ADABIYOT 2
1.O’zi uchun qiziq tuyulgan har bir narsani ko’z bilan ko’rib, qo’l bilan ushlab ko’rmaguncha ko’ngli joyiga tushmaydigan adib kim?
A)Jonatan Svift B)Hans Kristian Andersen C)Abdulla Qodiriy D)G’.G’ulom
2. “Daniyaning Odens shahrida tug’ilgan Kopengagen universitetida o’qigan Gyugo, Balzak, Dyumo, Dikkens, Geyne kabi buyuk ijodkorlar bilan muloqotda bo’lgan”.
Ushbu tarjimai hol qaysi ijodkorga tegishli?
A)H.K.Andersen B)Ekzyuperi C)J.Svift D)N.Dumbadze
3.”Bulbul” ertagida qizcha bilan ketayotgan saroy amaldorlari nimalarning ovozini bulbulning ovozi deb o’ylashadi?
A)sigir, qurbaqa B)qurbaqa, xo’roz C) kakku, echkilar D)sigir, xo’roz
4.Qaysi asar qahramonlari kitoblarning hammasini o’qib tushundik deyishga majbur bo’lishadi, agar shunday deyishmasa, qorinlariga kaltak yeyishardi?
A)”Zulmat ichra nur” B)”Bulbul” C)”Mening o’g’rigina bolam” D)”Guliverning sayohatlari”
6.Hamid Olimjon ijodi jami necha jildni tashkil qiladi?
A)besh B)o’n C)o’n besh D)yigirma
7.Hamid Olimjonning ilk she’riy mashqlari qaysi gazetada chop etilardi?
A)”Tong yulduzi” B)”Zarafshon” C)”Uchqun” D)”O’zbekiston ovozi”
8.”Boyagi-boyagi, boyxo’janing tayog’I” iborasi qaysi ertakda uchraydi?
A)”Oygul bilan Baxtiyor” B)”Uch og’ayni botirlar” C)”Susambil” D)”Ur to’qmoq’
9.”Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonidagi zolim xonni qayerda qo’lga oladilar?
A)taxtda o’tirganida B)og’ilda C)xazinada D)qochib ketayotganida o’rmonda
10. Quyidagi adiblardan qaysi biri o’ttiz yoshga yetar-yetmas O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasini boshqargan, o’ttiz uch yoshida akademik unvonini olgan?
A)M.Shayxzoda B)Hamid Olimjon C)Oybek D)G’afur G’ulom
11.”Uch og’-ini botirlar ertagida shinnidan odam isi kelayotganini kim aytadi?
A) vazir B) to’ng’ich botir C)o’rtancha botir D)kenja botir
12.”Uch –og’ayni botirlar ertagidagi ota o’g’illarini tarbiyalashda nimalarga ahamiyat berdi?
A)sog’lom qilib tarbiyalaydi,o’qitadi, cho’ponlikdan saboq beradi
B)kuchli qilib tarbiyalaydi,qo’rqitmaymay o’stiradi,to’y qiladi
C)sog’lom vujudli qilib o’stiradi,qurol yarog’ bilan tanishtiradi,qo’rqitmay o’stiradi
D)yaxshi ot qo’yadi, shirin muomali qilib tarbiyalaydi, ilm-hunar o’rgatadi
13.Buxoroning ba’zi qishloqlarida ertak atamasini qanday nomlashadi?
A)varsaki B) cho’pchak C)ushuk D)mаtal
14.Ertaklar boshlanmasida yasovul ekan deb nima aytiladi?
A)bo’ri B) tulki C) chumchuq D) g’oz
15.”Oygul bilan Baxtiyor” ertagidagi Oygulning otasining ismi?
A) Tarxon B) Darxon C) Tarlon D)Do’rmon
16.M.Shayxzodaning urush yillarida chop etilgan asarlari?
A)”Jang va qo’shiq”,”Kapitan Gastello”,Ko’ngil deydiki”,”Kurash nechun”
B)”O’n she’r”,”Undoshlarim”,”Uchinchi kitob”,”Jumhuriyat”
C)”O’n besh yilning daftari”,”Olqishlarim”,”Zamon torlari”,”Chorak asr devoni”
D)”Toshkentnoma”,”Shu’la”,”Mirzo Ulug’bek”,”Uchinchi kitob”
17.”Uch og’a-ini botirlar” ertagida o’rtancha botir navbatchiligida nima bilan (kim bilan) olishadi?
A)sher bilan B)ajdar bilan C) dev bilan D)qaroqchilar bilan
18.Quyidagi ertaklardan qaysi birida otashkurak detali uchraydi?
A)”Uch og’a-ini botirlar” B)”Susambil” C)”Oygul bilan Baxtiyor” D)”Kachal polvon”
19.Quyidagi qahramonlardan qaysi biri bilmasdan o’z egasi hujum qiladi? (“Susambil”)
A)to’ti B)eshak C)ho’kiz D)xo’roz
20.”Oygul bilan Baxtiyor” ertagida suvda sandiqda oqib borayotgan Oygulni kim qutqarib oladi?
A)baliqchilar B)Baxtiyor C)o’tinchi chol D)qul Tarlon
21.Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor ertak-dostoninechanchi yilda yaratilgan?
A)1938 B)1940 C)1937 D)1941
22.Hamid Olimjon “Oygul bilan Baxtiyor” ertagining boshlanishida qaysi ertaklarni buvisidan eshitganligini aytadi?
A)”Yoriltosh” B)”Tohir va Zuhra” C)”Malikayi Husnobod” D)A va B
23.”Shashvar to’qmoq” detali qaysi ertakda uchraydi?
A)”Susambil” B)”Ur to’qmoq” C)”Uch og’a –ini botirlar” D)A va B
24.”Susambil” ertagida bo’rilar munkarnakir deb nimani nazarda tutishgan?
A)ho’kizni B)ehsakni C)xo’rozni D)arilarni
25.Qaysi asarda ikkita xiyonatkor vazir obrazi berilgan?
A)”Qor malikasi” B)”Uch og’ayni botirlar” C)”Oygul bilan Baxtiyor” D)”Bulbul”
26.H.Olimjonning onasi Komila ayaning ertaklari ta’sirida yaratgan dostoni nomini toping.
A)”Semurg’ yoki Parizod, Bunyod” B)”Oygul bilan Baxtiyor”
C)”Muqanna” D)“Roksananing ko’z yoshlari’
27.”Zamon torlari” to’plamining muallifi kim?
A)Hamid Olimjon B)Mirtemir C)Maqsud Shayxzoda D)Xurshid Davron
28.Gulliver qaysi mamlakat odamlarining tanti, oliyjanob, ma’rifatparvarligiga qoyil qoladi?
A)Liliputiya B)Brobdingneg C) Laputa D) guigngnmlar mamlakatiga
29.”Guliverning sayohatlari” romanida Guliverning ustiga chirmashib chiqqanlarga qirol qanday jazo berish haqida farmoyish etdi? A)surgun B)o’lim jazosi C)qamoq jazosi D)20 darra urish
30.”Gulliverning sayohatlari” romani qachon yaratilgan?
A)1726-yil B)1728-yil C)1750-yil D)1740-yil
31.”Gulliverning sayohatlari”da amaldorlardan ikkitasi Gulliverning cho’ntaklarini tekshirib ro’yxatini imperatorga o’qib berganlarida oliy hazratlari eng avvalo, qaysi buyumni so’raydi?
A)qilich B)to’pponcha C)o’q D)soat
32. ”Gulliverning sayohatlari” romanida Guliver “Ohu” kemasiga kimning taklifi bilan yo’llanadi?
A)Jeyms Bets B)Jons C)Eybregem Panell D)Vilyam Prichard
33.X.To’xtaboyev, A.Obidjon, T.Adashboyev, O’.Imonberdiyev qaysi janrda ijod etishgan?
A)qissa B)topishmoq C)masal D)ertak
34.”Movutfurush xatlari” hajviy asarining muallifi?
A)M.Shayxzoda B)Hamid Olimjon C)J.Svift D)Andersen
35.”Uch og’ayni botirlar” ertagida ota o’g’illariga nima uchun “dangasalik qilmang” deydi?
A)baxtsiz bo’lmaysiz B)bexavotir bo’lasiz C)xijolat tortmaysiz D)badavlat bo’lasiz
36. ”…podshoh , asosan, o’z mulkidan kelgan daromadlar hisobiga yashaydi, faqat do’ppi tor kelib qolgan paytlardagina yordam so’rab fuqarolariga murojaat qiladi…” Ushbu jumlalar qaysi asardan olingan?
A)”Uch og’ayni botirlar”B)”Oygul bilan Baxtiyor” C)”Guliverning sayohatlari” D)”Bulbul”
37. “Gulliverning sayohatlari” asarida muallif qaysi mamlakatni o’tkir va zaharxanda, nafratli kulgi bilan tasvirlaydi?
A)Liliputiyani B) Brobdingnegni C)Laputani D)guigngnmlar mamlakati
38.”Uch og’a ini botirlar” ertagi qaysi turga mansub?
A)sehrli ertaklar B)maishiy C)hayvonlar haqida D)ishqiy
39.”Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonidagi zolim xonni qayerda qo’lga oladilar?
A)taxtda o’tirganida B)og’ilda C)xazinada D)qochib ketayotganida o’rmonda
40.M.Shayxzoda nima sababdan Toshkentga badarg’a qilinadi?
A) Ziyoli bo’lgani uchun B) Rahbarlarga qarshi chiqqanligi uchun
C) Hukumat topshirig’ini bajarmagani uchun D) Erkin fikrlari uchun
41.Ertaklar boshlanmasida karnaychi ekan deb nima aytiladi?
A)bo’ri B)o’rdak C) chumchuq D) g’oz
Do'stlaringiz bilan baham: |