Adabiyot -5/2
1. ”Uch og’a-ini botirlar”ertagida qaysi qahramon “Podshohlik – qonxo’rlik demakdir” degan fikrni aytgan?
A) vazir B) to’ng’ich botir C)o’rtancha botir D)kenja botir
2.”Uch og’a-ini botirlar” ertagida aka-ukalar necha yilda otalari yoniga qaytadilar? A)4 B)3 C)1 D)2 yil
3.M.Shayxzoda nima sababdan Toshkentga badarg’a qilinadi?
A) Ziyoli bo’lgani uchun B) Rahbarlarga qarshi chiqqanligi uchun
C) Hukumat topshirig’ini bajarmagani uchun D) Erkin fikrlari uchun
4.Hamid Olimjon ijodi jami necha jildni tashkil qiladi? A)besh B)o’n C)o’n besh D)yigirma
5.Hamid Olimjonning ilk she’riy mashqlari qaysi gazetada chop etilardi?
A)”Tong yulduzi” B)”Zarafshon” C)”Uchqun” D)”O’zbekiston ovozi”
6.”Boyagi-boyagi, boyxo’janing tayog’I” iborasi qaysi ertakda uchraydi?
A)”Oygul bilan Baxtiyor” B)”Uch og’ayni botirlar” C)”Susambil” D)”Ur to’qmoq’
7.”Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonidagi zolim xonni qayerda qo’lga oladilar?
A)taxtda o’tirganida B)og’ilda C)xazinada D)qochib ketayotganida o’rmonda
8. Quyidagi adiblardan qaysi biri o’ttiz yoshga yetar-yetmas O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasini boshqargan, o’ttiz uch yoshida akademik unvonini olgan?
A)M.Shayxzoda B)H.Olimjon C)Oybek D)G’.G’ulom
9.”Uch og’-ini botirlar ertagida shinnidan odam isi kelayotganini kim aytadi?
A) vazir B) to’ng’ich botir C)o’rtancha botir D)kenja botir
10.Buxoroning ba’zi qishloqlarida ertak atamasini qanday nomlashadi?
A) varsaki B) cho’pchak C)ushuk D)mаtal
11.Ertaklar boshlanmasida yasovul ekan deb nima aytiladi? A)bo’ri B) tulki C) chumchuq D) g’oz
12.”Oygul bilan Baxtiyor” ertagidagi Oygulning otasining ismi?
A) Tarxon B) Darxon C) Tarlon D)Do’rmon
13.”Uch og’a-ini botirlar” ertagida o’rtancha botir navbatchiligida nima bilan (kim bilan) olishadi?
A)sher bilan B)ajdar bilan C) dev bilan D)qaroqchilar bilan
14.”Susambil” ertagida bo’rilar munkarnakir deb nimani nazarda tutishgan?
A)ho’kizni B)ehsakni C)xo’rozni D)arilarni
15.Qaysi asarda ikkita xiyonatkor vazir obrazi berilgan?
A)”Qor malikasi” B)”Uch og’ayni botirlar” C)”Oygul bilan Baxtiyor” D)”Bulbul”
16.”Uch og’ayni botirlar” ertagida ota o’g’illariga nima uchun “dangasalik qilmang” deydi?
A)baxtsiz bo’lmaysiz B)bexavotir bo’lasiz C)xijolat tortmaysiz D)badavlat bo’lasiz
17.”Oygul bilan Baxtiyor” ertagida suvda sandiqda oqib borayotgan Oygulni kim qutqarib oladi? A)baliqchilar B)Baxtiyor C)o’tinchi chol D)qul Tarlon
18.Alisher Navoiyga nisbatan “G’azal mulkining sultoni” ta’rifini birinchi marotaba kim qo’llagan? A)Hamid Olimjon B)Maqsud Shayxzoda C)G”afur G’ulom D)Oybek
19.M.Shayxzodaning “Iskandar Zulqarmayn” ertak-dostonida kim (nima) “Go’yoki lashkari Rum”ga o’xshatilgan? A)sartarosh B)shox C)qamish D)nay
20.”Zamon torlari” to’plamining muallifi kim?
A)Hamid Olimjon B)Mirtemir C)Maqsud Shayxzoda D)Xurshid Davron
21.”Oygul bilan Baxtiyor” ertagida Baxtiyor nima ish qilardi?
A)baliqchi edi B)o’tinchi edi C)podachi edi D)dehqon edi
22.H.Olimjonning zamonaviy mavzudagi dramasi qanday nomlanadi?
A) “Muqanna” B)”Jaloliddin Manguberdi”C) “Jinoyat” D) “Olma gullaganda”
23.”Sizga bog’ bo’lsin, bizga hayot”jumlasi ertaklarning qaysi qismida uchraydi?
A)kirish qismida B)voqealar rivojida C)tugallanmada D)kirish va tugallanmada
24.H.Olimjonning birinchi she’riy to’plami qanday nomlanadi?
A)”Shu’lalar qo’ynida” B) “Qaynashlar” C)”Ko’klam” D)”Tong”
25.”Uch kunlik yo’lda qanday voqealarni ko’rgan bo’lsak, o’rtaga tashlaydigan vaqt keldi” . “Uch og’ayni botirlar”ertagida ushbu fikrni kim aytgan?
A) vazir B) to’ng’ich botir C)o’rtancha botir D)kenja botir
26.Podshoh deganning merhamatidan qahri ortiqdir, podshoh bilan sherga yaqin bo’lmoq hikmatdan emasdir.
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A)”Uch og’ayni botirlar” B)”Susambil” C)”Iskandar Zulqarnayn” D)”Oygul bilan Baxtiyor”
27.Yo’l azobi – go’r azobi. Ushbu maqol qaysi asarda uchraydi?
A)”Uch og’ayni botirlar” B)”Susambil” C)”Iskandar Zulqarnayn” D)”Oygul bilan Baxtiyor”
28.”Va’da – ulug’ narsa, uni buzish yaramaydi” Ushbu fikrlar qaysi asardan olingan?
A)”Qor malikasi” B)”Uch og’ayni botirlar” C)”Oygul bilan Baxtiyor” D)”Bulbul
Do'stlaringiz bilan baham: |