Adabiy ertaklarni o‘ rganish usullari



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575101
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
юлдашева хуршида адабий эртакларни ўқитиш усуллари(1)

 
 
 
 
 


50 
III BOB. BMI ning amaliyotga tatbiqi 
3.1.Tajriba-sinov ishlari 
 
Adabiy ertak darslariga zamonaviy yondashuv va 
noan’anaviy darslarni tashkil etish. 
Bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, 
ta’lim mazmunini takomillashtirishga oid me’yoriy hujjatlar ta’limni hayot bilan 
bog‘lashni, o‘qitish samaradorligini oshirishni, tez taraqqiy etib borayotgan 
jamiyat uchun har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab 
yetishtirishni talab qiladi.
Bu o‘rinda adabiy ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv, yangi 
pedagogik texnologiyalarning kirib kelishi va qo‘llanilishi davr talabi bilan 
bevosita bog‘liqdir. 
Yangi pedagogik texnologiya ta’limning ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan 
shakli, usuli va vositalarining mahsulidir. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, aksariyat 
hollarda adabiyot o‘qituvchisi dars jarayonida faqat o‘zi ishlaydi, o‘quvchilar esa 
kuzatuvchi, tinglvchi bo‘lib qolaveradilar. Ta’limning bunday an’anaviy ko‘rinishi 
o‘quvchilarning aqliy tafakkurini o‘stirmaydi, faolligini oshirmaydi, ta’lim 
jarayonidagi ijodiy faoliyatini so‘ndiradi. Buni quyidagi jadval asosida ham 
mufassal o‘rganish mumkin.
Taqqoslanadigan jihatlar 
An’anaviy ta’lim 
Zamonaviy yondoshuv 
asosidagi ta’lim jarayoni 
pedagogik munosabatlar turi 
Sub’ekt-ob’ekt 
Sub’ekt-sub’ekt 
pedagogik munosabatlar 
tamoyili 
avtoritar 
Insonparvarlashtirilgan va 
demokratiyaga asoslangan 
o‘zaro hamkorlik 
Darsning maqsadi 
Bilimlarni o‘zlashtirish, 
ko‘nikma va malakalarni 
hosil qilish, o‘quv 
materialini tushuntirish 
SHaxsning qiziqishi, motivini 
rivojlantirish, aqliy, ma’naviy, 
axloqiy, ruhiy va jismoniy 
barkamolligini ta’minlash 


51 
Darsning mazmuni 
Dastur talablari, 
darslikdagi o‘quv 
materiallari 
Bilish usullarini egallash, 
atrof-muhitdagi, jamiyat 
rivojidagi, ijtimoiy va shaxsiy 
ahamiyatga molik 
o‘zgarishlarni anglash, shaxsni 
rivojlantirishga imkon 
beradigan o‘quv va 
qo‘shimcha materiallar 
Ta’limning hakatlantiruvchi 
kuchi
Buyruq, ta’kidlash, 
jazolash, baho va boshqalar 
asosida shaxsni kamsitish 
yoki rag‘batlantirish 
Bilish quvonchi, o‘zidagi 
ijobiy o‘zgarishlarni his qilish, 
o‘ziga va o‘z bilimiga 
ishonchning paydo bo‘lishi, 
o‘zini va boshqalarni hurmat 
qilish, o‘zaro hamjig‘atlikka 
asoslagan qulay ijtimoiy-
psixologik muhit.
Darsda faoliyat usuli 
Tushuntirish, takrorlash, 
mashq qilish, yodlash, 
namunaga muvofiq amaliy 
ish bajarish 
O‘quv topshiriqlarni 
hamkorlikda bajarish, 
muammoli suhbat, aqliy 
hujum, munozara, o‘qituvchi 
va o‘quvchi o‘rtasida 
insonparvarlik 
munosabatlarining 
shakllanishi. 
Darsni tashkil etish
Uy vazifasini so‘rash, 
yangi bilimlarni o‘rganish, 
umumlashtirish, takrorlash, 
baholash. 
muammoli savollarga javob 
topish, avval o‘zlashtirgan 
bilimlarni yangi va kutilmagan 
vaziyatlarda qo‘llash, 
individual va guruhlarda o‘quv 
topshiriqlarini bajarish.
O‘qituvchining roli 
Bilim va axborot manbai, 
o‘quvchi taqdiriga 
javobgar – yakka hokim
Hamkor, do‘st, maslahatchi, 
muammoni hal qilishda 
bilimlarni egallash usullarini 
o‘rgatuvchi g‘amxo‘r, ustoz. 


52 
O‘qituvchining vazifasi 
Bilimlarni o‘zlashtirishning 
eng oson shaklida bayon 
etish. 
O‘quv va amaliy vazifalarni 
hal etishda o‘quvchilarning 
faol ishtiroki va o‘quv-bilish 
faoliyatini tashkil eti shva 
boshqarish.
O‘quvchining vazifasi 
Axborotni qabul qilish, 
yodlash, axborotni qayta 
ishlamagan holda berilgan 
savollarga shu shaklda 
javob berish kutilgan 
bahoni kutish. 
O‘quv topshiriqlari va 
muammoni hal etishning 
individual, guruhli 
izlanishlarda ishtirok etish, 
doimo o‘z bilimini 
rivojlantirish, iqtidorini 
namoyon etish 
Ta’limning yakuniy natijasi 
DTS va dastur talablari, 
bilim, ko‘nikma va 
malakalarni shakllanishiga 
erishish.
O‘quvchilarning aqliy, 
ma’naviy-axloqiy, jismoniy, 
ruhiy barkamolligiga erishish, 
bilimlarni egallash usullari, 
o‘zlashtirgan bilimlarni yangi 
kutilmagan vaziyatlarda 
qo‘llashga o‘rgatish, o‘z ustida 
ishlash ko‘nikmasini hosil 
qilish.
Adabiy ta’limga zamonaviy yondashuvning asosiy maqsadi esa o‘qitish 
tizimida o‘quvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, o‘quvchilarni o‘quv 
materiallarini shunchaki yod olishlaridan, avtomatik tarzda takrorlashlaridan 
uzoqlashtirib, mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, darsning faol 
ishtirokchisiga aylantirishdir. SHundagina o‘quvchilar muhim hayotiy yutuq va 
muammolar, o‘tiladigan mavzularning amaliyotga tatbiqi bo‘yicha o‘z fikriga ega 
bo‘ladi, o‘z nuqtai nazarini asoslab bera oladi.
Chunki adabiy ta’lim va barkamol shaxs tarbiyasi bir-biri bilan uzviy bog‘liq 
jarayondir. Mazkur jarayonda mantiqiy fikrlash, tasavvur qilish, bilish faoliyatini 
rivojlantirish kabi jihatlar muhim ahamiyatga ega. Adabiy ta’lim orqali 
o‘quvchilarda shaxsiy dunyoqarash va e’tiqod shakllanadi. Badiiyat va fan 
qonuniyatlarini anglash, adabiy ta’limda belgilangan bilim ko‘nikma va 
malakalarni egallash, faoliyat yo‘nalishidagi qiyinchiliklarni yengish, yakka 
tartibda, juftlikda va guruhlarda ishlash kabi metodlar jarayonida o‘quvchi shaxs 
sifatida shakllanib boradi.


53 
Adabiy ta’limda o‘qituvchi interfaol metodlardan mavzuga muvofiqini tanlay 
bilishi 
muhim 
hisoblanadi, 
tajribalar 
ertaklar 
o‘rganiladigan darslarni 
sahnalashtirilgan holda tashkil etish kutilgan natija berishini ko‘rsatmoqda. Faol 
ertak qahramonlarini sahnada aks ettirishga layoqatli o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan 
alohida mashg‘ulotlar orqali ertak sahnalashtiriladi.
Shu o‘rinda aytish joizki, darslikka kiritilgan ba’zi adabiy ertaklar asosida 
mulg’tfilmlar ishlanganligi, bu holat dars jarayonida murakkabliklarni keltirib 
chiqarayotganligini ta’kidlab o‘tgandik. Bunday muammoni hal etishda o‘qituvchi 
ijodkorligini ishga solishi, ekranda namoyish etilmagan, faqat adabiy asarda 
mavjud o‘rinlarni yoki o‘quvchilarni fikrlashga, mulohaza yuritishga undaydigan, 
ularda ijobiy fazilatlarni shakllanishida katta ahamiyatga ega tasvirlarni 
sahnalashtirishi yaxshi samara beradi.
Sahnalashtirilgan rolli darslarni tashkil etish hamda o‘tkazish ko‘proq vaqt va 
tayyorgarlikni talab etadi. Mazkur darsga tayyorgarlik ishlari sinfning boshqa 
o‘quvchilaridan sir tutilmog‘i maqsadga muvofiqdir. Chunki tayyorgarlik 
(repetitsiya) mashqlarining sinf o‘quvchilari ichida olib borilishi ertak o‘rganishi 
rejalashtirilgan darsning ular uchun zerikarli va qiziqarsiz kechishiga sabab 
bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar ko‘zidan sir tutilgan sahnalashtirilgan ertak darsi 
talab darajasida tayyorlansa, bu dars ular uchun haqiqiy mo‘‘jiza va faqulodda 
kashfiyot sanalishini tajribalar isbotlaydi. Chunki ertak voqealari bolalarning ko‘z 
oldida jonli holda ro‘y beradi. Tasavvur kuzatuv bilan uyg‘unlashadi.
Sahnalashtirilgan rolli darslarni tashkil etishda o‘quvchilar oldiga aniq vazifalar 
qo‘yiladi, ularning o‘quv faoliyati o‘yin qoidasiga batamom bo‘ysundiriladi. 
Umumiy holda roli o‘yin darslari sahnalashtirilgan muammoni yechishga 
qaratilgan hayotiy vaziyatni o‘quvchilar tomonidan sahnalashtirish orqali hal 
etiladi.
Bunday darslar ta’lim berish bilan birga, o‘quvchilarning ijodiy faoliyati, 
ularning o‘zaro nutq madaniyatini rivojlantiradi, mantiqiy fikrlash hamda 
bilimlardan xulosa chiqarishga o‘rgatadi.
Sahnalashtirilgan darslarni tashkil etishda o‘qituvchi sahna ishtirokchilariga 
mavzuni va mavzu bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarni taklif etadi. Ishtirokchilar o‘z 


54 
rollarini tanlab olishadi. O‘z roliga muvofiq umumiy muammoni yechishda guruh 
bilan maslahatlashgan holda qatnashadi.
Roli o‘yinlarda bir-birini inkor etuvchi vaziyatlar paydo bo‘lishi mumkin. Har 
bir ishtirokchi bu vaziyatdan chiqish uchun mantiqan to‘g‘ri yo‘lni tanlashi zarur. 
O‘quvchilarning bilim va mahoratlarini baholashda ularning tashkiliy faoliyati va 
muammoni yechishda maqsadning bajarilishidagi faoliyati hisobga olinadi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish