Adliya vazirligi qoshidagi "adolat" milliy huquqiy axborot markazi



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana09.04.2022
Hajmi2,08 Mb.
#539301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
bolalar uchun lotin

BOLANING XUSUSIY MULKKA BO‘LGAN 
HUQUQI
BOLANING TURARJOYGA BO‘LGAN 
HUQUQLARI
Ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga nisbatan 
mulkdor bo‘lish huquqiga ega emas.
Unutmang! Har bir bola turarjoyli bo‘lish va turarjoy daxlsizligi 
huquqiga ega. Mazkur huquq qonunchilikda belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi.
Turarjoy mulkdorining yoki turarjoyni ijaraga oluvchining 
oila a’zolari bo‘lgan bolalar ular qayerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, 
turarjoy mulkdori yoki turarjoyni ijaraga oluvchisi egallab turgan 
turarjoyga nisbatan huquqqa ega bo‘ladi.
Tarbiya, davolash muassasalari va boshqa muassasalarda, 
qarindoshlari, vasiylari yoki homiylari qaramog‘ida bo‘lgan yetim 
bolalar, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 


7
turarjoyga bo‘lgan mulk huquqini yoki turarjoydan foydalanish 
huquqini saqlab qoladi.
Vasiylik yoki homiylik belgilangan bolaning mulkida yoki 
foydalanishida bo‘lgan turarjoyni o‘zga shaxsga o‘tkazish uchun 
vasiylik yoki homiylik organining roziligi talab qilinadi.
BOLANING DAM OLISH VA BO‘SH VAQTGA 
BO‘LGAN HUQUQI
BOLALARNING SHAXSIY NOMULKIY 
HUQUQLARI
Bolalar sizlar yoshingiz, sog‘lig‘ingiz hamda ehtiyojlaringizga 
mos keladigan dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqqa egasizlar.
Ota-ona yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z qobiliyatlari 
hamda imkoniyatlariga muvofiq bolaning har tomonlama kamol 
topishi va farovonligi uchun zarur turmush sharoitini ta’minlaydi.
Bolalarni sog‘lomlashtirish, sport, ijodiy tashkilotlarga jalb 
qilish hamda dam olish va bo‘sh vaqtini tashkillashtirish qonun 
hujjatlariga muvofiq davlat organlari tomonidan ta’sis etiladi va 
qo‘llab-quvvatlanadi.
Har bir bola oilada ular bilan birga yashash va tarbiyalanish, 
o‘z ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish huquqiga 
ega, bola manfaatlariga zid bo‘lgan holatlar bundan mustasnodir.
Bola o‘z ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, o‘z manfaatlari 
ta’minlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari 
hurmat qilinishi huquqiga ega.
Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan 
mahrum qilinganda va bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 
boshqa hollarda uning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va 
homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.
Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va 
boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ega. Ota-onasining 


8
nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota-
onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.
Ota va ona alohida yashagan holda bola ularning har biri bilan 
ko‘rishish huquqiga ega. Ota-ona turli davlatlarda yashagani taqdirda 
ham bola ular bilan ko‘rishish huquqiga ega.
Oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal 
qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda qilishga, shuningdek, har qanday 
sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama davrida so‘zlashga 
haqlidir. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan organlar va 
mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal 
qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qat’i nazar, ko‘rib chiqishi 
hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda 
qarorlar qabul qilishi kerak.

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish