Haykaltaroshlikda inson uch o`lchovda (balandlik, hajm, uzunlik) tasvirlaydi.
Uning bo`yog`i qattiq materialdir (yog`och, pishgan loy, tosh, metal). Haykalda inson
ham tasavvurdagi makonda, ham real makonda beriladi. Uni o`yish va yasash bilan
bunyod qilinadi. U inson gavdasining proportsiyalarini, uning mimika va jestlarini,
makondagi figuraning holatini ko`rsatadi. Biroq haykalning imkoniyatlari
cheklangan. Unda insonning tabiat, maishiy muhit bilan munosabatlari bevosita
berilmay, ba’zi elementlar bilan unga ishora qilinadi. Haykalda insonning tipik obrazi
yaratiladi. U zo`r kuch bilan estetik idealni tasdiq etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |