MUNOFIQLIKNING ALOMATLARI
Janob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Munofiqlikning uchta alomati bor: so‘zlasa yolg‘on so‘zlar; va'da qilsa, bajarmas; omonatga xiyonat qilur», — deganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Quyidagi to‘rtta xislat kimda bo‘lsa, aniq munofiq bo‘lgaydir, kimdaki ulardan bittasi bo‘lsa, uni tark etmaguncha munofiqlikdan bir xislati bor ekan, deyiladir:
omonatga xiyonat qilgaydir;
so‘zlasa, yolg‘on so‘zlagaydir;
shartnoma tuzsa, shartida turmagaydir;
urushib qolsa, kek saqlagaydir va nohaqlik qilgaydir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |