BADIIY OBRAZ
R e J A:
1. Obraz ta’rifi.
2. Obraz xususiyatlari.
3. Badiiy obraz turlari.
Obraz mazmun va Shaklning, mavzu va g`oyaning birligini o`zida
mujassamlaydi. Obraz deb muayyan g`oyaviy-estetik vazifa nuqtai nazaridan
umumlashtirib,
aniqlashtirib
tasvirlangan
insonlar,
voqea-hodisalar,
tabiat
manzaralariga aytiladi. Obraz adabiyot va san’atda badiiy fikrlashning asosiy
vositasi, g`oyaviy mazmunni ifoda etishning muhim Shaklidir. SHu sababli
M.Gorpkiy obrazning o`ziga xos xususiyatlari haqida gapirib, «Obraz - fikrni
o`stirishning tejamli usuli», - degan edi.
Obraz deganda inson hayotining badiiy manzaralari tushuniladi. Inson
hayotining badiiy manzaralari esa adabiy asarda quyidagi 4 Shartga asoslanib
tasvirlanadi:
- umumlashmalik;
- aniqlik, o`ziga xoslik;
- badiiy to`qimadan foydalanish;
- tasvirda ta’sirchanlikka, his-hayajonga intilish.
Umumlashmalik. Har qanday obraz umumlashma bo`ladi. Asarda tasvirlangan
birgina narsa va hodisa zaminida minglab o`Shanga o`xShagan narsa va
hodisalarning xususiyatlari va belgilari jamlangan bo`ladi. Demak, badiiy asarda
tasvirlangan kishilar hayotdagi odamlarning aynan o`zi emas, balki ulardagi eng
muhim hislatlarni o`zida mujassamlagan va badiiy bir butunlikka ega bo`lgan
modelidir.
Aniqlik. YOzuvchi badiiy obrazning o`ziga xos xususiyatlarini ko`rsatish bilan
birga uni aniqlashtiradi, obrazga jonlilik, hayotiylik, tabiiylik baxsh etadi. Har bir
obraz ko`pqirrali, takrorlanmas hislatlar sifatida ko`rsatilmasa, u jonli bo`lmaydi.
Demak, haqiqiy san’at asaridagi har bir Shaxs - til va shu til bilan birga, tamomila
aniq Shaxsdir.
Badiiy to`qima haqida A.Qahhor «Hayot haqiqatidan badiiy to`qimaga»
maqolasida shunday degan edi: «Agar yozuvchilik turmushdan nusxa ko`chirishdan
iborat bo`lsa, bundan oson ish bo`lmas edi. Hayotdan aynan ko`chirish kitobdan
ko`chirishday gap. Kopiya kopiya bo`lib qolaveradi. Bunday narsalardan originallik
kutish befoyda. Originallik hayot haqiqatini dildan o`tkazish, unga ko`ngildagi
gaplarni singdirish, tilagini qo`shib ifodalash bilan yuzaga chiqadi.
Badiiy to`qima yozuvchining hayotdan olgan haqqoniy taassurotlariga
asoslanishi, uning samimiy his-tuyg`ulari, teran fikrlari bilan yo`g`riladi.
Ta’sirchanlik. Badiiy obraz kitobxonda, albatta, hissiyot uyg`otishi kerak.
Hayotdagi xunuklikni aks ettirgan obraz kitobxonda nafrat uyg`otsa, go`zallikni
ifodalagan obraz zavq uyg`otadi. YOzuvchi badiiy obraz orqali estetik idealni
tasvirlaydi: ideal ijobiy obrazda bevosita, salbiy obrazda esa bilvosita ifodalanadi.
YOzuvchi har bir obrazga ehtiros bilan yondashishi va unga faol munosabatda
bo`lishi kerak. Ta’sirchanlik badiiy obrazning muhim xususiyati hioblanadi. Mana
shu xususiyatsiz obrazni tasavvur qilib bo`lmaydi.
Obrazning ijodiy metodga ko`ra turlari.
Ijodjiy metod taqozosiga ko`ra obrazlar quyidagicha bo`linadi:
- realistik: Yo`lchi, Xolisxon, SHomurodov.
- romantik: Danko, Mehinbonu, Demon.
- hayoliy-fantastik: Ixtiandr.
- afsonaviy: Go`ro`g`li, Alpomish.
- ramziy: lochin, tong, kabutar, quyosh, momaqaldiroq.
- mifologik: Axura Mazda, Axriman, Zahhok.
- satirik: Inoyat oqsoqol.
- mubolag`ali: Gobsek, Alpomish.
- groteskli: Gargantyua, Gulliver, Myunxauzen.
- majoziy-allegorik: masallar, «Jannatga yo`l», «Qutadg`u bilig».
Realistik
obrazlar
-
jonli
odamlarga
xos
xususiyatlarni
o`zida
mujassamlashtiradi. O`zbek adabiyotining qahramonlari realistik obrazlardir.
Romantik obrazlar - hayotda aynan bo`lmay, orzu qilingan, ko`tarinki ruh bilan
sug`orilgan obrazlardir. Masalan, «Xamsa» dagi Farhod, SHirin, Mehinbonu,
Iskandar kabilar shular jumlasidandir.
Hayoliy-fantastik obrazlar benihoyat bo`rttirilgan, mo`’jizaviy xarakterga ega
bo`lgan obrazlardir. Hayoliy-fantastik obrazlar ko`proq xalq og`zaki ijodida hamda
yozma adabiyotning ilmiy-fantastik turida uchraydi.
Afsonaviy obrazlar esa butunlay hayotiy bo`lmagan, hayoliy obrazlar bo`lib,
ular bitmas-tuganmas kuch-qudratga ega qilib tasvirlanadi. Masalan, Alpomish,
Go`ro`g`li.
Ramziy obrazlar predmetlar, o`simliklar, jonivorlar, ranglar bilan ijtimoiy
hodisalarni umumlashtirish demakdir. Masalan, A.Muxtorning «CHinor» romanidagi
chinor, Uyg`unning «Tinchlik kabutari» she’ridagi kabutar obrazlari ramziy obraz
namunalaridir. Ramziy obrazlarning bir guruhi majoziy-allegorik obrazlar ham
deyiladi.
Majoziy-allegorik obrazlarda qushlar, hayvonlar, haSharotlar insonlashtiriladi.
Masallarning qahramonlari ana shunday obrazlar-dir.
Mifologik obrazlar tabiat va jamiyat haqidagi mif (asotir) larda yaratiladigan
obrazlardir. Qadimgi yunon miflaridagi Prometey, Antey, Gerakl, Dedal, Ikar, Afina,
Afrodita, Erot, arab va O`rta Osiyo miflaridagi Kayumars, Axriman, Mitra kabilar
mifologik obrazlar jumlasiga kiradi.
Ma’lumki, adabiy turlar nasriy, lirik va dramatik turlarga bo`linadi.
Nasriy obraz nasriy asarlarda hikoya, rivoya yo`li bilan yaratiladi. Nasriy
asrlarning qahramonlari nasriy obraz bo`ladi.
Lirik obrazlar bu hissiy kechinma obrazi bo`lib, ko`proq lirik she’rlarda
uchraydi. Lirik she’rlarda kechinmalar vositasida ifodalangan obrazlar lirik obraz
deyiladi. Lirik asar qahramoni lirik qahramon bo`ladi. Lirik qahramon esa ko`pincha
shoirning o`zi bo`ladi.
Dramatik obrazlar drama qahramonlari bo`lib, dramatik asarlarda xarakter aniq
va keskin qilib yaratiladi. Ular bir-biriga to`qnashtirish yo`li bilan yaratiladi. Fojiaviy
qismatga ega bo`lgan qahramonlar ham borki, ular fojiaviy, tragik obrazlar deyiladi.
Asar tarkibidagi tutgan o`rniga qarab yirik hajmli asarlarda va bosh yordamchi
obrazlar mavjuddir. Asar voqealarining markazida turib, syujetni harakatlantiradigan,
yozuvchi ifodalamoqchi bo`lgan g`oyani o`zida tashiydigan Shaxs bosh obraz
deyiladi. Ba’zan bir hil axamiyatga ega bo`lgan ikki yoki undan ortiq obrazlar
uchraydi. Ular asosiy yoki yondosh obrazlar deb ataladi (Saida va Qalandarov).
Badiiy asarda kam ishtirok etadigan obrazlar yordamchi obrazlar deyiladi. Masalan,
Mehri, Umid, Kozimbek, Oyniso, Zulfiqorov obrazlari.
Obraz hayotiy vositagina emas, unga ta’sir etish vositasi hamdir. YOzuvchi
obrazda turmushning ma’lum tomonlarini tasvirlar ekan, uning pozitsiyasi, narsa va
hodisalarga munosabati ham namoyon bo`ladi. Masalan: Mirzakarimboyning yuzlari
xo`rozning tojisiday qip-qizil. Bu personajning boyligini, o`ziga pishshiqligini,
jonining qadriga etib, o`zini yaxshi parvarish qilishini, shuningdek, muallifning
qahramoniga achchiq, istehzoli munosabatini bildiradiki, bu obrazga salbiy xususiyat
beradi. A.Qahhorning «Kampirlar sim qoqdi» hikoyasida qahramon Nazirbuvining
esa yuzi «sho`rvada pishgan olmaday» bo`lib, bu erda endi istehzoli emas, yumoristik
munosabatini ko`ramiz.
Odatda adabiyotda yuz olmaga o`xShatiladi. Biroq yoshlikning qizil yuzi
olmaga o`xShatiladi. A.Qahhor hikoyasida esa qari kampirning yuzlariga nisbatan
olma tashbehi ishlatilgan. Biroq bu oddiy olma emas, sho`rvada pishgan olma. Bu
bilan yozuvchi: 1) kampirning yuziga nisbatan olma tashbehini ishlatib kulgu
qo`zg`otadi; 2) haqqoniy portret yaratadi: uning qariligiga ishora qiladi; 3) munosabat
bildiradi; kinoyaviy emas, hazil aralash mutoyibali, beg`ubor; 4) uslub ko`rsatkichi:
yozuvchining yumorga moyilligi.
Demak, yozuvchi obraz vositasida voqea-xodisalar, kishilar va ularning
kimligiga munosabat bildiradi, ular ustidan hukm chiqaradi.
Xullas, obrazlilik badiy adabiyotning xususiyatidir. Obrazlik obrazlar
vositasida fikrlashishdir, borliq xayotni jonli qilib ko`rsatishdir, hayot to`g`risida
jonli, hissiy - emotsional tasavvur berishdir.
Obrazlilik san’atning xususiyatidir. Badiiy obraz hayotni ifodalash Shakli va
vositasidir. Obraz hayotning in’ikosidir. Obraz san’atkor nuqtai nazari bilan boyitilib
ifodalangan hayotdir. Obrazda badiiy adabiyotning ham mazmuni, ham Shakli
mujassamlanadi. Obraz borliqni bilish vositasidir. Adabiyot hayotni obraz orqali aks
ettiradi va shu orqali biladi.
Keng ma’noda obrazga badiiy asarlarda tasvirlangan barcha iboralar, voqea-
hodisalar, narsa va predmetlar, parranda va hayvonlar, o`simlik va tabiat manzaralari,
shu bilan birgalikda, inson xarakterlari kiradi. Tor ma’noda esa obraz deganda biz
badiiy asarlardagi odamlarni, inson xarakterlarining tushunamiz, xolos.
Obraz turlari:
- inson obrazi;
- jonzotlar obrazi;
- narsa va predmetlar obrazi;
- tabiat obrazi;
- so`z obrazi yoki obrazli so`zlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |