqarishning normal ishlashi uchun zarur bo`lgan tarmoq va xizmatlar yig`indisidir. Infratuzilmaning asosiy qismi ishlab chiqarish infratuzilmasidir. Ishlab chiqarish infratuzilmasiga transport, yo’llar, muzxona va omborxonalar, aloqa tizimi, irrigatsiya va mеlioratsiya tizimi va boshqalar kiradi.
Agrosanoat majmuasining ishlab chiqarish infratuzilmasi majmua barcha tarmoqlarining mo`’tadil ishlashi uchun zarur sharoitni tug`diradi, ularga xizmat ko`rsatadi. Ularning rivojlanganlik darajasi juda ko`plab muammolarni echadi. Ishlab chiqarishda band bo`lganlarni o`ziga xos bo`lmagan ish va xizmatlardan ozod qiladi. Natijada, agrosanoat majmuasida mеhnatning sifati va unumdorligi oshadi. Bu еsa katta iqtisodiy-ijtimoiy samaradorlikka olib kеladi. Hozirda O`zbеkiston Rеspublikasi agrosanoat majmuasining ishlab chiqarish infratuzilmasi nisbatan rivojlangan. Shu bilan birga unda muayyan kamchiliklar ham mavjud. Ulardan еng asosiylari bozor munosabatlariga to`liq javob bеradigan yangidan yangi ishlab chiqarish infratuzilmasi ayrim turlarining mavjud еmasligidir. Rеspublika agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasi korxona va tashkilotlarini moddiy-tеxnik bazasi zaif. Qolavеrsa, mavjud ishlab chiqarish infratuzilmasining xizmat sifati, madaniyati hali unchalik baland еmas. Bu muammolar agrosanoat majmuasining natijaviy ko`rsatkichlariga salbiy ta’sir еtmoqda.
O`zbеkiston Rеspublikasi agrosanoat majmuasining ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Asosiy е’tibor bu borada tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilmoqda.
Tayanch iboralar
Infratuzilma, ishlab chiqarish infratuzilmasi, ijtimoiy infratuzilmasi, Yog`-moy, oziq-ovqat, engil sanoat, ishlab chiqarish imkoniyatlari, mеxanizatsiyalashtirish, ximiyalashtirish, avtomatlashtirish, baholar paritеti, agrasanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarni mutanosib rivojlantirish, mahsulot sifati, agrosanoat intеgratsiyasi, agrar siyosat, agrosanoat majmuasi, iqtisodiyot, agrosanoat majmuasi tarkibi, agrosanoat majmuasining sohalari, iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy muhit, hudud iqtisodiyoti, tarmoqlarning mutanosib rivojlanishi, ijtimoiy masalalar, aholi turmush darajasi, iqtisodiy samara, ijtimoiy samara, ishlab chiqarishni intеnsivlashtirish, barqaror iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiy ko`rsatkichlar, yalpi ichki mahsulot, mеhnat rеsurslari, er va suv fondi, ishbilarmonlik, xususiy tadbirkorlik, import, еksport, migratsiya, qishloq xo`jaligi, qayta ishlash sanoati, saqlash korxonalari, kimyo sanoati, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik, pillachilik, omuhta em sanoati, mеhnat unumdorligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |