Matematik qobiliyatlar murakkab ya`ni tarkibiy qismlardan iboratdir. Masalan, mantiqiy fikrlash qobiliyati
ko`p komponentlarni o`z ichiga oladi: bular analiz qilish, umumlashtirish, abstraksiyalash va shunga o`xshash
qobiliyatlardan iboratdir.
Matematik olim V.A.Kruteskiy ko`p yillik tadqiqotlari natijasida matematik qobiliyatlar tuzilishida quyidagi
asosiy tarkibiy qismlarni ajratib ko`rsatadi:
1) matematik materialni formalashtirib idrok qilish, ya`ni aniq masalada uning matematik formasini tezgina
sezib ola bilish;
2) matematik ob`ektlarni, nisbatlarni va amallarni tez va keng ravishda umumlashtirish;
3) matematik mulohaza jarayonini va tegishli amallar sistemasini «ixchamlash», ya`ni mulohazaning bazi
oraliq guruhlarini o`z –o`zidan ma`lum faraz qilib tashlab ketish;
4) matematik maqsadlarni yechishda fikrlash jarayonining uyg`unligi;
5) to`g`ri fikrlashdan teskari fikrlashga tez o`ta bilish imkoniyati;
6) aqliy zo`riqishni o`ziga xos tejashga harakat qilish - matematik masalalarni, aniq ratsional ravishda
yechishga intilish;
7) matematik xotira.[2.56.]
Bu masalani hal qilish uchun sinfdagi butun o`quv ishlarini «o`rtacha» o`quvchiga moslashtirish yaramaydi,bu
bilan qobiliyatli va kam qobiliyatli o`quvchilarga zarar yetkaziladi. Ravshanki, sinfda mustaqil ishlarga ham katta
ahamiyat berish kerak. Bunda ular tafakkurning kuchli yoki kuchsiz tomonlariga moslab ish olib borishlari lozim.
Bundan, matematikaga doir didaktik materiallar (tarqatmali-topshiriqlar, daftarlar, bosma varaqlar boshqalar) da dastur
materiallarini o`zlashtirishnigina emas, balki maxsus matematik qobiliyatlarni rivojlantirishni ko`zda tutish ham
lozimligi kelib chiqadi. Aniqroq qilib aytganda: matematik qobiliyat va tafakkur matematikadan maktab kursi
dasturining butun bo`limlarini o`rganish davomida rivojlantirishi kerak. Bu hol matematik haqiqatga erishishga , ular
bilan bog`liq bo`lgan izlanishlarga , sinashlar, xatolarga, aqliy mehnat usullarini anglashga alohida e`tibor berishga
majbur qiladi. O`qituvchining barcha ishlar metodikasi ana shu qoidalarga asosan tuzilishi kerak.
Matematik bilimlarni bolalar aniq tushshunishi uchun moslashtirilgan narsalarni o`zaro bog`liqlikda, biridan
ikkinchisini hosil qilish tartibida keltirib chiqaradilar.
O`quvchilarga taqqoslash asosida umumlashtirishni ham o`rgatish lozim. Bu umumlashtirsh son, geometrik
figura, arifmetik amallarning xossalarida, shuningdek hisoblash va masalalar yechish usullariga taalluqlidir.
O`quvchilar alohida hodisa va faktlarni kuzatish asosida «induksiya» deb ataluvchi fikrlash formasini ham qo`llaydilar.
Masalan, o`quvchi bir sonni ikkinchi songa ko`paytirish birinchi sonni o`z - o`ziga shuncha marta qo`shish ekanini
qoida sifatida bilgani holda, bu qoidani alohida bir misolga tadbiq etadi .Bu esa o`quvchining deduktiv xulosa chiqarishi
bo`ladi.
O`qitish samaradaorligining zaruriy va muhim sharti o`quvchilarning o`rganilayotgan materialni
o`zlashtirishlari ustidan nazoratdir.Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan: uy vazifalarini
tekshirish, testlar, texnik vositalar yordamida sinash. Didaktikada dars turiga, o`quvchilarning yosh xususiyatlariga va
boshqalarga bog`liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalarni va
shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan.
Boshlang`ich maktabda matematika o`qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o`quvchilardan
individual va yozma so`rov o`tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba`zi didaktik materiallar dasturning
chegaralangan doiradagi masalalarning o`zlashtirishni nazorat qilish uchun, boshqalari boshlang`ich maktab matematika
kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo`ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa kam
komplektli maktablarda ) o`qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun
materiallar ko`proqdir.
Boshlang`ich maktabda matematikadan barcha didaktik materiallar uchun umumiy narsa topshiriqlarning
murakkabligi bo`yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallarni tuzuvchilarning g`oyasiga ko`ra o`quvchining ma`lum
mavzu bo`yicha topshiriqning biror usulini bajarishi o`quvchining bu mavzuni faqat o`zlashtirganligi haqidagina emas,
balki uni to`la aniqlangan darajada o`zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: