Қадимги юнон-рим тарихи


Misrni Osuriyaga qarshi qo`zg`oloni



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/245
Sana31.12.2021
Hajmi1,7 Mb.
#237148
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   245
Bog'liq
qadimgi dunyo tarixi xrestomatiyasi 95147

Misrni Osuriyaga qarshi qo`zg`oloni 
Osuriyani podshosi. Ashshurbanipalning  annallari  
 
Osuriya podshosi Asarxaddon (er.avv. 681-679 yillarda) eramizdan avvalgi 671- yilda Misrni 
bosib oldi va Misr fir`avnlarining an`anaviy unvonlarini qabul qildi. Uning davrida Osuriya davlati 
chegaralari  Kavkaz  ortigacha,  Eron  past  tog`ligidan  Anatoliyagacha,  O`rtayer  dengizidan  Fors 
qo`ltig`igacha cho`zildi. Asarxaddon hukmronligining so`ngi yillarida mamlakat g`alayonlar ichida 
qoldi.  Eramizdan  avvalgi  670-yildan  Misr  ham  qo`zg`olon  ko`tardi.  U  Misrdagi  qo`zg`olonni 
bostirish  uchun  Misrga  yurish  boshladi,  lekin  yo`lda  vafot  etdi.  Eramizdan  avvalgi  669-  yilda 
Osuriya  taxtiga  o`z  davrining  malumotli  kishisi  bo`lgan  Ashshurbanipal  chiqdi.  U  mixxatni  bilar 
edi.  Akkad,  shumer  tillarini  egallagan  edi,  adabiy  qobiliyatga  ega  edi,  me’morchilik  sanati  bilan 
tanish  edi,  matematik  va  astranomik  bilimlarni  oldi,  davlat  ishlarini  o`rgandi,  katta  qurilishlari 
bilan mashhur bo`ldi. U shiddatli, kuchli hukmdor edi, mohir siyosatchi, shafqatsiz istilochi edi. 
Osuriyaning poytaxti Nineyada u o`ttiz mingdan ko`proq loy taxtagacha ega bo`lgan kutubxona 
tashkil  etdi.  Bu  loy  taxtachalarda  afsona,  adabiy  asarlar,  duolar,  sehrgarlik  yozuvlari,  tibbiy  va 
matematik  matnlar,  geografik  va  botanik  ma`lumotnomalar  va  lug`atlar  to`plangan  edi. 
Ashshurbanipal  davridan  bizgacha  batafsil  va  ajoyib  yozilgan  yilnomalar  yetib  kelgan.  Parchada 
uning hukmronligi davrida so`z boradi. Osuriyaliklar eramizdan avvalgi 667- yildan 660- yilgacha 
qo`zg`olon ko`targan Misr ustiga yurish qildilar.  
… Taxarka Misr va Kush
1
 mamlakati podshosi, uni Osuriya podshosi  yani otam, Asarxaddon 
qarindoshi  mag`lubiyatga  uchratdi va  mamlakatni  egalladi  –  u  Taxarka  Ashshurni   kuchini,  Ishtar   
va buyuk xudolarni,  meni ilohimni unutdi, o`z kuchlariga ishondi, meni otam, qarindoshim Misrga 
qo`ygan noiblarga  qarshi bordi … Chopar Nineviyaga  keldi va  menga bu to`g`risida  xabar berdi. 
Bu voqealardan  meni qalbim  darg`azab bo`ldi, meni ichim yonib ketdi. Men … o`zimni ulug`vor 
jangovar  qo`shinlarimni    harakatga  keltirdim  …  Misr  va  Kush  mamlakatiga  yurishga  yubordim 
                                                 
1
 
hozirgi Sudan
 


 
 71 
 
 
…Misrdagi  podsholar,  noiblarga  yordam  berish  uchun,  meni  yuzimga  qaraydigan  qullarga,  men 
shoshilinch  yurdim…  men  keng  tekislikda  uni  qo`shinini  yengdim.    Taxarka  Memfisga  o`z 
qo`shinini  yengilganini eshitdi… U o`z hayotini saqlab qolish uchun Memfisdan Fivaga qochdi…   
Misrga        otam    qo`ygan    podsho  –  hokimlar,  noiblarni…  Men  qaytardim  va  ularni  yana  o`z  
lavozimlari o`rniga qo`ydim. Misr va Kush  mamlakatini… men yana egalladim. Mo`l talab olingan  
boylik va og`ir o`ljalar bilan omon – eson Nineviyaga qaytdim … 
Oxir- oqibatda men tayinlagan bu podsholar … men ularga qilgan yaxshilikni unutdilar. Ularni 
yuragi    yovuzlikni  o`yladi,  ular  xiyonat  qilish  to`g`risida  kelishdilar  …  Bu  hodisalar  to`g`risida 
meni  harbiy  boshliqlarim  eshitdilar,  ularni  otliqlari  va  ularni  xabarlarini    ushlab  oldilar  va  ularni  
xoinona  niyatlari  to`g`risida    bildilar.  Ular  bu  podsholarni  ushlab  oldilar  temir  zanjirlar  va  temir 
kishanlarga  ularni  qo`l  va  oyoqlarini  kishanladilar…Va  Sais,  Mendes    va  Tanis  va  boshqa  
shaharlardagi      ular  tomonda    turgan  odamlar    yovuzlikni  fikrladilar,    ulug`  va  kichik    odamlarni 
ular  qurol bilan urdilar,  u yerda hech kimni qoldirmadilar,  ularni jasadlarini  qoziqlarga osdilar,  
ularni  terilarini    shildilar  va    shahar  devorini    qopladilar,  Osuriya  qo`shiniga    qarshi  yovuzlikni 
o`ylagan  bu  podsholarni    ular  tiriklayin  Nineviyaga,  menga  keltirdilar.    Ularni  ichidan  Nexoni  
ayadim va unga hayot in`om qildim. Men yana  shartnomalarni avvalgidan ko`ra mustahkamladim 
va  ular  bilan  tuzdim.  Men uni olachipor kiyimda   kiyintirdim va uni podsholigining bezagi oltin 
tojni  kiydirdim,  uni  qo`llariga  oltin  halqalarni  taqdim.  Oltin  bezaklar  bilan  beldagi  temir  xanjarga 
men o`z ismimni yozdim va unga berdim. 
  
Хрестоматия по истории  древнего мира. М., 1991.71-73 стр 
 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish