Abuzalova M


Mavzu: Grammatik  ma‟no. Umumiy grammatik ma‟no (UGM), oraliq



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/186
Sana31.07.2021
Hajmi1,77 Mb.
#133428
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

Mavzu: Grammatik  ma‟no. Umumiy grammatik ma‟no (UGM), oraliq 
grammatik  ma‟no (OGM) va xususuy grammatik ma‟no (XGM). Ularning 
munosabati.  Umumiy ma‟noni ochish yo`llari 
 
Reja: 
 
1.Grammatik ma‟noning yangicha talqini xususida.   
2.Xususiy ma‟nolar lisondagi umumiy ma‟nolarning tajallisi, voqelanishi, yuzaga 
chiqishi. 
3.Umumiy ma‟noni ochish yo`llari (paradigmatik munosabat). 
                         
   Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 
 
Grammatika,  grammatik    ma‟no  (GM),  xususiy  grammatik  ma‟no  (XGM), 
umumiy  grammatik  ma‟no    (UGM),  oraliq  grammatik  ma‟no  (OGM),  son 
shakllarining  XGM  va  UGMlari,  UGM  ni  ochish  yo„llari,  bo„lunavchan  yoki 
bo„linmaslik  tushunchalari,  aniq  miqdor,  noaniq  miqdor,  noaniq  miqdoriy 
ko„rsatkich (NMK).   
 
Grammatik ma‟no deganda nima tushuniladi? 
     Grammatik ma‟no deganda har bir tilning  qurilish  tizimi nutqda ifodalanishini  
zaruruy  va majburiy deb talab etadigan va turli   xil   shakliy   ko`rinishlar   bilan   
beriladigan  umumlashgan  ma‟nolar  tushuniladi.  Chunonchi,  "Bolalar  qiziqarli 
kitobni o`qiydilar" gapini  olsak,  "Bolalar"  so`zida  2  xil ma‟no ajralib  turadi:  
1)    lug`aviy    ma‟no,  ya‟ni  bu  so`zning  borliqdagi  odam  jinsiga  mansub  bo`lgan,  
yosh  jihatdan  voyaga yetmagan shaxsni  yoki  voyaga yetgan kimsaning farzandi, 
avlodini  atab  kelish;  2)  ko`plik  sonda,    bosh    kelishikda,  gapda    ega  vazifasida 
kelgan  turdosh  ot.    Bu  ma‟nolardan  birinchisi  lug`aviy,  leksik  ma‟no  bo`lsa,  
ikkinchisi  grammatik  umumlashgan  ma‟nodir.    Grammatik  ma‟nolar  har  bir  til 
uchun shu til uchun o`ziga xos bo`ladi va  rang-barang  shakliy  usullar bilan (biz  
bularni  navbatdagi  mavzuda  ko`rib o`tamiz) ifodalanadi. 
     Grammatik  ma‟noni    yangicha    talqin    qilishda    ham  til  va  nutq  farqlanishi 
mezonida yondashiladi.  Zohiriy narsa tez - tez yo`qolib, o`zgarib  turadi.  Lekin u 
mohiyatning  yashash  usuli  sifatida  ahamiyatlidir.    Nutq  hech  qachon    til    haqida  
to`liq  ma‟lumot  berolmaydi.    Bizning    til    haqida    nutq    orqali  olgan 
ma‟lumotlarimiz  hamisha  noto`liq.  Nazariyotchi  ularni  umumlashtirar  ekan,  til 
haqida ma‟lumotga ega bo`ladi. 
     Grammatik  ma‟no  (GM)ning  an‟anaviy      talqini      nutqiy  hodisalarga 
tayanadigan  empirik talqindir.  An‟anaviy talqindagi /GM/ ni /XGM/ desak to`g`ri 
bo`ladi. 
     UGM XGMga   qarama-qarshi   turadi.   UGM   XGM  orqali voqelanadi. UGM 
hamma XGMlarni o`z ichiga oladi. UGM va XGMlar haqida gapirishdan oldin, biz 
umumiylik  va  xususiylik  nima,  umumiy  va  xususiy    ma‟noning    o`zi    nimaligi 
haqida bahs yuritaylik. 


     Biz ko`ra  oladigan,  seza  oladigan,  o`lchay oladigan, kuzata oladigan  narsa,  
belgi,    voqea  -  hodisa  xususiylikdir.  Masalan;  daraxtni  biz  ko`ra  olamiz,  
paypaslaymiz,  shoxlari  va  barglarini,  mevasini  sanay  olamiz.  Daraxtning 
moddiyligi  uning  ildizi,  tanasi,  shox-shabbasida.  Har  bir  daraxt  takrorlanmas, 
chunki  bir    yilda  ekilgan  2  ta  olma  daraxti  2  ta  alohidalikdir-  mevasi,  tanasi    bir  
xil    bo`lsa-da,    barglar    miqdori    bilan  farqlanishi  mumkin.    Demak,  yer    yuzida  
nechta  daraxt  bo`lsa,  shuncha  xususiy  daraxt  bor.  Ularning  hisobi  nisbiy,  chunki 
sanaguncha nechtasi quriydi, nechtasi yonib ketadi  va hokazo... 
     Bir  ashulani  san‟atkor  2  marta  aytar  ekan,    bu    bir    emas,  ikki  xususiylikdir.  
"Men    ma‟ruza    o`qiyapman"  gapini  2  marta  takrorlasak,  bunda  ikki  xususiylik 
voqelangan bo`ladi. Chunki bu ikki gap hech bo`lmaganda zamonda farqlanadi. 
     Umumiylik  nima?  Xohlagan  xususiylikda      umumiylikning      belgisi      yotadi. 
Minglab daraxtlar uchun (olma, anjir, chinor...  daraxtlari) umumiy bo`lgan tomon 
-  tanasi,  shoxi    bor  o`simlik.    Bizning  ongimizda  daraxt  xuddi  shu  ma‟no    bilan  
yashaydi.  "Umumiylik - bevosita kuzatishda  berilgan    alohida   xususiyliklardagi 
belgilarning  ongimizdagi obrazi" [1,8;].  Umumiyliklar mayda - chuyda belgilarni 
o`z  ichiga  olmaydi,  umumiylik  xususiyliklarda  takrorlanib  turadi.  Demak,  xulosa 
shuki,  xususiylik  -  takrorlanmas,  chegaralangan;  umumiylik  -    takroriy, 
chegaralanmagan. 
     Istalgan  butunlik  shakl  va  ma‟no  tomondan  iborat  bo`ladi.  Yana  daraxt  
misoliga qaytamiz.  Daraxtning shakl tomoni bizga ma`lum: qattiq tanali o`simlik. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish