Agar fanga oid terminlar noaniq bo‘lsa, fanning o‘zi noaniqdir



Download 1,99 Mb.
bet59/77
Sana23.01.2022
Hajmi1,99 Mb.
#402979
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   77
Bog'liq
2 5199426415707030200

Kislorod

O2dikislorod

Metallmas. Rangsiz gaz, suyuq holda – och-zangori, qattiq holda – ko‘k. Suyuq O2 ning qaynash harorati N2 ga nisbatan ancha yuqori. Havoning tarkibiy qismi, O2 ning miqdori 20,95% (um.), 23,15% (mass.) [Mr(havo) = 28,966, ρ(havo) = 1,293 g/l (n.sh.)]. Suvda yomon eriydi (N2 ga nisbatan ko‘proq). Reaksion qobiliyati yuqori (ayniqsa yuqori haroratda), ko‘pchilik metall va metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi, ko‘pgina anorganik birikmalarni oksidlaydi. Qora-Pt, aktivlangan ko‘mirda xemosorbsiyalanadi. Ko‘pgina birikmalarning termik parchalanishidan hosil bo‘ladigan yoki bevosita reaksion muhitda O2 dan sun’iy olinadigan atomar kislorod oksidlovchi sifatida juda faol (O3 ga nisbatan ham faolroq). Tabiiy kislorod 16O izotopini (17O, 18O qo‘shimchalari bilan) saqlaydi.



Mr = 31,998; d(q) = 1,288(– 219); d(c) = 1,14(– 183); ρ = 1,42895 g/l (n.sh.);

tsuyuq = – 218,7 °S; tqayn = – 182,962 °S;

1. O2 = 2O0 (elektr razryadi; UB-nurlantirish; t > 2000 °S),

O2 + O0 = O3.

2. O2 HO2, H2O2, H2O3, H2O4 (– 196 °S, elektr razryadi).

3. O2 + 2H2 = 2H2O (550 °S, H2 ning O2 da yonishi)

elementar reaksiyalar: O2 + H2 = 2OH0, OH0 + H2 = H2O + H0, H0 + O2 = OH0 + + O0, O0 + H2 = OH0 + H0.

4. O2 + 2H0(Zn, suyul. HCl) = H2O2.

5. O2 + F2 = O2F2 (– 183 °S, elektr razryadi),

O2 + N2 = 2NO (elektr razryadi).

6. O2 + S = SO2 (havoda yonishi),

5O2 + 4P(qizil) = P4O10 (havoda yonishi).

7. O2 + C(grafit) = CO2 (600 – 700 °S, havoda yondirish),

O2 + 2C(grafit) = 2CO (t > 1000 °S).

8. O2(havo) + 4Li = 2Li2O (t > 200 °S, Li2O2 qo‘shimchasi).

9. O2 + 2Na = Na2O2 (havoda yondirish, Na2O qo‘shimchasi),

O2 + Na2O2 = 2NaO2 (400 °S, p).

10. O2(havo) + K = KO2 (K2O2 qo‘shimchasi),

O2(havo) + M = MO2 (M = Rb, Cs).

11. O2 + 2Mg = 2MgO (havoda yonishi),

3O2 + 4Al = 2Al2O3 (havoda yonishi).

12. O2 + Ca = 2CaO (t > 300 °S).

13. 2O2 + 3Ba = 2BaO + BaO2 (havoda yonishi),

O2 + 2Ba = 2BaO (t > 800 °S),

O2 + 2BaO = 2BaO2 (t ≤ 500 °S),

O2 + BaO2 = Ba(O2)2 (t ≤ 100 °S, p).

14. O2 + 2Zn = 2ZnO (havoda yonishi),

O2 + 4Cu = 2Cu2O (160 – 250 °S).

15. O2 + 4Fe(OH)2(suspenziya) = 4FeO(OH)↓ + 2H2O,

O2 + 4Cr(OH)2 + 2H2O = 4Cr(OH)3↓.

16. O2 + H2SO4(suyul.) + Pb = PbSO4↓ + H2O2,

O2 + 4H2O + 2TiCl3 + 6HCl(suyul.) = H2O2 + 2H2[TiCl4(OH)2],

O2 + 2H[SnCl3] + 6HCl(suyul.) = 2H2[SnCl4] + 2H2O.

17. 11O2 + 4Fe(S2) = 2Fe2O3 + 8SO2 (havoda kuydirish).

18. O2 + 2Co(NO3)2 + 10(NH3∙H2O) = [Co2(NH3)10(μ-O22–)(NO3)4] + 10H2O.

19. O2 + HemFe = [HemFe ← O = O] (HemFe – qon gemoglobinining gem-guruhi).

20. O2 + PtF6 = (O2+)[PtF6],

O2 + E + 3F2 = (O2+)[EF6] (150 – 500 °S, p; E = As, Sb, Bi, Nb, Ru, Rh, Pt, Au).
O3ozon

Och-zangori gaz, suyuq holda – to‘q-ko‘k, qattiq holda – qoramtir-binafsha (deyarli qora). Sovutilgan suyuqlik ko‘rinishida –250 °C gacha turishi mumkin. Suvda yomon eriydi; uglerod tetraxlorid va turli ftorxloruglerodlarda yaxshi eriydi. Juda kuchli oksidlovchi (O2 dan ancha kuchli, lekin O0 dan kuchsiz); xona haroratida ishqorlar, metallar (Sn, Ni, Pt, Cu va Ag dan tashqari) bilan reaksiyaga kirishadi. Atmosferada UB-nurlar ta’sirida O2 dan (4022) yoki maxsus asbob – ozonatorda hosil bo‘ladi.



Mr = 47,997; d(q) = 1,73(– 193); d(c) = 1,46(– 112); ρ = 2,144 g/l (n.sh.);

tsuyuq = – 192,7 °S; tqayn = – 111,9 °S;

1. O3 = O2 + O0 (UB-nurlantirish),

O3 + O0 = 2O2 (UB-nurlantirilganda kat. NO, Cl2, Pt, CuO, CClF3).

2. 2O3 = 3O2 (250 °S, kat. MnO2),

2O3(er) 3O2(er) (20 °S).

3. O3 + H2O2 = 2O2 + H2O.

4. 2O3 + 2H0 = 2HO2 + O2 (– 196 °S; H2O2, H2O3, H2O4 qo‘shimchalari).

5. O3 + M2O2 = MO3 + MO2 (M = K, Rb, Cs; suyuq CCl2F2 da),

O3 + MO2 = MO3 + OH0 (20 °S).

6. O3 + MOH = MO3 + OH0 (M = K, Rb, Cs; suyuq NH3 da).

7. O3 + NH3(c) + Li = [Li(NH3)4]O3 (– 40 °S).

8. O3 + NO = NO2 + O2 (Er atmosferasi ozon qatlamining emirilishi).

9. O3 + H2O + KI = I2↓ + O2↑ + 2KOH,

3O2 + KI = KIO3 + 3O2↑ (kons. KOH da).

10. 2O3 + 2Ag = (AgIAgIII)O2 + 2O2 (20 °S).

11. O3 + H2S(g) = SO2 + H2O,

4O3 + 3H2S(er) = 3H2SO4.

12. 4O3 + 3PbS = 3PbSO4 (20 °S).

13. O3 + Mn(NO3)2 + H2O = MnO2↓ + O2↑ + 2HNO3.
Oltingugurt
S – oltingugurt


Xalkogen, metallmas. Sariq, ikkita allotropik modifikatsiyada (rombik α-oltingugurt, monoklin β-oltingugurt) va amorf shaklda (plastik oltingugurt) uchraydi. Kristall holda yassi bo‘lmagan siklik S8 molekulalaridan tarkib topgan. Etanolda yaxshi erimaydi, uglerod sulfid va suyuq ammiakda yaxshi eriydi (qizil eritma). Suyuq suv, yod bilan ta’sirlashmaydi. Konsentrlangan sulfat va nitrat kislotalar ia’sirida oksidlanadi, ishqorlar va ammiak gidrati eritmalarida dismutatsiyaga uchraydi. Metallar, vodorod, kislorod, galogenlar bilan reaksiyaga kirishadi.



Mr = 32,066; d = 2,07(α), 1,96(β); tsuyuq = 119,3 °S; tqayn = 444,674 °S;

t(α→β) = 95,5 °S.
1. 3S + 2H2O(bug‘) = 2H2S + SO2 (t > 400 °S).

2. S + 2H2SO4(kons.) = 3SO2 + 2H2O (qayn.),

S + 6HNO3(kons.) = H2SO4 + 6NO2 + 2H2O (qayn.).

3. 4S + 6NaOH(kons.) = Na2SO3S + 2Na2S + 3H2O (qayn., Na2SO3 qo‘shimchasi),

4S + 4(NH3∙H2O)[kons., issiq] = (NH4)2SO3S + 2NH4S + H2O.

4. S + H2 = H2S (150 – 200 °S).

5. S + O2 = SO2 (280 – 360 °S, havoda yonishi, SO3 qo‘shimchasi).

6. S + 3F2 = SF6 (20 °S).

7. S + Cl2 = SCl2 (t ≤ 20 °S),

2S + Cl2 = S2Cl2 (125 – 130 °S),

2S + 2Cl2 + O2 = 2SCl2O (180 – 200 °S, kat. aktivlangan ko‘mir).

8. 2S + Br2 = S2Br2 (100 °S, p).

9. 2S + C(grafit) = CS2 (700 – 800 °S).

10. S + 2Cl2 + 4NaF = SF4 + 4NaCl (200 – 300 °S, p).

11. S + HI(q) = I2 + H2S (500 °S).

12. 3S + 2Cl2O2(c) = SCl2 + S2Cl2 + 2SO2 (kat. AlCl3).

13. S + 4CoF3 = 4CoF2 + SF4 (350 – 400 °S).

14. 3S(c) + 2AgF = Ag2S + S2F2[(– SF)2 izomeri],

3S + NF3 = S(N)F + S2F2 [S(S)F2 izomeri] (400 °S, vak.).

15. S + 2Na = Na2S (t > 130 °S),

3S + 2Al = Al2S3 (150 – 200 °S).

16. (n – 1)S + Na2S(er) = Na2(Sn) [qayn.],

S + Na2SO3(kons.) = Na2SO3S (qayn.).

17. 3S + SO2 = 2S2O [aniqrog‘i S(S)O] (t > 100 °S, vak., elektr razryadi),

2S + CuO = Cu + S2O [aniqrog‘i S(S)O] (150 – 200 °S, vak.).

18. 10S + 12AgI + 16NH3(c) = S4N4 + 6Ag2S↓ + 12NH4I.

19. 8S + 6SO3 + H2SO4(suvsiz) = (S82+)(HS3O10)2↓ + SO2↑ (sovuqda).

20. S (S162+)[EF6]2, (S82+)[EF6]2, (S42+)[EF6]2 (E = As, Sb).

21. S8(g) S6(g) S4(g) S2(g) S(g).


Selen

Se – selen

Xalkogen, metallmas. Kristall modifikatsiyalar ko‘rinishida mavjud bo‘ladi: kulrang (metallsimon) α-Se – barqaror va qizil β-Se – beqaror; shuningdek amorf Se ham mavjud (kulrang yoki qizil), maxsus sharoitlarda to‘q-sariq kolloid Se ham olingan. Gaz holda sariq. Qizil β-Se asosan Se8 mole-kulalaridan tarkib topgan. Amorf Se ozroq uglerod sulfidda eriydi. Suv, vodorod xlorid, yod bilan ta’sirlashmaydi. Sulfat kislota (β-Se dan tashqari), nitrat kislota, ishqorlar, vodorod galogenidlar, metallar, bilan reaksiyaga kirishadi.



Mr = 78,96; d = 4,79(α), 4,46(β), 4,28(amorf);
Tellur

Te – tellur


Xalkogen, metallmas. Kulrang, metall yaltiroqlikka ega. Gazsimon holda sariq rangga ega, Te2 molekulalaridan iborat. Suv, vodorod xlorid, oltingugurt, azot bilan reaksiyaga kirishmaydi. Konsentrlangan oksidlovchi-kislotalar va ishqorlar, atomar vodorod, kislorod, galogenlar, metallar bilan reaksiyaga kirishadi.



Mr = 127,60; d = 6,00 ÷ 6,25;

tsuyuq = 449,8 °C; tqayn = 990 °C.
AZOT GRUPPACHASI METALLMASLARI
Asosan bu gruppachaga N,P,As,Sb,Bi – elementlari kiradi bulardan N,P,As – metallmaslar va Sb,Bi – metallar bo‘lib, N,P,As,Sb – tabiatda keng tarqalgan, Bi – sun’iy ravishda radioaktiv reaksiya yordamida olinadi.
UMUMIY TAVSIFI


Element

7N

15P

33As

51Sb

Er sharida massa ulushi,%

0,04







Asosiy tabiiy birikmalari (qavsda – minerallarning nomi)

Erkin holda atmosfera havosida hajmiy ulushi 78,2%, massa ulushi 75,6%; NaNO3 (chili selit-rasi); KNO3 (hind selitrasi)

Ca3(PO4)2 (fosforit); Ca5(PO4)3(OH) (gidroksiapatit); Ca3(PO4)2∙CaF2

(ftorapatit)



As2S3 (auripig-ment); As4S4 (realgar); FeAsS (arsenopirit yoki mishyak kolchedani)

Sb2S3 (antimonit yoki surma yaltirog‘i)

Tabiiy izotoplarining massa soni (qavslarda tabiiy aralash-madagi massa ulushi, %)

14 (99,635)

15 (0,365)



31 (100)

75 (100)

121 (57,25)

123 (42, 75)



Rangi

Rangsiz gaz

Oq. Qizil. Qora

Kulrang

Kumushrang-oq

Zichligi, g/sm3­

1,0002 (50K)

2,000 – 2,400

5,778

6,69

Atomning kovalent radiusi, nm

0,075

0,106

0,120

0,140

Atomning metall radiusi, nm

0,092

0,128

0,139

0,159

Ion radiusi, nm

E3– *

E3+

E5+



0,148

0,116


0,013

0,186

0,044


0,017

0,192

0,058


0,046

0,208

0,076


0,060

Birikmalardagi oksidlanish darajasi

– 3, – 2, – 1, +1, +2, +3, +4, +5

– 3, +1, +3, +4, +5

– 3, +3, +5

– 3, +3, +5


OLINISHI

Olish usullari. N2sanoatda: suyuq havodan rektifikatsiya qilib olinadi. Suyuq O2 va N2 larning qaynash haroratlari tegishlicha –183 va –195,8 °S ga teng bo‘lgani uchun oldin N2 uchib chiqadi;

laboratoriyada: 1) ammiakning oksidlanishi:

2NH3 + 3CuO N2 + 3Cu + 3H2O,

4NH3 + 3O2 2N2 + 6H2O;

2) azot birikmalarining ichki molekulyar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari:

NH4NO2 N2 + 2H2O,

(NH4)2Cr2O7 N2 + Cr2O3 + 4H2O,

2N2O 2N2 + O2,

2NaN3 3N2(o‘ta toza) + 2Na;

3) nitrat kislotaning qaytarilishi:

5Mg + 12HNO3(suyul) → N2 + 5Mg(NO3)2 + 6H2O.

R – elektr pechlarda quyidagi reaksiya orqali olinadi:

Ca3(PO4)2 + 5C + 3SiO2 P2↑ + 3CaSiO3 + 5CO.

Bug‘lar suv ostida tezda kondensatsiyalanganda oq fosfor hosil bo‘ladi. Oq fosfor havosiz joyda uzoq vaqt qizdirilganda qizil fosfor hosil bo‘ladi:

P(oq) R(qizil); ∆N° = – 18,41 kJ.

Qora fosfor oq fosforni 200S va juda yuqori bosimda (1,212∙106 kPa) qizdirib yoki odatdagi bosimda va Hg ning katalitik ta’siri ostida olinadi.

As – arsenopiritni havosiz joyda termik parchalash:

FeAsS As↑ + FeS.

Sb – Sb (III) sulfidni Fe bilan suyuqlantirish:

Sb2S3 + 3Fe 2Sb + 3FeS.

As, Sb, Bi – tabiiy sulfidlardan quyidagi sxema bo‘yicha olinadi:

E2S3(FeAsS) E2O3(As2O3) E(As↑) + CO (E = Sb, Bi).
ISHLATILISHI
N2 dan ammiak va HNO3 sintez qilishda foydalaniladi, ulardan turli-tuman kimyoviy birikmalar: azotli o‘g‘itlar (suyuq NH3, NaNO3, KNO3, Ca(NO3)2, NH4NO3, CO(NH2)2), qora porox (75% KNO3, 15% C, va 10% S aralashmasi), portlovchi modda (ammonal – NH4NO3, Al kukuni va S aralashmasi), organik moddalar va h. olinadi. Azot shuningdek, sintezlar o‘tkazishda inert muhit hosil qilish uchun ishlatiladi.

R dan R2O5, N3RO4 olishda, organik sintezlarda, gugurt ishlab chiqarishda foydalaniladi. Qizil fosfor, surma (III)-sulfid, temir surigi (kvars aralashgan tabiiy temir (III)-oksid) va elimdan aralashma tayyorlab, gugurt qutisining yon sirtlariga surtiladi. Gugurt kallagi asosan bertole tuzi, maydalangan shisha, oltingugurt va elimdan tarkib topgan bo‘ladi. P, As, Sb, Bi qotishmalar tarkibiga kiradi.

Fosfor birikmalari yuvuvchi vositalar (fosfatlar va polifosfatlar), biologik faollikka ega bo‘lgan elementorganik birikmalar sintez qilish uchun (PCl3, PCl5, POCl3, PH3), fosforli o‘g‘itlar: fosforit talqoni – Ca3(PO4)2 (tabiiy), bu suyaklarni kuydirib ham olinadi, oddiy superfosfat – Ca(H2PO4)2 + 2CaSO4, qo‘sh superfosfat – Ca(H2PO4)2, pretsipitat – CaHPO4∙2H2O, ammofos – NH4H2PO4 + (NH4)2HPO4 ishlab chiqarishda; qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi kurashda (Na3AsO4, Ca3(AsO4)2, Ca(AsO2)2), yarim o‘tkazgichli texnikada (GaSs, InSb, InAs, Bi2Te3, Sb2Te3 va boshq.), tibbiyotda: kam qonlikda (Na2AsO4∙7H2O), stomatologiyada nekrozga qarshi vosita sifatida (As2O3, KAsO2), me’da-ichak kasalliklarini davolashda va teri yallig‘lanishida ishlatiladigan malham dorilari (Bi(OH)2NO3, BiONO3, BiOOH) sifatida va boshqa turli kasalliklarda azot saqlovchi preparatlar – aminokislotalar, gormonlar, vitaminlar va boshqalar keng ishlatiladi.
Azot

N2diazot


Metallmas. Rangsiz gaz, rangsiz suyuqlikka kondensatlanadi (suyuq kisloroddan farqli), suyuq kislorodga nisbatan quyi haroratda qaynaydi. Qattiq holatda oq. Havoning tarkibiy qismi, N2 ning miqdori 78,09% (um.) yoki 75,5% (mass.) ga teng [Mr (havo) = 28,966, ρ (havo) = 1,293 g/l (n.sh.)]. Suvda yomon eriydi (kislorodga nisbatan ham yomon), suyuq oltingugurt dioksidda yaxshi eriydi. Oddiy sharoitda kimyoviy passiv; kislotalar, ishqorlar, ammiak gidrati, galogenlar, oltingugurt bilan reaksiyaga kirishmaydi. Elektr razryadi ta’sirida kam darajada H2 va O2 bilan ta’sirlashadi. Nam joyda litiy bilan xona haroratida birikadi. Qizdirilganda Mg, Ca, Al va boshqa metallar bilan reaksiyaga kirishadi. Maxsus sharoitlarda bir atomli azot hosil bo‘lib, u yuqori kimyoviy faolikka ega, xona haroratida vodorod, kislorod, oltingugurt, fosfor, mishyak, simob va boshq. bilan ta’sirlashadi. Tabiiy azot 14N (15N qo‘shimchasi bilan) izotopidan tarkib topgan.



Mr = 28,014; d(q) = 0,8792; d(c) = 0,808 –196; ρ = 1,25056 g/l (n.sh.);

tsuyuq = – 210,0 °C; tqayn = – 195,802 °C; vs = 2,35(0), 1,54(20), 0,96(80).
1. N2 = 2N0 (vak., elektr razryadi).

2. N2 + 3H2 = 2NH3 (20 °C, elektr razryadi; deyarli bormaydi),

N2 + 3H2 = NH3 (500 °C, p, kat. Fe, Pt).

3. N2 + H2 = N2H2(g) (1000 °C).



diimin

4. N2 + O2 = 2NO (20 °C, elektr razryadi; deyarli bormaydi),

N2 + O2 = 2NO (2000 °C, kat. Pt/MnO2).

5. 2N2(c) + 3O2(c) = N2O3 (elektr razryadi).

6. N2 + 3F2 = 2NF3 (elektr razryadi).

7. N2 + 2C(grafit) = C2N2 (elektr razryadi).

8. N2(nam) + 6Li = 2Li3N (20 °C),

N2 + 6Na = 2Na3N (100 °C, elektr razryadi).

9. N2 + 3Mg = Mg3N2 (havoda, 700 – 800 °C).

10. N2 + 2Al(kukun) = 2AlN (800 – 1200 °C).

11. N2 + 3LiH = Li3N + NH3 (500 – 600 °C).

12. N2 + CaC2 = Ca(CN)2 (300 – 350 °C).

N2 + CaC2 = CaCN2 + C(grafit) [1000 – 1150 °C].

13. N2 + 5HCl(kons.) + 4[Cr(H2O)4Cl2] = N2H5Cl + 4[Cr(H2O)4Cl2]Cl,

2N2 + H2SO4(kons.) + 4H2O + 4VSO4 = (N2H5)2SO4 + 4(VO)SO4 (qayn.).

14. N2 + 8HCl(kons.) + 6[Ti(H2O)6]Cl3 = 2NH4Cl + 6[Ti(H2O)2Cl4] + 24H2O.


Fosfor

P – fosfor
Metallmas. Bir necha allotropik shakl o‘zgarishlari uchraydi.

O q fosfor P4 molekulalaridan tarkib topgan, metabarqaror, xona haroratida mum kabi yumshoq (pichoq bilan kesiladi), sovuqda mo‘rt. Parchalanmasdan suyuqlanadi va qaynaydi, kuchsiz qizdirilganda uchuvchan, suv bug‘i bilan haydaladi. Havoda sekin oksidlanadi (PO radikallari ishtirokidagi zanjir reaksiya, xemilyuminessensiya), kuchsiz qizdirilganda kislorod ishtirokida alangalanadi. Uglerod sulfid, suyuq PCl3, PBr3, NH3, S2Cl2 va SO2 da yaxshi eriydi. Uglerod tetraxloridda yomon eriydi. Suvda erimaydi, suv qatlami ostida yaxshi saqlanadi. Kimyoviy jihatdan nihoyatda faol. H2SO4 va HNO3, vodorod peroksid, kaliy permanganat, galogenlar, xalkogenlar ta’sirida shiddatli oksidlanadi. Vodorod, tipik metallar ta’sirida qaytariladi. Ishqor eritmalarida dismutatsiyaga uchraydi nodir metallarni ularning tuz eritmalaridan qaytaradi. Azot, uglerod bilan ta’sirlashmaydi.

Q i z i l fosfor turli uzunlikdagi Pn polimer molekulalaridan tarkib topgan, metabarqaror, rentgenoamorf. Qizdirilganda haydaladi. Havoda oksidlanadi (oq fosforga nisbatan ancha sekin). Suvda va uglerod sulfidda erimaydi. Qizil fosforning kimyoviy faolligi oq va qora fosforga nisbatan ancha past. Qo‘rg‘oshin suyuqlanmasida eriydi va undan P8 (d = 2,32 ÷ 2,36, thayd = 429 C) b i n a f sh a fosfor (Gittorf fosfori) kristallanadi.

Q o r a fosfor uzluksiz Pn zanjirlardan tarkib topgan, qavat-qavat tuzilishga ega, tashqi ko‘rinishidan grafitni eslatadi. Termodinamik barqaror, qiyin suyuqlanuvchan. Oq fosforga nisbatan kimyoviy passiv. Havoda barqaror.

P4: Mr = 123,896; d = 1,82; tsuyuq = 44,14 °C;

tqayn = 287,3 °C; ks(25) = 3,3∙10–6;

P(qizil): Mr = 30,974; d = 2,34; tsuyuq = 593 °C (p);

P(qora): Mr = 30,974; d = 2,7; tsuyuq ≈ 1000 °C (p).
1. 2P(qizil) + 8H2O(c) = 2H3PO4 + 5H2 (700 – 900 °C, p; kat. Pt, Cu, Ti, Zr).

2. P4 + 6H2SO4(kons.) = 4H2(PHO3) + 6SO2,

P4 + 3H2SeO3 + 3H2O = 4H2(PHO3) + 3Se↓.

3. P(qizil) + 5HNO3(kons.) = H3PO4 + 5NO2 + H2O (qayn.).

4. P4 + 8NaOH(kons.) + 4H2O = 4Na2(PHO3) + 6H2 (qayn.),

P4 + 3NaOH(kons.) + H2O(sovuq) 3Na(PH2O2) + PH3↑.

5. 2P4 + 3Ba(OH)2(kons.) + 6H2O = 3Ba(PH2O2)2 + 2PH3 (70 °C).

6. P4 + 6H2 = 4PH3 (300 – 360 °C, p).

7. P4 + 5O2 = P4O10 (34 – 60 °C, havoda yonishi),

4P(qizil) + 5O2 = P4O10 (240 – 400 °C, havoda yonishi).

8. P4 + 6H2O(nam) + 3O2(havo) 4H2(PHO3) [20 °C],

P4 + 4H2O(nam) + 4O2 = 2H4P2O6 (30 – 40 °C).

9. P4 + 10H2O2(suyul.) + 4NaOH(j.suyul.) = 4NaH2PO4 + 8H2O (20 °C),

2P(qizil) + 4H2O2(suyul.) + 2NaOH(10%-li) Na2H2P2O6↓ + 4H2O (30 – 50 °C).

10. P(qizil) PF3, PF5 (– 60 °C).

11. P4 PCl3 PCl5 (suyuq CS2 da).

P(qizil) PCl3 PCl5.

12. P(qizil) PBr3 PBr5.

13. P4 + 4I2 = 2P2I4 (zarg‘aldoq) [20 °C, CS2 da],

2P(qizil) + 3I2 = 2PI3 (CS2 da qayn.).

14. P4 + 7S P4S7 (20 °C, CS2 da),

P(qizil) P4Sn (n = 2, 3, 5, 7, 9, 10),

4P(qizil) + 9S P4S9 (550 °C, p, P4S7 qo‘shimchasi).

15. P4 + 3E = P4E3 (geptanda qayn., E = Se, Te).

16. P(qizil) Na3P, Na2P5 (200 °C),

2P(qizil) + 3Ca = Ca3P2 (350 – 450 °C).

17. P4 + 6HCl = 2PH3 + 2PCl3 (300 °C).

18. 6P4 + 4PI3 + 48H2O(tomchilab) = 12PH4I + 16H3PO4 (30 – 40 °C).

19. P4 + 6N2O = P4O6 + 6N2 (550 – 625 °C),

P4 + 6CO2 = P4O6 + 6CO (650 °C).

20. P4 + 4NaClO2 + 4NaOH(suyul.) = 2Na2H2P2O6↓ + 4NaCl (10 – 15 °C),

12P(qizil) + 10KClO3 = 3P4O10 + 10KCl (50 °C).

21. P4 + 4H2SO4(suyul.) + 4KMnO4 = 4KH2PO4 + 4MnSO4 (20 °C).

22. 6P(qizil) + 4H2O(issiq) + 8KMnO4 = 3K2H2P2O6 + 8MnO2↓ + 2KOH.

23. 11P4 + 96H2O + 60CuSO4 24H3PO4 + 20Cu3P↓ + 60H2SO4 (0 °C),

P4 + 16H2O + 10CuSO4 = 4H3PO4 + 10Cu↓ + 10H2SO4 (qayn.).

24. P4 + 16H2O + 20AgNO3 = 4H3PO4 + 20Ag↓ + 20HNO3 (qayn.).

25. P4 + 2H2S2O7(oleum) + 2HSO3F = (P4+)(SO3F)2 + SO2 + 3H2SO4,

8P(qizil) + 2H2S2O7(oleum) + 2HSO3F = (P8+)(SO3F)2 + SO2 + 3H2SO4.

26. P4(q) → 4P(qizil) [250 – 260 °C, kat. I2, Na].

27. P4(q) → 4P(qora) [20 – 200 °C, p],

P4(q) → 4P(qora) [370 – 380 °C, kat. Hg].

28. 4P(qizil) = P4(g) (416 °C).

29. 4P(qora) = P4(g) (453 °C),

P(qora) → P(qizil) [550 – 560 °C, p].

30. P4(g) 2P2(g) 4P(g).


Mishyak

As – mishyak

Metallmas. Uch xil shaklda mavjud bo‘ladi. K u l r a n g mishyak α-As – barqaror shakli, nisbatan qattiq, mo‘rt. Q o r a mishyak β-As – amorf, mo‘rt. S a r i q mishyak γ-As (As4 molekulalaridan tarkib topgan), uglerod sul-fidda yaxshi eriydi, xossalari jihatidan oq fosforga o‘xshash (kimyoviy faolligi α-As va β-As ga nisbatan yuqori). Qizdirilganda bug‘lanadi, bosim ostida suyuqlanadi. Suv bug‘i bilan haydaladi. Suv, suyultirilgan kislotalar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Konsentrlangan nitrat kislota, zar suvi, ishqorlar, oksidlovchilar ta’sirida eritmaga o‘tadi. Kislorod, galogenlar, oltingugurt,metallar bilan birikadi. Mishyakning barcha birikmalari nihoyatda zaharli!



Mr = 74,922; d = 5,727(α), 4,9(β), 2,03(γ);

tsuyuq = 817 °C (p).
1. 2As + 3H2SO4(kons., issiq) = As2O3↓ + 3SO2 + 3H2O.

2. 2As + 6H2S2O7(oleum) = 2As(HSO4)3 + 3H2SO4 + 3SO2↑.

3. As + 5HNO3(kons.) = H3AsO4 + 5NO2 + H2O,

As + 3HCl(kons.) + HNO3(kons.) = AsCl3 + NO↑ + 2H2O.

4. 2As + 2NaOH(20%-li) + 2H2O 2NaAsO2 + 3H2↑ (qayn.),

2As + 6KOH(20%-li, sovuq) 2K3AsO3 + 3H2↑.

5. 2As + 3O2 = 2As2O3 (havoda yonishi).

6. 2As + 5F2 = 2AsF5 (20 °C, ftorda yonishi).

7. 2As + 3Cl2 = 2AsCl3 (20 – 30 °C, xlorda yonishi),

2As + 5Cl2 + 8H2O 2H3AsO4 + 10HCl.

8. 2As + 3E2 = 2AsE3 (50 – 80 °C, E = Br; suyuq CS2 da qayn. E = I).

9. As As2S3, As2S5, As4S4 (500 – 600 °C, N2 atmosferasida).

10. As + 3M = M3As (qizdirish; M = Li, Na, K),

M3As + 3H2O = AsH3↑ + 3MOH.

11. 2As + 3M = M3As2 (qizdirish; M = Mg, Ca, Cu),

2As + M = MAs2 (qizdirish; M = Ca, Zn, Fe).

12. 2As + 3Zn = Zn3As2 (400 – 450 °C),

Zn3As2 + 3H2SO4(suyul.) = 3ZnSO4 + 2AsH3↑.

13. As + M = MAs (qizdirish; M = Al, Ga, In, La),

MAs + 3H2O = AsH3↑ + M(OH)3↓.

14. As + 3Na + 3NH4Br = AsH3↑ + 3NaBr + 3NH3 (– 40 °C, suyuq NH3 da).

15. 2As + 6NaOH(suyul.) + 5NaClO = 2Na3AsO4 + 5NaCl + 3H2O,

2As + 6NaOH(suyul.) + 5H2O2(kons.) = 2Na3AsO4 + 8H2O.

16. 2As + 2BrF5 = 2AsF5 + Br2 (100 – 200 °C).

17. β-As(q) → α-As(q) (270 °C),

γ-As(q) → α-As(q) (358 °C yoki sekin yorug‘likda).

18. 8(α-As)(q) 2As4(g) As4(g) + 2As2(g).
IVA GRUPPACHA METALLMASLARI
UMUMIY TASNIFI


Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish