Abuzalova M



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/186
Sana31.07.2021
Hajmi1,77 Mb.
#133428
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

 
 
Adabiyotlar: 
 
1.  Баскаков  Н.А.  Введение  в  изучение  тюркских    языков.  М.,  «Высшая 
школа», 1962. 
2.  Рустамов А. ва б. Қадимги туркий тил. Т., «Ўқитувчи», 1992. 
3.  Coдиқов A. ва б. Тилшуносликка кириш.  Т., «Ўқитувчи», 1981. 
      
Mavzu: Yozuv. Yozuvning taraqqiyoti 
 
R e j a : 
1.  Yozuv. Yozuv va til. 
2.  Yozuv tarixidan. 
3.  Davr va yozuv taraqqiyoti. 
  
 
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 
 
Yozuv,  yozuvning  tilga  munosabati,  yozuvning  paydo  bo`lishi,  piktografik 
yozuv,  logografik  yozuv,  xitoy  ieroglifikasi,  misr  mixli  xatlari,  fonografik  yozuv 
va uning turlari, alifbo, lotin alifbosi, kirill yozuvi. 
 
Yozuv  insoniyatning  tarixiy  taraqqiyoti  mahsulidir.  U  azaldan  kishilarning 
aloqa  qilishlari,  fikr  almashishlarida  muhim  rol  o`ynagan.  Shubhasiz,  yozuv 
insoniyatning ulug` kashfiyoti, muvaffaqiyati hisoblanadi. U og`zaki nutq va tilga 
yordamchi vosita sifatida yuzaga keldi. 
Yozuv – muayyan bir tilda  qabul etilgan va kishilar o`rtasidagi  muloqotga 
xizmat  qiladigan  yozma  belgilar  yoki  tasvirlar  tizimi.  Yozuv  kishilik  jamiyati 
madaniy taraqqiyotning tom ma‟nodagi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy 
takomili  jarayonidagi  omillarning  eng  asosiylaridan  biridir.  Yozuv  og`zaki  tilga 
nisbatan  ikkilamchi,  qo`shimcha  aloqa  vositasi  bo`lsa-da,  unga  qaraganda  ko`p 
afzalliklarga  ega.  Xususan,  tilning  asosiy  vazifasi  –  kishilar  o`rtasidagi  aloqani 
ta‟minlashdir.  Tilning  kommunikativ  vazifasi  yozuvsiz  amalga  oshishi  mumkin 
emas.  Tilning  estetik,  gnosiologik  (bilish)  kabi  asosiy  vazifalarini  ham  yozuvsiz 
tasavvur  qilish  qiyin.  Ayniqsa,  tilning  insoniyat  qo`lga  kiritgan  tajriba-bilimlarini 
saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita yozuv orqali bajariladi. 
Tovush  tili  uchun  noqulaylik  tug`diruvchi  masofa  va  vaqt  omili  yozuvning    bu 
borada  ustunligini  dalillaydi.  Bir  latincha  maqol  bor:  “Verba  volant  –  scripta 
manent” – “So`zlar uchib ketadi, yozilgani esa qoladi”.  
Yozuv  tildan  ancha  keyin    paydo  bo`lgan.  Tovush  tili  400-500  ming  yillar 
ilgari  yuzaga  kelgan,  yozuv  esa  4-5  ming  yil  oldin  paydo  bo`lgan.  Og`zaki  
nutqning  zamon  va  makon  nuqtai  nazaridan  cheklanganligi  va  uni  bartaraf  etish 
zaruriyati yozuvning  paydo bo`lishiga olib kelgan. Og`zaki til talaffuz vaqtidagina 
va  ayni  paytda  muayyan  masofadagi  (tovush  to`lqinlari  yetib  borishi  mumkin 


bo`lgan)  kishi  uchungina  mavjuddir.  Boshqa  sharoitlarda  tilga  ehtiyoj  paydo 
bo`lishi  bilan  inson  dahosi  bu  ehtiyojni  qondira  oluvchi  vositalarni  qidira 
boshlagan,  natijada  belgilar  tizimidan    iborat  yozuv  dunyoga  kelgan.  Aslida, 
belgilar tizimi sifatidagi yozuv  paydo bo`lishidan oldin inson ramziy vositalardan 
keng foydalangan. Masalan, slavyan qabilalarida non-tuz – do`stlik ramzi, trubka-
tinchlik, atirgul-sevgi ramzi va h.k. belgilar “buyumli yozuv” xarakteriga ega edi. 
Fanda  turli  xil  yozuv    ko`rinishlari  aniqlangan  va  yozuvning  tadrijiy  tarixi  
isbotlangandir. 
Piktografik  (lat.  pictus  -  chizmoq),  rasmli  yozuv  dastlabki  yozuv    turidir. 
Piktografik  yozuv  ibtidoiy  tasviriy  san‟at  namunasi  bo`lib,  toshlarga,  suyaklarga, 
g`or  devorlariga  o`yib  ishlangan.  Piktografiyada  hayotiy  vaziyatlar  (ov,  sayohat), 
narsalar  (qayiq,  uy,  oy,  quyosh,  yer),  mavjudotlar  (inson,  sigir,  qo`y)  kabilar  aks 
ettirilgan  edi.  Yozuvning  rasm  bilan  aloqador  hodisa  ekanligini  turkiy  tillardagi 
bitik  (yozuv)  so`zi  tarkibidagi  biti-xitoycha  bi:  mo`yqalam  bilan  aloqadorligi, 
shuningdek,  slavyan  tillaridagi  писать  (jivopis)  fe‟lining  o`zagi  lаt.  “pingere”  – 
rasm  solmoq  tushunchasi  bilan  bog`liqligi,  gotcha  melian  (yozmoq)  fe‟lining 
dastlabki  ma‟nosi  ham  mo`yqalamda  rasm  solmoq  bo`lib,  hozirgi  nemis  tilida 
malen” – rasm chizmoq” ma‟nosida qo`llanilishi tasdiqlab turibdi. 
B.N.Golovin  piktografiya  hodisasini  shunday  tushuntiradi:  “Piktografik 
maktublar  bilan  muloqot  qilmoqchi  bo`lgan  ikki  hozirzamon  do`stlarni  tasavvur 
qilaylik. Ulardan biri qorong`u osmondagi yarimoy tasvirini, chiqayotgan quyosh, 
qayiqdagi  odam,  baliq  va  qarmoq  rasmini  chizdi.  Keyingisi  javob    tariqasida 
botayotgan quyosh, qorong`u osmondagi yarimoy, paravoz  va  uch vagon va ular 
oldida  odam  hamda  Moskva  Kremlning  tasvirini  bergan.  Shuningdek,  vagonni 
quyosh  bilan  bog`laydigan  chiziq  (liniya)ni  ham  ko`rsatgan.  Demak,  bulardan 
birinchisining  mazmuni:  “Men  ertaga  baliq  oviga  boraman”.  Ikkinchisi  esa: 
Bugun  kechqurun  (oqshomda)  men  poezdda  Moskvaga  ketaman”,  -  degan 
ma‟nolarni anglanadi.
1
   Darhaqiqat, olim juda to`g`ri tasavvur, mulohaza keltiradi. 
Ibtidoiy tafakkur va yozuvning tabiatini shu kabi ko`rinishlarda kuzatish mumkin. 
Shu  boisdan  ham,  rasmli    (piktografik)  yozuv  dunyodagi  mavjud  barcha 
yozuvlarning kelib chiqishi uchun asos bo`lgan, degan fikrga kelish to`g`ridir. 
Rasmlar  yordamida  muayyan  fikr-axborotni  ifodalash,  yuborish  mumkin 
ekanligini  odamlar  juda  qadimiy  davrlarda  anglab  yetganlar.  Shuning  uchun  ham 
rasmli  yozuvning  og`zaki  til  bilan  bog`liq  bo`lmaganligi  uning  turli  til  vakillari 
tomonidan  ham  tushunilaverishini  ta‟min  etgan,  ammo  unda  ifodalangan 
mazmunning  turlicha,  ixtiyoriy  talqin  etilishiga  yo`l    qo`ygan,  abstrakt 
tushunchalarni  bunday  yozuv  orqali  ifodalash  deyarli  mumkin  bo`lmagan.  Davlat 
tuzumi  rivojlanib,  turli  yozishmalarga  va  bu  yozishmalarning  ayni  bir  xil  talqin 
qilinishiga  bo`lgan  ehtiyoj  kuchayib  borgani  sari  piktografik  yozuvning  ojiz 
tomonlari  ko`proq  ko`zga  tashlana  boshlagan.  Bu  hol  rasmli  yozuvning 
taraqqiyotiga, ideografik va ieroglifik yozuvning shakllanishiga olib kelgan. 
                                                 
1
 Головин Б.Н. Введение в языкознание. М., 1977. стр.: 232. 



Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish