Adabiyotshunoslik asoslar


holatlar, ekzotik muhitga olib borib qo`yadilar



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/72
Sana16.01.2022
Hajmi0,53 Mb.
#372137
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
k.qurabvayev. adabiyotshunoslik asoslar

holatlar, ekzotik muhitga olib borib qo`yadilar.  

  7.  Borliqdan  norozilik,  idealdan  najot  izlash.  Romantiklar  o`zlari  inkor  etayotgan 

borliqqa ideal orzuni qarshi qo`yadilar. 

  8. Tarixiylikning nisbiyligi.   9. Fantastik moyillik.  

 

Biroq romantiklar Shartli, favqulotda holatlar, mubolag`a-lashtirilgan isyonkor 



yakka  qahramonlar  orqali  ham  davrining  ilg`or  g`oya  va  intilishlarini  ifodalay 

oladilar, zamondan uzilib qolmaydilar. 




 

10.  Halq  hayotining  milliy  xususiyatlarini  berishga  intilish.  SHuning  uchun 

romantizm  asarlarida    milliy  kolorit,  milliy  muhit  yorqin  chiziladi,  xalq  milliy 

xarakteri,  psixologiyasini  ochishga  harakat  qilinadi.  Xalq  ruhining  mukammal 

ifodasini    romantiklar  folpklordan  topadilar.  SHuning  uchun  ham  ular  folpklor 

asarlariga    ko`p  murojaat  qiladilar.  Buning  yaxshi  tomoni  shundaki,  ular  birinchi 

bo`lib  badiiy  adabiyotda  san’atkorning  xalq  ijodidan  foydalanish  masalasini  o`rtaga 

tashlaydilar, buning yomon tomoni shundaki, folp-klordan xalq ruhi ifodasini qidirish 

natijasida romantiklar ibtidoiy (patriarxal) munosabatni ideallashtirdilar. 

 

Romantizm  namunasi  bo`lgan  har  bir  asarda  yuqorida  keltirilgan  belgi  va  



xususiyatlarning  barchasi  mujassam  bo`lishini  talab  etish  yoki  har  bir  asardan 

yuqoridagi  barcha  belgilarni    qidirish  to`g`ri  bo`lmaydi.  Hech  bir  asarda  yuqoridagi 

belgilarning  hammasi  birlikda  va  to`laligicha  uchramaydi.  CHunki  romantizm  ham 

uslublarning  o`ziga  xosligi  bilan  bog`liq  bo`lib,  har  bir  san’atkorda  o`ziga  xos 

ko`rinishlarda  namoyon  bo`ladi  va  har  bir  asarda  yuqoridagi  belgilardan  u  yoki 

bunisigina  uchraydi.  Lekin  romantizm  namunalarining  ko`pchiligi  uchun  umumiy 

bo`lgan  narsa-maqsadning voqelikka munosabatining ob’ektivligidir. 

 

Romantizmning  tarixiy  ahamiyati  shundaki,  u  klassitsizmning  san’at  va 



san’atkor  imkoniyatlarini  cheklovchi,  qotib  qolgan  qoidalariga  qarshi  kurash 

jarayonida  kelib  chiqdi  va  uni  inkor  etib,  yangicha  estetik  tamoyillarning  qaror 

topishida katta o`ringa ega bo`ldi. 

 

Romantizm  adabiyotda  turli  ijtimoiy  tabaqalarning  mavjud  tartiblardan 



noroziligi  ifodasi  sifatida  maydonga  chiqdi.  Romantizmning  mumtoz  namunalarini 

bergan  Frantsiyani  olar  ekanmiz,  u  erda  romantizm  XU111  asr  Frantsuz  burjua 

inqilobiga  javob  sifatida  paydo  bo`ldi.  Burjua  inqilobi  butun  omma  manfaatlarini 

o`zida  ifodalagan  edi.  Bu inqilob olg`a  surgan ozodlik, tinchlik,  birodarlik g`oyalari 

butun taraqqiyparvar insoniyatni ruhlantirdi, kurashga chorladi. Lekin inqilob g`alaba 

qilganidan  keyin  bu  ozodlik  va  birodarlik  faqat  hokimiyat  tepasiga  kelgan  yirik 

burjuaziya  uchungina  ekani  ma’lum  bo`lib  qoldi.  Bu  holat  mavjud  tartiblardan 

qanoat-lanmaslik, norozilik kayfiyatini tug`dirdi. 

 

SHunday  qilib,  romantizm  aldangan  umidlar,  uShalmagan  orzular  sifatida 



dunyoga keldi.  

 

Tarqqiyparvar  romanitklar  metod  va  yo`nalish  sifatida  to`la  Shakllanmagan 



bo`lsa  ham  uning  muhim  belgilarini  Navoiydayoq  uchratamiz.  Navoiy  ijodida 

romantizm realistik unsurlar bilan uyg`unlashib ketadi. Masalan, Mehinbonu, SHirin, 

Iskandar,  Farhod  obrazlarida  davrning,  kishilarning  ezgu  orzu-umidlari  ifodalanadi. 

SHu  kabi  real  ijtimoiy  xususiyatlarning  emas,  orzularning  ifodasi  bo`lgan  obrazlar 

romantik obrazlar bo`ladi. Bundan tashqari, Navoiy o`z qahramonlari obrazlarida real 

ijtimoiy  xususiyatlarni  ifodalasada,  ularning  taqdirini  romantik  hal  etadi,  ularga 

sub’ektiv  munosabatda  bo`ladi,  ularning  taqdirini  o`z  tushunchalariga  muvofiq  hal 

etadi.  Masalan,  Mudbir  yolg`onchi,  ochko`z,  ayyor,  munofiq  Shaxs  bo`lib,  bu 

obrazda  paydo  bo`lib  kelayotgan  real  burjuacha  xususiyatlar  o`z  ifodasini  topadi. 

Lekin u qorni yorilib o`ladi. Bu esa orzu edi. 

 

Navoiy  ba’zan  o`z  asarlarida  real  ijtimoiy  guruhlar  o`rtasidagi  ziddiyatni 



tasvirlasa ham, ularni  yaxshilik bilan yomonlikning tashuvchilari sifatida ko`rsatadi. 

Masalan,  Jobir  dengizda  qaroqchilik  qilar  ekan,  podsho  va  Shahzodalarga  azob 




bergani  holda,  oddiy  kishilarni  qo`yib  yuboradi.  Demak,  u  o`zi  chekkan  azoblar 

uchun  zolimdan  qasos  oladi,  kuraShadi.  Navoiy  realist  sifatida  jamiyatdagi  sinfiy 

kurashning  ayrim  belgilarini  ifodalaydi.  Biroq  Navoiy  romantik  sifatida  sinfiy 

kurashni yaxshilik bilan yomonlik kurashi sifatida talqin qiladi. Jobir - jabr qiluvchi, 

barcha  yomonliklarning  manbai  sifatida  ko`rsatiladi.  Mana  bunday  ideal,  hayoliy 

tiplar  romantizm  uchun  xosdir.  Farhod  bilan  SHirin,  Muqbil  bilan  Mudbir  kabilar 

ham  ana  shunday  yaxshilik  bilan  yomonlikning  umumlashmasi  bo`lgan  romantik 

obrazlardir. 

 

Romantik  xususiyatlarni  A.Qodiriyning  asarlarida  ham  ko`ramiz.  A.Qodiriy 



garchi realist bo`lsa ham, uning asarlarida ijtimoiy ziddiyatlar ko`proq yaxshilik bilan 

yomonlik kurashi tarzida talqin qilinadi. Bundan tashqari, Qodiriy asarlari uchun xos 

bo`lgan  emotsionallik,  bo`yoqdorlik,  milliy  xususiyatlarga  e’tiborning  kuchliligi, 

qahramonlarni  ko`tarinki  tasvirlash  kabilar  romantizm  xususiyatlaridir.  Masalan, 

G`ulom Zafariyning poemalari xuddi mana shunday romantizmning tipik namunalari 

hisoblanadi. 

 

Romantiklar  adabiyot  tarixida  birinchi  bo`lib,  klassitsizmning  cheklangan 



qonunlariga  qarshi  chiqadilar;  adabiyotda  ijod  erkinligini  yoqladilar.  Ular  o`z 

asarlarida  milliy  xususiyatlarni  berishga  harakat  qildilar,  folpklorda  haqiqiy  xalq 

ruhining  ifodasini  ko`rdilar  va  shu  bilan  yozma  adabiyotda  folpklor  an’analaridan 

foydalanishni  boshlab  berdilar.  Romantiklar  adabiyotning  tasvir  ob’ektini 

kengaytirdilar,  adabiyotda  go`zallik  bilan  bir  qatorda  badbinlik,  qahramonlik 

muhitida yaShayotgan Shaxsning ichki dunyosiga katta e’tibor berdilar.  

 

SHuningdek, keyingi davrda milliy adabiyotimizda turli usul va uslublarda ijod 



qilish,  asarlar  yaratish  tamoyili  yuzaga  kelmoqda.  Bu  esa  albatta  mustaqillik  bilan 

bog`liqdir.  CHunki  sobiq  tuzum  davrida  yagona  metod  asosidagina  ijod  qilish 

mumkin  edi,  bunga  bo`ysunmaganlar  esa  turli  ig`voyu  bo`htonlar  bilan  qatag`on 

qilindi yoki adabiyot maydonidan chetlashtirildi. Hozirda esa har xil siyosiy qolip va 

mezonlardan 

xalos 


bo`lgan 

milliy 


adabiyotda 

jahon 


adabiyoti 

va 


adabiyotshunosligida  ancha  oldin  tan  olingan  uslublarda  asarlar  yaratilmoqda.  Bu 

albatta ijobiy hol. CHunki so`z san’ati bo`lgan badiiy adabiyotda siyosat emas, san’at 

xususiyatlari  etakchilik  qilishi  Shart.  Yillar  davomida  bizga  yot  deb  qaralgan  ushbu 

metodlarda  aslida  inson,  uning  ruhiy  tasviri  va  kechinmalariga  asosiy  e’tibor 

qaratilgan. SHu ma’noda adabiyotimizdagi bunday har xillikni, turli-tumanlikni faqat 

qo`llab-quvvatlash kerak, xolos. 

 

Modernizm  adabiyotidan  yangicha  epik  rivoya  qilish  usul  va  Shakllarining 



o`zbek  adabiyotiga  kirib  kelish  yo`llari  va  ba’zi  xususiyatlari,  bu  sohadagi 

izlanishlarning  samaralari    tanqidchilik-ning  diqqat  markaziga  chiqmoqda.  Buning 

birinchi  sababi,  endilikda  epik  nasrimizda,  xususan,  romanchilikda  yaqin  o`tmishda 

zararli  deb  qoralangan  modernizm  adabiyotining  kashf  etgan  badiiy  tasvir  va  ifoda 

vositalarini  oshkora  qabul  qilib,  tajriba  o`tkazayotgan  adiblarning  tobora  ko`payib 

borayotganligi  bo`lsa,  ikkinchi  sabab,  istiqlol  Sharofati  bilan  sho`ro  mafkurasining 

zo`rlik  va  cheklashlaridan  qutulganimiz  natijasida  adabiyotimizga  modernizm 

ta’sirida to`g`risida gapirishning imkoni tug`ilganidir.  

 

Modernizm  adabiyotida  asosan  muallif  hikoyasi  qahramonning  xotirasi, 



tasavvurlari,  tush,  bosinqirash  orqali  ifodalanadi,  jumlalar  sintaktik  qoidalarga 


bo`ysunmaydigan  konstruktsiyalarda  uzundan-uzoq,  gapdagi  so`z  tartibi  almashib 

ketadi,  faqat  vergulning  o`zigina  ko`pincha  jumladagi  ma’noni  bir  qadar  tartibga 

solib,  yaxlitlashtiradi.  Predmet  va  manzaralar  bus-butun  holicha  ko`rinmaydi, 

voqealar silsilasi, holatlar suvrati munchoqdek tizilib, ko`z oldimizdan o`taveradi, joy 

va vaziyatlarning o`rni almashinib ketadi, vaqt o`lchamlari nisbiylaShadi, hayot bilan 

xayolning, uy bilan tashqari-ning, uyqu bilan bedorlikning chegarasi yo`qoladi. Ichki 

hissiy  (sensor)  nutq,  deb  ta’kidlaydi  amerikalik  tadqiqotchi  Melvin  Fridman,  qariyb 

har  doim  uzuq-yuluq  bo`ladi,  unda  sintaktik  birlik  buzilibgina  qolmasdan,  jumla  va 

iboralar, ayrim so`zlar ham to`la aytilmaydi. SHunday qilib, tuyg`u-kechinmalargina 

emas,  balki  ong  qa’ridagi  sezgilar  yohud  inson  psixikasining  so`z  bilan  ifodalab 

bo`lmaydigan  tomonlarini  berish  imkoni  yaratiladi.  Ong  qa’ridagi  tuyg`ular 

deganimiz  insonning  butun  vujudini  qamrab  olgan,  bir  -  biriga  o`tib  turuvchi  ongli 

holatni ham, ongsiz holatni ham o`z ichiga oladi. Unda fikr oqimi, qandaydir botiniy 

kuch  ta’sirida  paydo  bo`luvchi  g`ira-  shira  ko`ngilga  kelgan  narsalar  qiynalmasdan 

o`z-o`zidan uzluksiz quyulib kelaveradi. Epik rivoyaning bunday usuli bizga T.Mann, 

Passos, Folkner, Prust, Joys, Kafka, Kamyu, Markesning tasvir usulini eslatadi.  

 

Modernizm adabiyoti poetikasini ijodiy o`zlashtirish tajribasi M.Mansurovning 



«Mangu  jang»,  H.Islom    Shayxning  «Tutash  olamlar»,  O.Muxtorning  «Ming  bir 

qiyofa»,  «Ko`zgu  oldidagi  odam»,  «Tepalikdagi  xaroba»,  «Ffu»  romanlari, 

A.Saidning  «Besh  kunlik  dunyo»  romani,  G`.Xotamning  hikoya  va  qissalari, 

O`.Umarbekovning  «SHoshma,  Quyosh»,  SH.Boshbekovning  «Temir  xotin» 

dramalari ana shunday izlanishlar natijasidir. SHuni ta’kidlash zarurki, jaxonda ro`y 

bergan  keyingi  iqtisodiy-ijtimoiy  o`zgarishlar  tufayli  hamda  istiqlol  Sharofati  bilan 

mavzular, ijodiy metodlar sohasidagi cheklashlar barham topdi. Bu adabiyotimizning 

erkin  rivojlanishiga  yo`l  ochdi,  turli  uslub  hamda  metodlarda  izlanishlar  olib  borish 

uchun imkon yaratdi.  

        



Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish