Abuzalova M


Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/186
Sana31.07.2021
Hajmi1,77 Mb.
#133428
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

 
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 
 
Hind – yevropa tillari oilasi, bu oilani o`rganish tarixidan, ovrupashunoslar va 
ularning  tadqiqot  manbalari,  metodlari,  hind  –  yevropa  tillarining  qarindoshligi, 
hind  –  yevropa  tillari  oilasining  guruhlanishi,  eng  yirik  guruh,  eng  yirik 
(so`zlashuvchilar  va  jahondagi    o`rniga  ko`ra)  tillar,  hind  –  yevropa  tillarining 
ichki (lisoniy) xususiyatlari, hind – yevropa tillari flektiv tillar sifatida. 
 
Genealogik  tasnif  asosida,  tillarni  qiyosiy-tarixiy  metod  orqali  organish,  
avvalo,  hind  –  yevropa  tillari  materiallarida  ishlab  chiqilgan  edi.  Bunda  XIX 
asrning  birinchi  yarmida  nemis  filologi  F.Bonn  (1791-1867),  rus  tilshunosi 
A.X.Vostokov  (1781-1864),  nemis  olimi  A.Shleyxer  (1821-1868),fransuz 
tilshunosi F.Dits (1794-1876)lar hind – yevropashunoslikka asos soldilar. Bundan 
keyin som-xom, fin-ugor, turkiy, kavkaz tillari oilasi tasniflandi. 
 
Fransuz  gumanisti  Gvilyelm  Postellus  (1510-1581)  ozining  “Tillarning 
qarndoshligi  haqida”,  gollandiyalik  olim  Iosif    Skaliger  (1540-1609)  esa  
“Yevropaliklarning tillari haqida mulohazalar” nomli tadqiqotlarida yevropa tillari 
doirasida  11ta  “ona  til”larni  ko`rsatadilar.  4  ta  “katta”:  grek,  latin  (roman  tillari 
bilan), tevton (german), slavyan hamda 7ta “kichik”: alban (epirot), irland, kimrcha 
(britt),  tatar,  fincha,  venger  va  bass  tillari.  Tilshunoslar  qadimgi  hind  (sanskrit) 
tilini  ilmiy  o`rgana  boshlaydilar.  Sanskrit  tilini  o`rganish  esa  qiyosiy  -tarixiy 
tilshunoslikning  shakllanshiga  katta  ijobiy  ta‟sir  ko`rsatdi.  1786-yilda  ingliz 
sharqshunos  olimi  Vilyam  Djounz  (1746-1794)  Kalkuttada  qilgan  imiy 
ma‟ruzasida  sanskrit  tilining  grek,  latin,  kelt,  got  va  qadimgi  fors  tillari  bilan 
qarindosh ekanligini ko`rsatib berdi. Sanskrit tilini “klassik tillar ”ga qiyoslab , bu 
tillarda  faqat o`zaklarninggina  emas, balki      grammatik  (forma)  shakllarning ham 
o`xshash,  bog`liq  ekanligini  va  bu  o`xshashliklarning  tasodifiy  emasligini,  bular 
hind  –  yevropa  tillari  orasida  qarindoshlik  munosabati  borligini  ko`rsatadi,  deya 
mulohaza yuritdi. 
 
Frans  Bopp  (1791-1867)  esa  xuddi  shu  yonalishda,  ya‟ni  sanskrit  tili  va 
ko`pgina yevropa tillarini qiyoslash asosida 1816-yilda “Sanskrit tilining tuslanish 
sistemasi  va  uni  grek,  latin,  fors  va  german  tillaridagi  tuslanish  sistemasiga 
qiyoslash”  nomli  asarini  e‟lon  qildi  va  bu  asarda  mazkur  tillardagi  tuslanishning 
o`xshashligini, bu tillarning  bir manbadan kelib chiqqanligini ko`rsatib o`tdi.Olim 
o`zining  III tomli “Sanskrit , hind, arman, grek, latin, litva, qadimgi slovyan , got 
va  nemis  tillarining  qiyosiy  grammatikasi”  nomli  asarida  (1833-1852)  hind  – 
yevropa  tillarida  fleksiyaning  kelib  chiqish  tarixini  o`rganib,  tilshunoslikda 
“agglyutinatsiya” nazariyasini ishlab chiqdi. 
 
Hind  –  yevropa  tillari  oilasini  o`rganish  sohasida  Y.Grimm  va  R.Rasklar 
ham  katta  xizmat  ko`rsatishgan.  Xususan,  Rasmus  Rask  (1787-1832)  o`zining 
“Qadimgi  island  tili  va  island  tilining  paydo  bo`lishi”  (1814)  nomli  asarida 
tillarning  qarindoshligi  so`zlarning  o`xshashligiga  emas,  balki  grammatik 
formalarning  o`xshashligiga    asoslanishi  kerakligini  qayd  qilgan.  Yakob  Grimm 
(nemis olimi) (1785-1863) esa german tillari qiyosiy grammatikasini yaratdi.1819-


1877-yillar davomida to`rt tomlik “Nemis tili grammatikasi” asarida german tillari 
va  boshqa  hind  –  yevropa  tillariga  xos  bo`lgan  fonetik  sistemani  qiyoslaydi.  Bu 
qonun “Grimm qonuni” deya nom qozongan bo`lib, german tillaridagi [f], [b], [h] 
tovushlari  hind-yevropa  tillaridagi  [p],  [t],  [k]  tovushlariga  mos  kelishini 
isbotlaydi. 
 
Slovyan  va  roman  tillarini  tadqiq  etish  borasida  M.V.Lomonosov  (1711-
1765)  ham  izlanishlar  olib  borgan.  Uning    “Rossiya  grammatikasi”  (1755), 
“Rossiya  (rus)  tillariga  qarindosh  tillar  hamda  qadimgi  dialektlar  haqida” 
(tugallanmagan)   asarlari ma‟lum. 
 
1820-yillarda  mashhur  rus  tilshunosi  A.X.Vostokov  o`zining  “Slovyan  tili 
haqida mulohazalar” asarida slovyan tillarining genetik  aloqalarini asoslab berdi. 
Quyosiy  -  tarixiy  tilshunoslik  haqida,  ayniqsa,  hind-yevropa  tillari  oilasi  haqida 
gapirganda 
buyuk 
olim 
Avgust 
Shleyxerning 
naturalistik 
qarashlariga 
to`xtalmasdan  bo`lmaydi.  Shleyxerning  “Сравнительно  –  лингвистическое 
иследование”  (1848-1850),  «Немецкий  язык»  (1859),  «Компендий 
сравнительной  грамматики  индоевропейских  языков»  (1861-1862)  kabi 
asarlarida  uning  eng  asosiy  g`oyalari  o`z  aksini  topgan.  Olimning  tilga  “jonli 
organizm” sifatida qarash, jonli organizmlarga xos “tug`ilish, rivojlanish va o`lish” 
(inqiroz)  hodisalari  aynan  til  misolida  yaqqol  ko`rinishini  e‟tirof  etish,  tillar 
shajarasi  va  bobo  til  masalalarini  tadqiq  etish  faoliyatining  naturalistik  tafakkuri 
asosini tashkil qilar edi. 
 
A.  Shleyxerning  fikricha,  dunyo  tillarining  barchasi  uchun  umumiy  bobo 
tilni o`rnatish mumkin emas. Demak, bir necha bobo tillar bor bo`lgan. Chunonchi, 
tillarning  ko`pgina  qismi  yo`qolgan  va  yo`qolayotgan  bir  paytda,  bizga  ma‟lum 
bo`lmagan  juda  ko`p  tillar  bo`lganligini  va  shunga  yarasha  ko`plab  bobo  tillar 
bo`lganligini tasavvur qilish mumkin. “Hayvon va jonzotlarga xos yashash uchun 
kurash” qonunini tilga tadbiq etib, shunday xulosaga keladi. “Insoniyatning hozirgi 
davrida “yashash uchun kurash”da hind-german tillari g`oliblik qilmoqda, ularning 
yoyilishi  hanuz  davom  etmoqda,  boshqa  ko`plab  tillar  ular  tomonidan  siqib 
chiqarilgan”.
1
  Tillar tasnifi masalasiga keladigan bo`lsak, Vilgelm fon Gumboldt 
nazariyasidan (tillarni 4 tipga bo`lish ) farqli ravishda, u Avgust Shlegel g`oyasiga 
qo`shiladi, tillarni 3 turga bo`ladi.  
1.  Tarkibli  (односложные),  agglyutinativ  va  flektiv.  U  buni  yer  yuzidagi 
taraqqiyot  bosqichlari  bilan  uyg`unlashtiradi;  xitoy,  kxasi,  birma,  namakva  tillari 
arxaik  ko`rinishlar,  turk-tatar,  mo`g`ul,  fin,  venger,  dravid,  tibet  tillari  o`tuvchi, 
oraliq tillar, semit va hind – yevropa tillari – eng rivojlangan tillardir. 
 
2.Hind-yevropa  tillari  eng  keng  tarqalgan  yirik  oiladir.  Hozirgi  hind  –  yevropa 
tillari oilasi qarindoshlik darajasiga ko`ra 10 guruhga ajratiladi: hind,eron, roman, 
german, slovyan, grek, kelt, arman, boltiq, alban. 
 
1.Hind guruhi. 24 tildan iborat. 676 million kishi so`zlashadi. Bu 33,7 % ni 
tashkil qiladi. 
 
2.Roman guruhi, 10ta til. 522 million kishi so`zlashadi. 26,0% 
                                                 
1
 Aмирова Т.А. и д. Очерки по истории  лингвистики. М., «Наука» 1975 . 361 стр.  


 
3.German guruhi, 10ta til. 421 million kishi so`zlashadi.21,0% 
 
4.Slovyan guruhi, 11ta til. 282 million kishi so`zlashadi. 14,1% 
 
5.Eron guruhi, 31ta til. 68 million kishi so`zlashadi. 3,4% 
 
6.Grek guruhi, 1ta til. 11,7 million kishi so`zlashadi. 0,6%     
 
7.Kelt guruhi, 4ta til. 9,4 million kishi so`zlashadi. 0,5% 
 
8. Arman guruhi, 1ta til. 6 million kishi so`zlashadi. 0,3% 
 
9. Boltiq guruhi, 2ta til. 4,7 million kishi so`zlashadi. 0,2% 
 
10.Alban guruhi, 1 ta til. 4,5 million kishi so`zlashadi. 0,2% 
Demak,  hind  –  yevropa  tillari  jami  95  tildan  hamda  2005,3  million 
so`zlovchidan  iborat  oiladir.  Bu  tillarning  barchasini  umumlashtirib  turuvchi 
tipologik xususiyat bor: ularning hammasi flektiv tipga mansub. 
 
Hind – yevropa   tillarining genealogik tasnifi quyidagicha: 
          Hind guruhi: 
1). Hind (Hindiston), 150 million, 2 adabiy shakli bor: urdu hamda hind; 
2). Bengal, 60 million, Ganga daryosi va Bengal qo`ltig`i  tomonlari; 
3). Bixori, 30 million, Hindistonning shimoliy-sharqi; 
4). Maratxi, 20 million, G`arbiy Hindiston; 
5). Panjob, 20 millionga yaqin, Shimoliy Hindiston; 
6). Rajastoni, 15 million, Hindistonning shimoliy g`arbi; 
7). Bujarat, 13 million, Hindistonning g`arbi; 
8). Uriya, 10 million, Sharqiy Hindiston; 
9). Sindxi – Hind daryosi vodiysi va b. yangi hind tillari; 
10).  Sigan  (lo`li)  –  Ispaniya,  Vengriya,  Chexiya,  Ruminiya,  Germaniya,  Turkiya, 
Rossiya va Osiyoda V-X asrlarda migratsiya yo`li bilan tarqalgan elatlar tili; 
11). O`lik tillar (veda tili)-sanskrit: veda tili, pali, prokrit. 
    2.   Eron guruhi. 
1). Forsiy, 15 million,  Eronning davlat tili;  
2). Afg`on (pushtu) – Afgonistonning milliy adabiy tili; 
3). Baluchi (beludja) – Baluchiston tili; 
4).  Kurd  –  shimoliy  –  g`arbiy  Eron,  Iroq,  Turkiya  chegaralari  va  Armanistonda 
yashovchi kurdlar tili;  
5). Tojik, 1 million, Tojikiston, O`zbekiston va Qozog`iston; 
6).  Osetin,  266  ming,  shevalari;  iron  (shim.  Oseteya)    va  digorga  (jan.  Osetiya) 
kavkaz tillarining ba‟zi belgilari bor; 
7). Tolish, 80 ming, Ozarbayjon; 
8). Tog`, Ozarbayjon, janubiy Dog`iston; 
9). Rushan, 7, 1 ming 
10). Shug`non, 12 ming           Badaxshon tog`lari; 
11). Yag`nob, 1   ming, o`sha yerda va boshqa pomir shevalari. 
 
O`lik tillar: qadimgi fors, avesto, pahlaviy, skif, so`g`d, xorazmiy, sak tillari. 
           3.Slovyan guruhi.   
 A.Sharqiy guruh: 
1).  Rus,  10  million,  Rossiya  va  sobiq  SSSR  respublikalarida;  shimoliy  rus  -
olovchi” va janubiy rus – “alovchi” eng muhim aloqa tili (jahon bo`ylab); 


2). Ukrain, 40 million, Ukraina, shimoliy Kavkaz, Sibir, Qozog`iston; o`ng qirg`oq 
va chap qirg`oq (Dnepr bo`ylab) tillari mavjud; 
3). Belorus, 9 million, Belorussiyada. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish