Abuzalova M



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/186
Sana31.07.2021
Hajmi1,77 Mb.
#133428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

 
Adabiyotlar: 
1. Азизов О. Тилшуносликка кириш. Т., “ Ўқитувчи”, 1996. 
2.  Баскаков  Н.,  Содиқов  А.,  Абдуазизов  А.  Умумий  тилшунослик.  Т. 
“Ўқитувчи”, 1979. 
3. Мўминов С. Сўзлашиш санъати., “ Фарғона”, 1997. 
4.  Неъматов  Ҳ.,  Расулов  Р.  Ўзбек  тили  систем  лексикологияси  асослари.Т., 
“Ўқитувчи”, 1995. 
5. Реформатский А. Введение в языкознание. 4-е. М., Просвещение. 1967. 
6.  Содиқов  А.,  Абдуазизов  А.,  Ирисқулов  М.  Тилшуносликка  кириш.  Т., 
“Ўқитувчи”, 1981. 
7. ЎзСЭ. 11-сон, Т., 1978, 101-104 –б. 
 
 
Mavzu: Til va tafakkur masalalari 
 
Reja: 
1.Til va tafakkurning o`zaro bog`liqligi. 
2.Mantiq va tilshunoslik. 
3.Umumiy xulosalar. 
                      
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 
   
Til va tafakkur, ong, bilish, mantiqiy kategoriyalar, grammatik kategoriyalar, 
aqliy  bilish,  hissiy  bilish,    mantiqiy  va  til    kategoriyalarining  mos  tushish  va 
tushmaslik hodisasi. 
 
    
Til  va  tafakkur  munosabati  tilshunoslik  fanining  asosiy  masalalaridan  biri 
sanaladi.  Tilsiz  fikrni  ifodalash  sira  mumkin  bo`lmaganidek,  tafakkursiz  til  o`z 
ifodasini  shakllantira  olmaydi.  Shular  bilan  bog`liq  yana  falsafiy,  psixologik  ong 
tushunchasi ham mavjud. Ong ijtimoiy-psixologik hodisa bo`lib, insonning fikrlash 
qobiliyatini boshqaradi.  Ong biologik hodisa bo`lib, mantiqiy fikriy faoliyatni o`z 
ichiga oladi. Demak, ong tafakkurdan ham katta hodisa, tushunchadir. Tafakkur  – 
bilishning  eng  yuqori  bosqichidir.    Bilish  bu  obyektiv  voqelikning  inson  ongida 
aks etish jarayonidir. Fanda ikki xil bilish farqlanadi:  
1.  Sezgilar orqali bilish. 
2.  Aqliy bilish va tafakkur. 


 Hissiy  bilishda  tashqi  olamni  sezgi  a‟zolarimiz  orqali  bilib  olamiz.  Bunday 
bilish hayvonlarda ham rivojlangan.   Aqliy bilish esa insonlarga xos bo`lib, tashqi 
olamni  faqatgina  his  qilib  qolmay,  balki  har  bir  hodisa,  predmet,  jarayonlarini 
fahmlaydi,  ularni  qayta  ishlaydi,  fikr  yuritadi,  xulosalaydi,  tushunchaga  ega 
bo`ladi.  Mana  shu  jarayon  tafakkurdir.  Demak,  tafakkur  oliy  bilish,  fahm,  idrok 
kabi tushunchalar bilan uzviy bog`liq bo`lib, bilishning mahsuli sanaladi. Tafakkur 
– miyaning oily mahsuli. Tafakkur kishilarning ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati 
jarayonida  paydo  bo`ladi.  U  insoniyat  jamiyatiga  xos  bo`lgan  mehnat  va  nutq 
faoliyati  bilan  chambarchas  bog`liq  holdagina  mavjuddir.  Tafakkurning  voqelikni 
bevosita  aks  ettirish  qobiliyati  insonning  xulosa  chiqarishga,  isbotlashga  bo`lgan  
qobiliyatida  ifodalanadi.  Bu  qobiliyat  bilish  imkoniyatlarini  kengaytiradi.  Inson 
tafakkuri  turli  fanlar    (mantiq,  psixologiya,  gnoseologiya,  kibernetika  va  sh.k.) 
tomonidan va turli usullarda o`rganiladi. Eksperimental tadqiqotlar orasida so`nggi 
vaqtda  tafakkurni  turli  kibernetik  qurilmalar  yordamida  modellashtirish  shaklida 
tadqiq qilish metodlari ancha keng rivojlangan. 
   
Biz  yuqorida  tafakkurni  bilish,  ong,  idrok  kabi  tushunchalar  bilan  bog`liq 
ekanligini  qayd  etdik.  Tafakkur  til  bilan  ham  zich  aloqador  ekanligini  ham 
unutmaslik  kerak.  Uning  til  bilan  munosabati,  aloqadorligi  tilshunoslik  fanining 
o`rganilish  doirasiga  ham  kiradi.  Har  qanday  fikr  so`zlarda  o`z  ifodasini  topadi. 
Fikrning  voqeligi,  uning  mavjudligi  tilda  namoyon  bo`ladi.  Biz  istalgan  predmet, 
voqea-hodisa haqida til vositasisiz, so`z va gaplarsiz fikrimizni ifodalay olmaymiz. 
Til  –  bilish  jarayonining  muhim  sharti.  Tilsiz  tafakkur  mavjud  bo`lmaganidek, 
tafakkursiz  til  ham  mavjud  emas.  Hech  qanday  ma‟noga  ega  bo`lmagan,  faqat 
ma‟lum  tovushlar  tizimidan  iborat  bo`lgan  so`zlar  muayyan  tushunchani 
ifodalamaydi,  tasavvur  ham  hosil  qilolmaydi.  Va  nihoyat,  fikr  ifodalash 
funksiyasini bajarmagan bunday so`zlar nutq uchun xizmat qilolmaydi. Xullas, til 
va tafakkur munosabati o`zaro dialektik aloqadorlikda bo`lib, birgalikda rivojlanish 
va  ta‟sir  etish  qonuniyatlariga  amal  qiladi.  Ammo  til  qonunlari  bilan  tafakkur 
qonunlari bir-biriga teng kelmaydi. Til grammatikaning o`rganish manbayi bo`lsa, 
tafakkur logika (mantiq) ilmining manbayidir. Shunga ko`ra mantiqiy kategoriyalar 
(tushuncha, subyekt, predikat, hukm va sh.k.) bilan grammatik kategoriyalar (so`z, 
ega, kesim, to`ldiruvchi….) farqlanadi. Mantiq birliklari umumiy, mavhumdir. Til  
birliklari,    ayniqsa,  nutqiy  birliklar  real,  voqeiydir.  Mantiqiy  kategoriyalar 
umumiy,  metodologik  bo`lganligi  bilan  tillardagi  grammatik  kategoriyalar  o`ziga 
xosdir.Chunonchi,  rus  tilida  otlarning  jonli  va  jonsizligini  ifodalash  kategoriyasi 
mavjudki, bu o`zbek tili uchun xos hodisa emas. 
 
 
 
 
 
   
 
 
 
 
 
Одушевленные 
Кто? 
Она  
Девочка 
Koтѐнок 
Неодушевленные 
Что? 
Оно 
Стол 
Kнига 


Rus tilida rod kategoriyasi mavjud bo`lib, u mantiqiy jins kategoriyasi bilan 
muvofiq  va  nomuvofiq  holatda  turishi  kuzatiladi.  Masalan,  мужчина,  дедушка 
“женский  род”ni  ifodalaydi,  ammo  jins  kategoriyasi  jihatidan  erkak  (мужской 
пол)lik  belgisiga  ega.  Demak,  mantiqiy  jins  kategoriyasi  grammatik  rod 
kategoriyasi  bilan  nomutanosiblik  hosil  qilgan.  Mantiqiy  sifat  va  miqdor 
kategoriyasi  o`zbek  tili  grammatikasida  ham  ifodalanadi.  Сhunonchi,  mantiqiy 
sifat  kategoriyasi  sifat  so`z  turkumi  ichida  turli  usullar  (morfologik,  leksik-
semantik,  takror)  bilan  aks  ettirilishi  mumkin.  Falsafiy  miqdor  ma‟nosi  esa  son 
kategoriyasida  o`z  ifodasini  topadi  (birlik  va  ko`plikda).  Grammatikada  miqdor 
ma‟nosini  ifodalash  son  so`z  turkumi  (yigirmata  talaba),  ravish  so`z  turkumi 
(ancha, picha), takrorlar (qop-qop un) orqali ham ifodalanadi. 
   
Xullas,  til  bilan  tafakkur  bir-biridan  ajralmas  dialektik  birlikni  tashkil 
etuvchi, ammo o`z xususiyatlariga, qonun-qoidalariga ega bo`lgan hodisalardir. Til 
bilan tafakkurni bir hodisa deb tushunish qanchalik xato bo`lsa, ularni  bir-biridan 
ajratish ham shunchalik xatodir. F.de Sossyur ta‟biri bilan aytganda: “Язык можно 
сравнить  также  с  листом  бумаги.  Мысль  –  его  лицевая  сторона,  a  звук 
оборотная… ”, demak, tilni fikrdan  ajratish mumkin emas. Fikr va tilda voqeiy 
turmush, hayot namoyon bolishi lozim. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish